qurilishi sodda, hamisha «muammo qo'yish - muhoka-
ma qilish - xulosalash» qolipida bo'ladi deb o'ylash xato
bo'lur edi. Negaki, konkreí she’rda ushbu qolip tarkibi to'liq
bo'lmagan holda yoki teskari tartibda qo'llanishi ham,
turli
badiiy vosítaiar biian murakkablashtirilishi ham mumkin.
Masalan, «Nisbiylik» she’rida:
1 Juda yaxshi! - deymiz mana bu narsa,
Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz.
2 0 ‘ylab ko'rganmizmi hech biror marta,
Kímmiz
0
‘zimiz?
3 Juda yomon! - deymiz mana bu narsa,
Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz.
4 0 ‘ylab ko'rganmizmi hech biror marta,
Xo‘sh, kim o'zimiz?
5 Kimgadir yoqamiz biz o'zimiz ham,
Kimgadir yoqmaymiz biz ham o'zimiz.
6 Shunaqa charxpalak ekan bu olam,
Demak, nisbiy erur har bir so'zimiz.
Avvalo, sheYda muammo qo'yilgani yo'q,
sarlavha
(boshlanma)da mavzu belgilandi, xolos. Ya’ni bun-
da yuqorida ko'rganimiz qolipning faqat ikkita uzvi bor:
«muhokama qilish - xulosalash». Ikkinchi tomoni, birinchi
band tarkibidagi qo'shmisralar (1-2) ham,
ikkinchi band
tarkibidagi qo'shmisralar (3-4) ham o'zaro zidlanadi, shu-
ningdek, bu ikkala band ham o'zaro kontrast munosabat-
da. Beshinchi qo'shmisraning birinchi misrasi uchinchi
qo'shmisraga, ikkinchisi esa birinchi qo'shmisraga zidla
nadi,
shuningdek, ushbu misralar o'zaro ham zidlik hosil
228
www.ziyouz.com kutubxonasi
qiladi. Ko'rib turganimizdek, bu o'rinda she’rda biz bilgan
oddiy qolip zidlantirishlar hisobiga murakkablashtirilgan.
«Iltimos» she’ri esa teskari tartibda qurilgan:
uning birin-
chi bandi - qo‘yügan masala yuzasidan chiqarilgan xulo-
sa, ya’ni tematik kompozitsiya nuqtayi nazaridan
yakun.
Modomiki avval xulosa berilgan ekan, o‘y-fikrlar rivoji ham
mohiyatan o‘sha
xulosaning tafsiri, izohiga aylanadi. De-
mak, sodda deyilgani bilan, tematik kompozitsiyaning bu
ko‘rinishi turli variantlarda voqelanishi mumkin ekan.
Tematik kompozitsiyaning keng tarqalgan yana bir
ko'rinishida
o ‘y - fik r la r
va his-kechinmalar
ikkita tematik
obraz qiyosi asosida amalga oshadi. Aksariyat hollarda
lirik tema qiyoslanayotgan obrazlar orasidagi o'xshashlik
asosida rivojlantiriladi. Masalan, A.Oripovning quyidagi
sarlavhasiz she’rlaridan birida kuzatilgani kabi:
Dostları ilə paylaş: