Derazamga uriladi qor
Jaranglaydi jarangsiz kumush, -
satrlarida metaforaning ma’no assotsiatsiyalari yanada
kengroq. Ma’lumki, qorning kumushga (rang o'xshashligi)
279
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'xshatilishi ancha keng qo'llanadi. Shoir shu asosda «ku-
mush»ning yana bir assotsiyatsiyasini uyg'otadi: qorning
yog‘ishini «kumush tangalarning sochilishi»ga o‘xshatadi-
ki (jaranglaydi jarangsiz kumush), go‘yo kimdir xayr-ehson
qilib tanga sochayotgandek. Xalqimizda «qor» yogïshi
to'kinlikdan, barakotdan deb bilinishi sizga ma’lum, albatta.
Ko'ramizki, qor shoirning assotsiativ fikrlashida avva! «ku
mush»™, keyin xalqimizning maishiy tafakkurida muqim
o'rinlashgan inonchni uyg'otadi. Anglashiladiki, agar leksik
metaforaning mazmuni bir so‘z doirasida anglashilishi
mumkin bo'lsa, matn ichidagi metaforaning ma’nosi matn-
dagi boshqa so'zlar bilan aloqada oydinlashar ekan. Mas-
alan, shoir yozadi:
Eng dahshatli baqiriq - soqovning baqirig'i.
0 ‘, qanday kuch bilan baqirar qabrtoshlar...
Albatta, bu o'rinda metaforaning ma’nosi turlicha tushu-
nilishi, u o‘quvchiiar ongida bir-biridan farqli assotsiatsi-
yalarni uyg'otishi mumkin ekani tabiiy. Biroq har qanday
holatda ham parchadagi birinchi misra ikkinchisining ang-
lanishiga, metaforik mazmunning yuzaga chiqishiga asos
bo‘ladi. «Soqovning baqirig‘i»dagi dahshatli jihat shuki, uni
kamdan kam odam eshitadi, eshita oladi. Shunga o‘xshash,
aslida, qabrtoshlar ham bizni juda ko‘p narsalardan ogoh
etib turadi, faqat ularning baqirig‘ini biz doim ham «eshitol-
maymiz». Baqirig'ini yonidagi odam eshitmayotganini bilib
turgan soqovning holatini tasavvur qilasiz-da, bizni ogoh
etib unsiz baqirayotgan qabrtoshlar, ular ortidagi o‘tgan-
lar ruhini tasavvur etasiz. Ayni shu nuqtada she’r dilingizni
titratadi, boshda tushunarsizdek ko‘ringan satrlar qatidagi
ma’no ongingizga o'chmas bo’lib muhrlanadi.
Atoulloh Husayniy uqtiradiki: «Aqllig1 jondorlardin o‘zga
tilsiz hayvonlar, o'sumluklar, jismlarga xitob va alarning
orasidagi tig‘-u qalam, kun-u tun, sham’-u gui munozaralari
280
www.ziyouz.com kutubxonasi
yanglig1 shoirlar yaratgan munozaralar ham istiora qabi-
lidindur».1 Ya’ni olim ko'chimlaming bir guruhi mohiyatan
metaforaga yaqin ekanligini ta’kidlaydi. Zamonaviy ada-
biyotshunoslikda ham Atoulloh Husayniy sanagan
jon-
lantirish
(
antropomorfizm
),
tashxis (personifikatsiya
) va
allegoriya (majoz
) metafora guruhiga kiruvchi ko'chimlar
sifatida e’tirof etiiadi.
Badiiy nutqda keng va faol qo'llanuvchi ko'chim turlari-
dan yana biri metonimiyadir. Metonimiya
(gr.
«o'zgacha
nomlash», «boshqa narsa orqali atash») usulida ma’no
ko'chganida narsa-hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik asos
qilib olinadi. Bu aloqadorlik turlicha ko'rinishlarda namo-
yon bo‘lib, bunda narsa-hodisa, holat yoki harakat bilan
ular egallagan joy («stadion hayqirdi», «shahar bosh
ko'tardi»), vaqt («og‘ir kun», «omadli yil»); harakat bilan
u amalga oshiriladigan vosita («achchiq til»); narsa va
uning egasi, yaratuvchisi («Fuzuliyni o'qimoq»); narsa va
u yasalgan modda, xomashyo («barmoqlari to‘la tilla»);
ruhiy holat, xususiyat va uning tashqi belgisi («ko‘z yum-
moq») kabi aloqalarga asoslaniladi. Badiiy adabiyotda
uzoq davrlar mobaynida metaforik tafakkur yetakchilik qil-
gan, shu bois ham metonimiya nisbatan kamroq uchragan
bo'lsa, zamonaviy adabiyotda - badiiy proza maqomining
yuksalishi bilan bogliq holda - metonimiya ham faollash-
gan. Badiiy-estetik funksiyadorligi, ta’sir kuchi jihatidan
metonimiyaning metaforadan quyiroq turishini ko'pchilik
mutaxassislar e’tirof etadilar. Shunday bo‘lsa-da, badiiy
matnda, ayniqsa, metafora bilan yondosh qo'llangan holda
u katta badiiy samara beradi, fikrni lo'nda va ta’sirli ifoda-
lashga xizmat qiladi. Misol uchun A.Oripovning «Bahor»
she’ridan olingan «Qaydadir yurtini eslab ingrar nay» sat-
rini olib ko'raylik. Cholg'u asbobi orqali kuy ma’nosining
berilishi - metonimiya, biroq bu ma’no «ingrar» metaforasi
1 Ko'rsatilgan asar. - B.220.
281
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan qo‘shilgan holda ifodalanadi, shu tufayli ham kuch-
!i badiiy samara beradi. Yoki «Faryod chekkanim yo‘q el
ichra taqir, 0 ‘ch ham olganim yo‘q na qalamimdan» satr-
larida ham yana vosita orqaii jarayon nazarda tutiiadi va
u ham «o‘ch olmoq» metaforasi bilan baqamti qollanadi.
Bu ikkisining birligida esa «butun vujudim bilan ijodga beri-
lib g'amlarimni unuiishga harakat qilmadim» degan ma’no
ifoda etiladi va, muhimi, metonimiya mazmunni obrazli,
ta’sirli ifodalashga xizmat qiiadi. Yuqoridagi misollarda vo-
sita -- harakaî aloqasi asosidagi ko'chimni koYgan bolsak,
U.Azimning «Ko'zlarini ochib-yumar Mitti qushcha - yara-
dor. Falak, unga najot yubor, 0 ‘iim, bo'lma xaridor» satr-
larida joy metonimiyasini koYamiz. Zéro, bundagi «falak»
so‘zi tafakkurimizda oYinlashgan ishonch asosida «yarat-
gan»ni anglatadi. Yoki yana shu shoirning «Sen nima-
ni koYibsan, ey Rim?» satrida ham joy nomi orqaii unda
yashovchilar ma’nosi ifodalanadi. Ba’zi hollarda obrazni
yaratishda metafora va metonimiyaning qorishiq holda ke-
lishi, birgina so'zning ham metonimik, ham metaforik asos-
dagi ko‘chma ma’nolari qo'llanishi kuzatiladi. Shu jihatdan
Sh.Rahmonning quyidagi sheYiga diqqat qilaylik:
Dostları ilə paylaş: |