nutq bir-biridan farqlanganiga yuz yildan oshdi: XIX asr
oxiri - XX asr boshlarida bu haqiqat Ferdinand de Sossyur
tomonidan isbotlangan. Adabiyotshunoslikdagi
yuqorida
tavsiflangan holat esa mazkur haqiqatni yo tan olmas-
lik, yo ko‘rib-ko‘rmaslikka olishdirki, bularning ikkisi ham
ilmiylikka xilofdir. Ikkinchi tomondan, badiiy asarlar tilining
jonli so'zlashuv tiliga yaqinlasha boshlashi (Yevropada bu
jarayon
XVII - XVIII asrlarda, bizda XX asr boshlaridan
kuzatiladi) bilan ikkalasi orasidagi farq yo'qola boradiki,
buning natijasida «badiiy til» istilohi ham tobora mavhum-
lashib, ma’nosini yo‘qotib boradi. Ya'ni ilgari, poeziya tili
jonli so'zlashuv tilidan keskin farq qilgan vaqtda, istiloh os-
tida o‘sha farqli til tushunilgan.
Endilikda esa, ya’ni badiiy
til bilan jonli so'zlashuv tili bir-biriga nihoyatda yaqinlash-
gan sharoitda istiloh anglatayotgan narsani tasavvur qi-
lish qiyinlashib, uning ortiqcha bolib qolgani yaqqol sezila
boshladi. Fikrimizcha, mazkur holat ko'rilayotgan
masala-
ga oid istilohlarning qollanishini tartibga solish zarurligini
asoslash uchun yetarlidir.
Badiiy nutq masalasini qaysi soha o'rganishi borasida
ham manbalarda turlicha qarashlarga duch kelamiz. Jum-
ladan, B.Tomashevskiyga ko‘ra, badiiy nutqni o'rganish
vazifasi to'laligicha tilshunoslik zimmasida. Faqat an’ana-
viy ravishda, badiiy nutq bilan bogliq masalalar ritorika va
poetika bag'rida paydo bolgani uchungina ular keyincha-
lik tilshunoslik emas, adabiyot nazariyasi
tarkibiga kiriti-
ladi va ayni an’ana oqimida eskidan adabiyotshunosiik
fanlari sirasida o'qitib kelinadi.1 Shuningdek, masalaga
umumfilologik muammo sifatida qaraydigan yoxud uni
muhim sanamagani sabab e’tiborsiz qoldiruvchi olimlar
ham bor.
Shunga qaramay, hozirgi vaqtda
badiiy nutqni
ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslikning obyekti
deb
1 Томашевский Б.В. Теория литературы. Поэтика. - М.: Аспект пресс, 1996.
- С.29.
239
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisoblaydigan mutaxassislar ko‘pchi!ikni tashkil qiiadi.
Jumladan, V.Xalizevga ko‘ra ham xuddi shunday, faqat
bu ikki sohaning badiiy
nutq masaiasiga yondashuvi, uní
o'rganishdan ko'zlaydigan maqsadlari farqli. Xususan,
tilshunoslikni badiiy nutq eng avval tildan foydalanishning
muayyan maqsadga yo'naltiriigan, shunga xoslangan vo-
sita va me’yorlariga ega bir shakli o'laroq qiziqtiradi. Badi
iy nutqni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi
lingvistik poetika
deb atalib, u
badiiy asar tiii
(yoki
poetik til)
tushunchasini
tayanch - asos qilib oladi. Adabiyotshunoslik uchun esa
tayanch - asos tushuncha
Dostları ilə paylaş: