Yolboraman, tush pastga,
Yolboraman, parizod...
E’tibor berilsa, buni odatdagi ma’shuqa madhiga ba-
g'ishlangan she’r deyishga mone boluvchi nuqta borligi-
ni ko'rish qiyin emas: oshig'i huzuriga qaytalab kelsa-da,
yorning tepadan tushmasligi, bir xildek turaverishi. Gap
shundaki, ayni shu g'ayritabiiy holning tabiiy qabul qilinishi-
ni sarlavha ta’minlashi iozim: «Noma’lum qiz» suratiga...»
She’rdagi kechinmaiar boisi
- XIX asrda yashagan rus
rassomi I.Kramskoyning «Noma’lum qiz» portreti. Sho‘ro
zamonida bu asar keng ommalashgan bolib, reproduksi-
yalari madaniy tarbiya vositasi o‘laroq ko‘p joylarda osib
qo'yilguchi edi. Ya’ni davr o'quvchilari sarlavhani o‘qiboq
ko‘z oldiga o‘sha portretni keltirib, shu asosda she’rdagi
kechinmalarni his qila olar edi.
Lirik asarlarda janr qaydi nisbatan kam uchraydi. Janr
qayd etilgan she’rlarga e’tibor qilinsa, ularda qaysidir
ma’nodagi odatdan tashqarilik borligini ko'rish qiyin emas.
Deylik, milliy she’riyatimiz uchun
noodatiy janrda yozilgan
she’rlar sarlavhasi ostida
elegiya, epitafiya, epigramma,
rondo, rondel, xokku, tanka
kabi qaydlarni ko‘p uchrata-
miz. Ba’zan esa she’r janrini
manzara (peyzaj), noktyurn,
natyurmort, triptix, avtoportret
kabi rassomliksan’atijanrlari
nomi bilan qayd etadilar. Har ikki holda ham qaydlar o‘quv-
chi qiziqishini kuchaytiruvchi omil: bu atamalar ma’nosini
bilmaganlar
bilib olish niyatida, bilganlar esa da’voning
qay darajada asosliligini tekshirish uchun diqqat qiladilar.
Ya’ni keyingilarda estetik kutuv konkretlashish hisobiga
yanada kuchayadi. Ayrim hollarda shoir o‘zi yaratgan lirik
she’rni tamom yangicha, o'ziga xos hodisa o'laroq ang-
laydi, shuni ta’kidlash ehtiyojini his qiladi. Shu tariqa «qa-
yirma» (A.Suyun), «ignabarg», «uchchanoq» (A.Obidjon),
«fiqra» (F.Afro'z) kabi janr nomlari qayd etiladi. Albatta, bu
shoir qayd etsayoq yangi janr paydo bo‘lib qoladi degani
222
www.ziyouz.com kutubxonasi
emas, biroq shu orqali o'quvchi
va mutaxassislar diqqa-
tining jalb etilishi ham shubhasiz.1 Ba’zan esa, aksincha,
asari janrning an’anaviy talablariga to'la javob bermasligi-
ni his etganidan shoir «g'azal yo'lida», «g'azalnamo»,
«ruboiyona» singari qaydlari bilan uzrxohlik qiladi, «aybga
buyurmaysiz, buyam bir havas, mehrdan-da» demoqchi
bo'ladi go‘yo. Hozirgi o'zbek she’riyatida
sarlavha ostida
«hazil» so‘zi qayd etilgan she’rlar juda keng tarqalganki,
bunda ham eng awal uzrxohlik funksiyasi mavjud. Ya’ni
she’r shunchaki kulgi uchun yozilmagan - zamirida jiddiy
ma’no yotibdi, asli, faqat shuni kishiga malol keltirmay yet-
kazmoqchi, xolos. Xullas, janrning qayd etilishiga befarq
qaramaslik lozim, chunki har bir konkret holatda u ham
muayyan badiiy-estetik yoki badiiy-kommunikativ funksiya
bajaradi.
Epigraf badiiy jihatdan samarali va ijod amaliyoíida
ancha keng tarqalgan ramka unsurlaridandir.
Mohiyatan
epigraf ham ko'chirma bo‘lib, o‘quvchi ommaga tanish va
e’tiborli manbalar (xalq og'zaki ijodidan, mashhur ada-
biy asarlar, atoqli shaxslarning so‘zlari va b.)dan olingan
gaplarni sarlavhadan keyin keltirishdan iboratdir.
Mumtoz
she’riyatimizda epigraf qo'llash odati bo'lmagan, bu narsa
yangi o‘zbek adabiyotida urfga kirdi. Jumiadan, Cho'lpon
o'zining «Yong'in» nomli she’riga gazeta xabarini epigraf
qilib oigan:
Dostları ilə paylaş: