Nutq madaniyati va radiojurnalist nutqi



Yüklə 438,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü438,18 Kb.
#169951
1   2   3   4   5   6
nutq-madaniyati-va-radiojurnalist-nutqi

Ключевые слова: 
Язык, речь, речевой этикет, ораторское искусство, 
литературный язык
 
KIRISH 
Bugungi kunda innovatsion rivojlanish yo‘lidan jadal borayotgan 
mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasi, ma’rifatli va yuksak ma’naviyatli 
fuqarolarni yetishtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Yurtboshimiz tomonidan bеlgilab bеrilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” bugungi kunda o’zining 
ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Yurtimizda shaxs, inson, jamiyat, davlat 
yangilanmoqda, barcha ijtimoiy jarayon ta’lim va madaniyat, ma’naviyat o’ziga xos 
tarzda shakllanib bormoqda. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
379 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “….oliy 
taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy soha va 
iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan, mehnat 
bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bizning eng 
birinchi vazifamiz”, deb ta’kidlagan fikrlarining negizida, yurtimizdagi barcha 
OTMlari oldida O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning 
ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil 
fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan 
kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish masalasi yotadi. Shuningdek, Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyevning “... Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari 
xodimlarining demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi o’rni va 
nufuzini, mahalliy gazetalar, tele-radiokanallarning moddiy texnik bazasi va kadrlar 
salohiyatini mustahkamlash, eng asosiysi, matbuotda fikrlar, qarashlar xilma-xilligini 
ta’minlash bo’yicha jiddiy ishlar amalga oshirilgani sizlarga ma’lum, albatta. 
Gazetalarimiz, tele-radiokanallarimizda oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi 
kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib 
borayotganini biz har tomonlama qo’llab-quvvatlaymiz”, degan fikrlardan ko’rinib 
turibdiki, jurnalistlarning oldiga katta mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun nutq 
madaniyatini chuqur egallash talab etiladi 
Til va nutq bir-biriga bog’liq hodisalardir. Til nutq uchun moddiy material, bu 
material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy 
bo’ladi.
 
Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo’lib, so’zning kishilar xotirasidagi 
obrazli ruhiy material, nutq yaratilish jarayonida qo’llaniladigan so’z shakllari, 
morfemalar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisa ekanligi 
uning ongda saqlanishi bo’lsa, moddiy hodisaligi undagi til vositalari orqali 
belgilanadi.

Nutq – bu til deb ataluvchi, o’ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan 


foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda 
vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo’lishidir. Nutq harakatdagi til 
bo’lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi va so’z shakllari, so’z 
birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq madaniyati, madaniy gapirishga intilish 
tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha ma’lum 
lingvistik me’yorlar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bo’lgan tushuncha 
hisoblanadi.

Yüklə 438,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin