mazmunining bitta qirrasi -
tematik
asosni tashkil qiladi.
Shu o'rinda yana bir narsaga aniqlik kiritib o'tish zarur.
Gap shundaki, «hayot materiali taniab olinadi» deyishimiz-
da ham muayyan shartlilik bor. Negaki, problemani badi-
iy idrok etish uchun hayot materiali
har doim ham asliga
monand olinmaydi, bu ko'proq realistik yo‘nalishdagi ada-
biyotga xos. Hayotda mavjud bo'lmagan - ijodkor xayoloti
mahsuli bo'lmish holat yo voqea tasviri orqali ham prob
lema badiiy idrok etilishi mumkinki, adabiyotda bunday
asarlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jumladan,
yuqorida
misol tariqasida keitirilgan masalda tasvirlangan «Tosh-
baqa bilan Quyon bahsi» hayotiy emas, u ijodkor to-
monidan muayyan hayotiy holat mohiyatini ochish uchun
yaratilgan badiiy modeldir. Shunga o'xshash, o'zini qiyna-
gan muammolar idroki va ifodasi uchun, masalan, J.Svift
«Gulliverning sayohatlari»da
hikoya qilgan voqealar yo-
xud F.Kafka «Evrilish»da tasvirlagan holat ham mohiyatan
badiiy modeldir. Xuddi shu gapni Fitratning «Qiyomat»,
N.Eshonqulning «Maymun yetaklagan odam», U.Ham-
damning «Bir piyola suv», I.Sultonning «Qismat» hiko-
yalari, O.Muxtorning «Ffu», A.A’zamning «Ro‘yo yoxud
G‘ulistonga safar» romanlari va yana juda ko‘p asarlarga
nisbatan ham aytish mumkin. Albatta, bularning hammasi-
da andoza hayotdan olingan, ya’ni hayot-voqelik modelni
yaratish uchun material bo'lib xizmat qiladi.
Faqat har bir
konkret modelda «aks ettirish» va «ijodiy qayta yaratish»
amallarining nisbati turlichadir.
Asarda tasvirlangan badiiy reallik voqelikning ijodkor
tomonidan ko‘rilgan, ideal asosida g'oyaviy-hissiy baho-
langan va muayyan mazmunni ifodalashga mos tarzda
ijodiy qayta ishlangan aksidir. Ya’ni badiiy asarda voqelik
quruqqina «aks ettiril»maydi, unga muallifning g‘oyaviy-his-
siy bahosi ham qo‘shiladi (hatto muallif o‘ta «obyektiv»
bo'lishga intilganida ham, uning nuqtayi nazaridan ko'ril-
gan va taqdim etilgan badiiy
voqelikda ijodkor subyekti
152
www.ziyouz.com kutubxonasi
akslanaveradi). Yuqorida probíemaning o‘zida g‘oya kurtak
holida mavjud boMishini aytdik. Demakki, hayot materialini
tanlashdan boshlab uning qanday umumlashtirilishi, badi-
iy voqelikda obrazlarni iyerarxik tartibda joylashtírish, ular-
ning qiyofasini chizish, fe’l-xo‘yini ta’riflash,
xatti-harakat-
lari va ruhiyaíini tasviríash - barida muallif subyekti, u
ifodalamoqchi bo'lgan g'oyaning ta’siri sezilib turadi. Ayni
shu narsa asarning o'quvchi tomonidan qabul qilinishini
boshqaradi, o'quvchini asarni muallif istagandek tushu-
nishga yo‘naltiradi. Shu bois muallifning o‘zi tasvirlayotgan
voqea-hodisalarga g'oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar
sistemasida o‘z ifodasini topuvchi
problemani anglashi va
baholashi
tendensiya
deb yuriíiladi. Zero, «tendensiya» lo-
tincha so‘z bo'lib, terminga uning «yo‘naltirmoq» ma’nosi
asos bo'lgan.
Yuqoridagilardan ayon bo‘lyaptiki, tendensiya asar
problematikasidan kelib chiqib taniangan hayot materi-
ali talqinini muallif ko'zlagan g'oyaviy-badiiy maqsadga
yo'naltirgan holda badiiy g'oyaga aylantirar ekan. Ya’ni
asarda qo‘yilgan probíemaning qalamga olingan hayot
materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan
Dostları ilə paylaş: