yuzaga chiqadi - kompozitsion tafakkur harakatga keladi.
Ko‘rib o'tilgan she’rda o'xshatilayotgan narsa ham, o'xsha-
gan narsa ham mavjud. Biroq,
aytish kerakki, tematik kom-
pozitsiyasi qiyosga asoslanuvchi hamma she’rlarda ham
bunday emas, ko'pincha o'xshagan narsaning o'zigina
qoladi. Ya’ni bu holda she’r metafora prinsipida qurilgan
deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu jihatdan qaralsa, A.Oripov-
ning «Qo'riqxona», «Kometa», «Etna vulqoni», «To'lin oy»,
«Xarobazor» she’rlarida tematik kompozitsiya o'xshatishga,
«Burgut», «Giyoh», «Buloq», «Bulut» she’rlarida esa meta-
foraga asoslangandir.
Ikkita tematik obraz rivojlantirilgan she’rda zidlash
ham samarali badiiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Jumladan,
«Dorboz» she’rida. Uning dastlabki to'rt misrasida dorboz
taqdim etiladi. Bu o‘rinda qanday taqdim qilinganiga e’ti-
bor kerak: 1) u juda balandda («Bulutlarga yondosh, os-
mon ostida»); 2) juda qaltis vaziyatda («kiprikdagi
yosh-
day») va shunga qaramay; 3) «qilichning damiday arqon
ustida ko‘zlarini yumib yurgani», keyingi ikki misrada lirik
qahramonning odamlarga hayrat-la
murojaat qilishi va
yakun
(oxirgi ikki misra)dagi zidlash: «biz - ko‘zi ochiqlar
katta yolda ham eplab yurolmaymiz». Ko'ramizki, she’r-
ning mazmun-mohiyati yakunda, kontrastlilik orqali yuza
ga chiqadi. Zero, lirik qahramonning yakunlovchi xitobi
ortidan o'quvchi ongida dorboz - biz, osmonda - yer-
da, qilich damidek arqon ustida - katta yo'lda, ko'zlari-
ni yumib yuribdi - ko'zimiz ochig‘-u, eplab yurolmaymiz
tarzidagi zidliklar chaqinday o‘tadi-da,
mohiyat yorishib
ketadi.
«Dorboz»da bevosita zidlash (ya’ni lirik qahramon tili-
dan aytilgan) bor edi, quyidagi she’r matnida esa zidlash-
ga ishora ham yo‘q:
Oh urib haryonda izg'iydi shamol,
Zamon makon bermay uni qiynaydi.
230
www.ziyouz.com kutubxonasi
bandlar oxirida ikki martadan radifmonand takrorlanuv-
chi «birinchi muhabbatim» birikmasi ham ta’kidlab turadi.
She’rning strofik (band) qurilishi
ham tematik obrazning
rivojlanishiga muvofiq: har bir band asosiga muayyan bir
mikrotema qo‘yilgan va, agar diqqaí qilinsa, bu mikrotema-
iarning xronologik ketma-ketlikda joylashganini ilg‘ab oiish
qiyin emas. Qizig'i, har bir bandning to'rtinchi misrasidagi
jumla mikrotema xuiosasi olaroq uning mohiyatini lo‘nda-
gina ifodaiaydiki, uiar
bir qatorga terib chiqilsa, tematik
rivojlanish sxemasi yuzaga keladi: Men seni esga oldim...
- Lekin seni yo‘qotdim... - Nechun bilmovdim avvai... -
Seni eslab yig'layman... - Men (endi) kimga suyangay-
man... - Dildagi ohim mening... Mikrotemaiarning bu tarz
xronologik ketma-ketlikda joylashgani she’rga syujetlilik
xususiyatini beradi, zotan, ularning
har biri ortida botiniy
voqealarni ilg'ab olish qiyin ham emas.
Ko'pincha bu tipdagi tematik kompozitsiya gradatsiya
asosiga quriladi, ya’ni tematik qismlar muayyan mazmun-
ning kuchayib borishi tartibida joylashtiriladi. Masalan,
«Savol» she’ridagi kabi:
Dostları ilə paylaş: