Nutq madaniyati va radiojurnalist nutqi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 438,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü438,18 Kb.
#169951
1   2   3   4   5   6
nutq-madaniyati-va-radiojurnalist-nutqi

 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
382 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
- Jurnalistik janrlar orasida radiojurnalistikaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;
- Jurnalistikaning o’zbek tilshunosligida o’rganilish holatini ilmiy-tanqidiy baholash;
- Radiojurnalistikani fonetik xususiyatlarini tahlil etish;
- Radiojurnalistikaning lingvistik tamoyillarini o’rganish 
- Radiojurnalistikaning morfemik xususiyatlarini o’rganib, uni tahlil qilish 
- Radiojurnalistikani grammatik-stilistik jihatdan tahlil qilish 
Aholini turli voqea-hodisalardan voqif qilish, aholi madaniyatini oshirish, 
ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini to’g’ri shakllantirishda ommaviy axborot 
vositalarining axborot tarqatish, madaniy-ma’naviy, birlashtiruvchi, tashkilotchilik, 
ma’rifiy, mafkuraviy vazifalarining ahamiyat ko’lami kengayib bormoqda. 
Mana shunday bir yuksalish va taraqqiyot bosqichida xalqimizga ona tilini 
mukammal bilish va muloqot jarayonida umuminsoniy hamda umummilliy nutq 
madaniyati tamoyillari va qadriyatlariga asoslanish chuqur mazmun va ahamiyat kasb 
etmoqda. Nutq madaniyati nima? degan savolga yuzlanadigan bo’lsak,tilshunos 
olimlarning fikrlari quyidagicha: 
Ojegov S.I.: “Yuqori nutq madaniyati – bu o’z fikrlarini til vositalari bilan 
to’g’ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir. To’g’ri nutq deb esa hozirgi adabiy til 
me’yorlariga rioya qilib tuzilgan nutqqa aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati 
faqatgina me’yorga rioya qilishdan iborat emas. U yana fikrni ifodalashning aniq 
vositasini topishdangina iborat bo’lib qolmasdan, birmuncha ta’sirchan va maqsadga 
muvifiq vositalarni topish uquvini ham o’z ichiga oladi”
Skvorsov L. I.: “Nutq madaniyati” tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til 
me’yorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan tilshunoslik fanining 
madaniyat quroli bo’lgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida 
me’yorlashtirish muammolari bilan shug’ullanuvchi sohadir”
Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki nutq madaniyati, nutqning grammatik to’g’riligi 
hisoblanadi. U uslubiy jihatdan ham to’g’ri bo’lishi kerak, ya’ni qisqalik, aniqlik va 
soddalik uning o’lchovi bo’lishi lozim. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy 
ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o’tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi. Shu o’rinda 
chinakam jurnalist notiqlik mahoratiga tabiiy qobiliyat, shuningdek, o’z tili, nutqi 
ustida tinimsiz ishlashi natijasida erishadi. Ba’zi insonlarda notiqlik san’ati shaxsiy 
qobiliyat va faoliyat tufayli erishiladigan san’at hisoblanadi. Notiqlikda qobiliyat va 
mahorat chambarchas bog’liqligini ko’rishimiz mumkin.

Yüklə 438,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin