mazmunining salmoqdorligi,
l.Sultonga
ko‘ra, «unda inson uchun, million-million kishilar uchun
1 H33aT CyjiTO H. A fla 6 n ë T H a 3 a p n flc n . - T
o lu k g h t
: ŸKMTyBHH,
1986. - E. 12 5-1 37.
158
www.ziyouz.com kutubxonasi
muhim bo'lgan g'oyalarning mavjudligi» bilan belgilana-
di. Darhaqiqat, chinakam badiiy asarda, uning katta yo
kichikligidan qat’i nazar, bashariy qimmatga molik mazmun
yotadi. Buning uchun ko‘p narsa talab qilinmaydi: ijodkor
chinakamiga his etolgan narsanigina yozishi, chinakam
his etmoq uchun esa el ichida to‘laqon!i yashamog‘i kerak.
Shugina shart bajarilsa, yozganlari atrofidagilar uchun,
demakki, bani bashar uchun qimmat kasb etaveradi. Bi-
roq, afsuski, sho‘ro davrida mazmunning salmoqdorligi
kommunistik g'oyalarga nechoglik mos yoki mos emasligi
bilan belgilangan, ya’ni mazmunning ijtimoiy salmoqdorli
gi ko‘proq e’tiborga olingan. Tabiiyki, bu xil yondashuvda,
masalan, individ taqdiri, individning kechinmalari (badiiy
umumlashma kuchidan qat’i nazar) salmoqdor hisoblan-
masligi xavfi tug'iladi. Shu tufayli ham sho‘ro adabiyot-
shunosligida, masalan, shaxsiy kechinmalar tasvirlangan
«ko'ngil she’riyati»ga yoxud shaxsiy hayot bilan bog'liq
mavzular qalamga olingan asarlarga past nazar bilan
qaraigan. Aksincha, xalq ommasining kurashi yoki ulkan
zarbdor qurilishlar aks etgan epik polotnolar-u lirik «biz»
tilidan yangragan manzum shior-u chaqiriqiar shedevr ma-
qomiga ko'tarilgan. Demak, bu xil yondashuv nomaqbul,
u muqarrar tarzda vulgar sotsiologizmga yetaklaydi. Hol-
buki, mazmun salmoqdorligini ta’min etuvchi omillar aniq:
ijodkor o‘zi to'laqonli yashab turgani zaminda yetilgan
dardni umuminsoniy qadriyatlar mavqeyidan turib ilhom
bilan talqin qilgan asar mazmuni salmoqlidir.
Mazmunning haqqoniyligi
hayotiylik bilan bogliq ekani
shubhasiz. Lekin uni haqqoniylikni baholashning yagona
mezoni qilib olish ham xato bo‘lur edi. Adabiyotshunos-
ligimizda uzoq yillar davomida badiiy asar mazmunining
haqqoniyligi reallikka qiyosan baholab kelindi. Natijada
ko'plab asarlar va ularning mualliflariga «hayotni buzib
ko'rsatgan» qabilidagi ayblovlar qo'yildi. Holbuki, badiiy
reallikning o‘z haqqoniyati bor bo'lib, bu haqqoniyat mav-
159
www.ziyouz.com kutubxonasi
jud reallikdan kelib chiqib emas, balki badiiy reailikning
o‘zidan kelib chiqib baholanishi lozim. Muayyan g‘oyaviy
mazmun ifodasi uchun badiiy reallik haqiqatiga zid borish
soxtalikni keltirib chiqaradiki, u hamma vaqt o'zini badiiyat-
ning qotili olaroq namoyon etgan. Aksincha, san’atkor ba
diiy reallik haqiqatiga bo‘ysunib, o‘rni kelganda o‘z istagiga
zid o'laroq uning izmiga muvoiiq qalam surgani adabiyot
tarixida ko‘p bor qayd etilgan. Jilla qursa, Balzakni eslay-
lik: agar badiiy haqiqat qonunlari yumshoq bo'lganida edi,
burjuaziyani yakson qilish niyati bilan qalam surgan adib
badiiy haqiqat talabi bilan o‘zi tarafdori bolgan monar-
xik tartibotlar chirib bitgani-yu nafratlangani burjua bugun
tarix sahnasida bosh rolni egallay boshlaganini bu qadar
haqqoniy tasvirlay olmagan bo'lur edi.
Mazmunning universalligi
eng avval badiiy adabiyot-
ning universal bilish vositasi - so‘z bilan ish ko'rishi bilan
izohlanadi. So‘z bilan ish ko‘ruvchi badiiy adabiyot inson
hayotining barcha jabhalarini qamragan holda badiiy idrok
etishga intiladi va shunisi bilan bilish sohalari sirasida tom
ma’noda universallik kasb etadi. Zero, masalan, tarix jami-
yatning o'tmishi, sotsiologiya buguni, futurologiya kelajagi
bilan shug'ullanadi, adabiyot esa bularning hammasi bilan
birvarakayiga shug‘ullanadi. Shu bois ham badiiy maz
mun bir paytning o‘zida o‘tmish, hozir va kelajakni qamrab
olaveradi, universallik kasb etadi. Ikkinchi tomondan, ba
diiy obrazning ko‘p ma’noli bolishi, badiiy voqelik muallif
tomonidan anglangan mohiyatning badiiy modeli ekani va
ayni modelning muallif ko‘rganidan o'zga hayotiy holat-
larga ham ko‘pincha mos tushishi mazmun universalligini
ta’minlovchi yana bir muhim omildir.
Originallik
badiiy mazmunning muhim spetsifik xususi-
yatlaridan ekanligi shubhasiz. Biroq, agar originallik mezoni
o'laroq har bir asarda yangi bir masala ko‘tarilishi, hayotning
shu paytga qadar e’tibor qilinmagan tomoni qalamga olinishi
yoki haligacha birov aytolmagan haqiqatning aks ettirilishi
160
www.ziyouz.com kutubxonasi
kabilar olinsa, tushuncha o‘ta mavhum bo‘lib, faqat subyek-
tiv bahoga aylanib qoladi. Zéro, bu holda birov original deb
baholagan mazmun boshqa birovga qip-qizil taqlid bolib
ko‘rinishi tabiiy. Shunga ko‘ra, mazmun originalligi omilini
ijodkor subyekti bilan bog'lab tushungan to‘g‘riroq bo‘ladi.
Bu ma’nodagi originallik har bir ijodkorning alohida va be-
takror individ ekanligi, uning o‘ziga xos qarashi, fikrlashi
bilan bog'liq yuzaga chiqadigan yangilikdir. Ya’ni bu o‘rin-
da muhabbat o‘zi eski narsa, lekin har bir yurak uni o'zicha
yangilaydi qabilidagi holat nazarda tutiladi.
Nihoyat, badiiy obrazning emotsiona! va ratsional bir-
lik ekanligi, badiiy asarda tasvir bilan birga hissiy muno-
sabat mavjudligi
mazmunning ta’sirdorligirii
ta’minlaydi.
Asar mutolaasi davomida o'quvchi muallif yo personajlar
his-tuyg‘ularini o‘ziga «yuqtiradi», ular bilan turli hayo-
tiy vaziyatlarda yuzaga keluvchi kechinmalarni qalbidan,
o‘y-fikrlarni ongidan kechiradiki, bular mazmun ta’sirdorligi
natijasidir. Qadimdan badiiy adabiyotning ayni shu xossa-
si - hamdardlik asosida o‘quvchini personajlarga hamke-
chinma qilishi-yu shu orqali qalbini tozartirishiga ayricha
ahamiyat berilgani bejiz emas. Zéro, adabiyotning ushbu
zotiy xossasi o'quvchini mudom jalb etuvchi omil o'Iaroq
uning umrboqiyligini ta’minlaydi. Negaki, boshqa hech bir
san’at retsipiyentga bu qadar turfa his-tuyg‘ular gammasi-
ni qalbdan kechirish imkonini bera olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |