Nutq madaniyati va radiojurnalist nutqi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 438,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü438,18 Kb.
#169951
1   2   3   4   5   6
nutq-madaniyati-va-radiojurnalist-nutqi

 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
380 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Hozirda nutq madaniyati atamasi biklan yuritiladigan hodisa va ilmiy muammo 
ancha keng mazmunga ega. Nutq madaniyati faqtagina adabiy tilni ongli va 
maqsadga muvofiq ma’yorlashga qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning 
umumiy madaniyatini ko’tarish, odamlarga ma’lum “til didi” («языковой вкус») ni 
tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliayt hamdir. 
Nutq madaniyati atamasi hozirgi zamon tilshunoslik talqinida uch xil hodisaning 
nomi sifatida qo’llanmoqda. Bular : 1) madaniy nutqning, ya’ni nutqiy hodisaning 
nomi; 2) madaniy nutq tushunchasi bilan bog’liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi 
ilmiy muammoning nomi; 3) nutq madaniyati muammosini o’rganish bilan maxsus 
shug’ullanuvchi sohaning, tilshunislik fani bo’limining nomi. Keltirilgan uchta 
hodisaning har birini bir-biri bilan qorishtirib yubormaslik lozim. 
Nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta’riflashda tilshunoslikda quyidagi 
qarashlar ko’zga tashlanadi:
1. Nutq madaniyati – adabiy til rivojining o’ziga xos xususiyatlaridan biri (Praga 
lingvistik maktabi).
2. Nutq madaniyati (til madaniyati) – bu adabiy til me’yorlarining shakllanishi 
va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo’lgan faoliyat, ya’ni til rivojioga ongli 
aralashuvdir (Praga lingvistik maktabi 
3. Nutq madaniyati tilni ravshan, ifodali tuza olish mahoratidir. (A. Gurevich) 
4. Nutq madaniyati kishilarning o’zaro to’liq va teran fikrlashi, tilning barcha 
imkoniyat va vositalarini puxta egallashidan iboratdir, (B.N.Golovin) 
5. Nutq madaniyati faqat to’g’ri nutqninggina emas, balki nutqiy chechanlik 
hamdir. (G.O. Vinokur)
6. Nutq madaniyati til vositalaridan o’rinli foydalangan holda maqsadga 
muvofiq so’zlash va yoza olish san’atidir. (A.N.Efimov). 
7. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir. (D. E. Rozental)
8. Milliy o’ziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir. (M. 
Afganova). 
Ta’riflardan ma’lum bo’ladiki, nutq madaniyati – tilni aloqa-aralashuv qurolini 
ishlatishga bo’lgan munosabatdir. Radiojurnalistlar bu noyob quroldan foydalanishga 
bo’lgan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo’lsa, nutq madaniyati ham yuqori 
saviyada bo’ladi. 



Yüklə 438,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin