badiiy
g ‘oya
(kengroq olsak,
badiiy konsepsiya)
o‘sib chiqa-
di. Xuddi problema bilan mavzu birligi badiiy asar maz-
munining
tematik asosi
bo'lgani kabi, tendensiya bilan
g'oya birligi uning
g'oyaviy asosini
tashkil qiladi. Shun-
ga ko‘ra, badiiy asar mazmuni g'oyaviy-tematik butunlik
bo'lib, u haqda so‘z borganda har ikki tomon nazarda tu-
tilishi lozim. Bu esa, tabiiyki, oson ish emas, asarni maz-
kur talabga tola amal qilgan holda tushunish inson im-
konidan tashqaridadir.
Yuqorida badiiy asar mazmuni g'oyaviy mazmundan-
gina iborat emas dedik. Negaki, g‘oyaviy mazmun de-
ganda asarda tasvirlangan badiiy voqelikka muallifning
g‘oyaviy-hissiy munosabati asosida kelib chiqadigan maz
mun tushuniladi. Holbuki, asarda so‘z bilan tasvirlangan
153
www.ziyouz.com kutubxonasi
badiiy voqelik o'quvchi tasavvurida gavdalanar ekan, u
muayyan darajada obyektivlashadi. Shunday ekan, endi
o'quvchi o‘sha voqelikka muayyan g'oyaviy-hissiy muno-
sabatda bo'lishi va shu asosda o'zining mazmunini shakl-
lantirishi mumkin. Shuni nazarda tutgan holda adabiyot-
shunoslikda ba’zan
«subyektiv g ‘oya»
va
«obyektiv g'oya»
tushunchalari farqlanadi ham. Bunda asarda muallif talqi-
nidan kelib chiquvchi g'oyaga subyektiv, unda tasvirlangan
voqelik mohiyatidan kelib chiquvchi g'oyaga esa obyektiv
sifati beriladi. Biroq bunday farqlash ilmiy jihatdan asos-
li emas. Chunki, garchi «obyektiv g‘oya» deb atalsa-da,
haqiqatda u o'quvchining tasavvurida obyektivlashgan ba
diiy voqelikka g‘oyaviy-hissiy munosabati asosida voqela-
nadi, ya’ni u ham, aslida, subyektivdir.
Aytilganlar mazmunning shaklga ta’siri, uning shakl-
ni belgiiashini yorqin namoyish etadi. Zero, birinchidan,
asarda tasvirlash va badiiy idrok uchun tanlab olinayotgan
hayof materiali ixtiyoriy (spontan) bo'lmay, qo'yügan prob-
lemani badiiy idrok etish uchun eng optimal imkoniyat bera
oladigan bo'lishi lozim; ikkinchidan, obrazlar sistemasi,
unda har bir obrazning tutgan mavqeyi, konflikt turi, janr,
kompozitsion qurilish - bular hammasi problema va ten-
densiya talabidan kelib chiqadi.
Shu
0
‘rinda masalaning yana bir jihatiga e’tiborni tor-
tamiz: badiiy asardagi shakl komponentlarining har biri
mazmun komponentlaridan konkret bittasi bilan bevosi-
ta bog'lanadi. Deylik, mavzu badiiy tadqiq uchun olingan
hayot materiali sifatida ayni materialni uyushtirib beruvchi
syujet bilan uzviy bog‘iiq, ikkisi - bamisoli et bilan suyak.
Muallifni o'ylatgan problema ko'proq asardagi konfliktlarda
o‘z ifodasini topsa, uning g'oyaviy-hissiy bahosi kompozit-
siyaning muhim unsuri bo'lmish obrazlar tizimida bo‘rtib
ko‘zga tashlanadi. Nihoyat, asardagi badiiy hukm - badiiy
konsepsiyaning tashkillanishi va ifodalanishida kompozit-
siya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
154
www.ziyouz.com kutubxonasi
Badiiy asar mazmuni ko‘p qatlamli hodisa bolib, ulardan
ikkitasi - aktual va tub estetik qatlamlar universal xarakter-
ga ega. Aktual qatlam deyilganda asarning ijtimoiy-siyosiy
mohiyati tushuniladiki, u bevosita asar yaratilgan davrning
ijtimoiy-siyosiy maqsadlariga qaratilgan bo'ladi. Ijodkor
muayyan bir davr kishisi, u zamonasining muammolaridan
forig1 bo'lolmaydi, atrofida yuz berayotgan hodisalarga
o'zining g'oyaviy-hissiy munosabatini bildiradi - asarida ij-
timoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g'oyalarni oldinga suradi,
asari bilan zamonasiga muayyan ta’siro'tkazish maqsadini
ko'zlaydi. Biroq mazmunning aktual qatiami uni aktual et-
gan ijtimoiy-tarixiy asoslarning yo'qolishi barobari yo‘qolib
boradi - endi asarning boshqa qatlamlari aktuallashadi.
Shu bois ham konkret badiiy asarning turli davr o'quvchilari
tomonidan turiicha tushunilishi mumkin bo'ladi. Zero, har
bir davr asar mazmunining o‘zi uchun ahamiyatli qatiami-
ni aktuallashtiradi. Masalan, A.Qodiriy « 0 ‘tkan kunlar»
romanida o‘z davri ijtimoiy muammolariga (millat fojialari-
ning ildizi, milliy ozodlik va taraqqiy masalalari) munosabat
bildirib, shu davr uchun benihoya muhim g'oyalarni sing-
dirishga intilgan edi. Keyinroq, 60-yillardan boshlab asar
mazmunining bu qirrasi go‘yo silliqlanib ketdi-da, bosh
qa qatiami (ota-ona orzusi, sevgi va vafo) aktuallashdi: u
endi «ishqiy-maishiy román» olaroq tushunila boshlandi.
80-yillarning oxirlariga kelib esa jamiyatimizda mohiyatan
asar yaratilgan davrdagiga yaqin ijtimoiy-tarixiy vaziyat
(milliy o‘zlikni anglash, istiqlol sog‘inchining kuchayishi)
yuzaga keldi va shunga mos ijtimoiy kayfiyat ustuvorlik qila
boshladiki, bu román yozilgan davridagi aktual mazmun
ning qayta aktuallashuviga olib keldi.
Mazmunning tub estetik qatiami esa, aktual qatlamdan
farqli olaroq, asar yaratilgan davrgagina qaratilgan emas
- u davr kontekstidan ayro holda ham tushunilaveradi. Bu-
ning omili, ilgari aytilganidek, badiiy ijod onlarida san’atkor
o‘z davridagina emas, katta VAQT qo'ynida yashashi bilan
155
www.ziyouz.com kutubxonasi
izohianadi. Shu bois ham asarda mangu muammolar, man-
gu qadriyatlar o‘z aksini, ifodasini topadi. Asarning umrbo-
qiyligini ta’minlovchi jihat ham, aslida, shudir. Mali zamonlar
o‘tar, lekin Qodiriy romani kelgusi aviodlarni ham hayratga
solaveradi. Zero, unda mangu muammolar («otalar va bo-
lalar» muammosi, «ma’rifat va jaholat», «ezgulik va yovuz-
lik», «adolat va zulm» kabi) o‘lmas umuminsoniy qadriyatlar
nuqtayi nazaridan badiiy tadqiq qilingan va baholangan.
Mazmunning mazkur ikki qatiami o‘zaro munosabatida-
gi ayrim o'ziga xos jihatlarni nazardan qochirmaslik lozim.
Odatda, mazmunning aktual qatiami yuzada bo'ladi. Zero,
asar o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ruhiy ehti-
yojlariga «labbay!» deb javob bera olishi uchun shunday
bo'lishi kerak ham. Biroq ayni hoi asar yaratilgan davr
o‘quvchilarining tub estetik qatlamni ilg'ab olishlariga, uni
munosib baholashlariga xalal berishi ehtimolini kuchayti-
radi. Masalan, Murod Muhammad Do'stning «Lolazor» ro
mani e’lon qilingan vaqtda o‘quvchi ommani ko'proq u yoki
bu persona] ostida kim nazarda tutilayotgani, syujetdagi
u yoki bu voqea jamiyatimizda yuz bergan qaysi voqea-
ga boglanishi qiziqtirdi. Natijada o'quvchilarning aksariyati
romanda hayotga odatlanilgandan o‘zgacha nazar tash-
langani, ongimizda turg'unlashgan stereotiplarni barbod
etaroq unda olam va odam mohiyati yangicha idrok eti-
layotgani-yu o'ziga xos badiiy falsafa borligini fahmlayol-
may, anglayolmay qoldi. Adabiyotimiz tarixida, xususan,
so‘z va ijod erkinligi bo‘g‘ilgan shoYo davrida mazmunning
aktual qatiami ijodkorning asl muddaosi - u ifodalamoqchi
bo'lgan mazmunni pardalashga xizmat qilgan hollar ham
uchraydi. Jumladan, Cho'lpon «Kecha» romanida Zebi
syujet chizig'idagi voqeaiarni oldingi planga chiqaradiki,
bu bilan shoYo tarbiyasini oigan o'quvchi omma kutgan
«Oktyabr inqilobidan avval xotin-qizlarimiz huquqsiz edi»
qabilidagi mazmun aktuallashadi. Ayni paytda, Miryoqub
va Akbarali syujet chiziqlari orqali uyushtirilgan hayot ma-
156
www.ziyouz.com kutubxonasi
teriali adibga yurtining taraqqiyot yolini teran tahiil qiiish
va bu masaladagi o‘z qarashiarini «yo‘lin¡ qilib» ¡fodaiash
imkonini beradi. Ya’ni rasmiy mafkura nuqtayi nazaridan
maqbul aktual mazmun unga zid keiuvchi muallif qarash
iarini «pardalab» aytishga imkon yaratadi.
Konkret badiiy asar mazmuniga ta’sir etuvchi muhim
omülardan biri ijodkor dunyoqarashidir. Inson voqeiikni,
unda yuz berayotgan hodisalarni o‘zining dunyoqarashi bi-
ian bogliq holda ko'radi. Shunga ko‘ra, biz «real voqelik»
deb aíayotgan narsa turii individlar ongida turlicha aksla-
nadi va turlicha baholanadi, demakki, «haqiqat» tushun-
chasi nisbiydir. Bir davrda yashagan bir necha ijodkorning
bir xil mavzudagi asarida tamoman farqli g'oyalarning ¡I-
gari surilishi, voqelik ularda turlicha bahoianishi mumkin
va tabiiydir. Fikrimizni oydinlashtirish uchun tematik jihat-
dan bir-biriga yaqin bolgan «Kecha» va «Qutlug1 qon»
romanlariga bir qurgina qiyosiy nazar tashlash foydali.
Har ikki román ham jamiyatning muayyan bosqichdagi ho-
latidán «qoniqmaslik» yoxud unga nisbatan «isyon» nati-
jasi o‘laroq yaratilgan. Deylik, sotsialistik ideallarga chin
dildan ishongan Oybek ruhiyatiga 30-yillar voqeligi qattiq
ta’sir qilgan: adib ongida ziddiyat va chigalliklar (idealiari-
da shubhalanish) paydo bolganki, ularni hal qiiish uchun
yaqin o'tmishni badiiy tadqiq etishga jazm qilgan. Biz Oy
bek o'tmishni atayin rasmiy nuqtayi nazarga mos yaratgan
degan fikrdan mutlaqo yiroqmiz. Aksincha, adib o‘z ideali
asosida koYilgan voqeiikni «Qutlug“ qon» badiiy voqeligida
haqqoniy aks ettirgan, uning vositasida yurtining taraqqi
yot yolini badiiy tadqiq etgan va shu asosda o'zining
konsepsiyasini butlab oigan. Ya’ni yaqin o'tmishning ba
diiy tadqiqi asosida Oybek o'sha oktyabrda tanlangan yo‘l
fo‘g‘ri edi degan xulosaga kelganki, natijada ruhiyatidagi
ziddiyat-u chigalliklar barham topgan. Yurtining o'tmishi-
ga yigirma yil yuksakligidan nazar solgan Cholpon esa
«Kecha» romanida yurtimizda oktyabr inqilobining amalga
.157
www.ziyouz.com kutubxonasi
oshishi ijtimoiy-tarixiy zaruriyat emas, balki davr taloto'pla-
rining hosilasi ekanligini, xalqini chinakam saodatga eltishi
mumkin bo'lgan yo‘l boshqa bolganligini o‘zi uchun yana
bir karra tasdiqlab oldi-da, o‘zi anglagan haqiqatni yo‘!i bi
lan o'quvchisiga yetkazishga intiidi.
Bundan anglashiladiki, chinakam ijtimoiy-shaxsiy ehtiyoj
mahsuli sifatida dunyoga kelgan asar badiiy voqeligini real
voqelikka zid deyishlik maqbul emas va haqiqatga xilofdir.
Zero, bunday da’vo bilan chiqqan holda ijodkor yaratgan
badiiy voqelikni real voqelikka emas, ko‘proq o'zimiz o‘z
nuqtayi nazarimizdan va o‘zga ma’no asosida ko'rgan vo
qelikka qiyoslagan bolib chiqamiz. Masalan, Cholpon va
Oybek romanlarida yaratilgan badiiy voqelik bir-biridan kes-
kin farqlanadi, biroq har ikki adib uchun ham o‘zi yaratgan
badiiy voqelik real voqelikdan-da realroq, buni tan olmaslik
ijod va fikr erkinligini tan olmaslikka olib keladi.
I.Sultonning «Adabiyot nazariyasi»da mazmun spet-
sifikasi masalasiga alohida bob ajratilgani holda ushbu
masalaning «adabiyotshunoslikda hanuz kam o'rganilgan
problemalardan biri»1 bo'lib qolayotgani ham ta’kidlangan.
Darhaqiqat, adabiyot nazariyasiga oid manbalarda masala
umumiy tarzdagina yoritilib, uning o'ziga xos xususiyatlari
ta’riflanmagan. I.Sulton mazmun spetsifikasiga maxsus
to'xtalib, mazmunning beshta xususiyatini ajratadi: sal-
moqdorlik, haqqoniylik, universallik, originallik, ta’sirdorlik.
Ustozning mazkur xususiyatlar haqidagi fikr-mulohazalari,
ularga bergan ta’riflariga, umuman, qo'shilish mumkin, bi
roq bugungi kunimiz ularning mohiyati haqidagi tasavvurni
muayyan darajada o'zgartirish, ta’riflarga tahrirlar kiritish
zaruratini taqozo etishi ham ma’lum. Shuni nazarda tutib
quyida olim ajratgan xususiyatlarning har biriga alohida
to‘xtalish maqsadga muvofiq.
Badiiy asar
Dostları ilə paylaş: |