«Bosh-jurnal» shaklining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, u qo‘l mehnati xarajatlarini biroz
qisqartirsada, ammo unda memorial-order shakliga xos kamchiliklar mavjud.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. Hisobning jurnal-order shakli ma’lumotlarni
joriy hisobni yuritish va hisobot tuzishni ta'minlaydigan tartibda sintetik va analitik hisob registrlarida
sistemalashtirish va to‘plashga asoslanadi. Bu shaklda hisob yuritish qishloq xo‘jalik korxonalarida
buxgalteriya hisobini yuritishga oid ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobining bu shaklida asosiy hisob registrlari jurnal-orderlardir.
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bevosita jurnal-orderda va qaydnomalarda to‘planib boradi.
Xo‘jalik muomalalarini sistematik va xronologik yozish bir vaqtning o‘zida ya'ni, bir xil ish usulida
amalga oshiriladi.
Zarur analitik ma’lumotlarni jurnal-orderlardan olish imkoni bo‘lmagan hollarda yordamchi
qaydnomalardan foydalaniladi. Jurnal-orderlarning tuzilish tamoyili
tegishli schotlar aloqasi
ko‘rsatilgan holda hisob yuritishga asoslangan.
Jurnal-orderlar
shunday tuzilgan-ki, ularda iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil xo‘jalik
muomalalari aks ettiriladi. Shuning uchun ayrim jurnal-orderlar bir
necha schotlarning krediti
bo‘yicha muomalalarni aks ettirishga mo‘ljallangan. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini to‘g‘ri
guruhlash uchun jurnal-orderlarda schotlar krediti bo‘yicha namunaviy schotlar aloqasi ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, jurnal-order shaklining tuzilishi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
jurnal-orderlarda xo‘jalik muomalalari tegishli schotlarning krediti bo‘yicha debetlanuvchi
schotlar ko‘rsatilib yozilishi;
sintetik va analitik hisob yozuvlarining yagona tizimga birlashtirilishi;
buxgalteriya hisobida muomalalar xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish, davriy va yillik hisobot
tuzishni ta'minlaydigan yo‘nalishda aks ettiriladi;
davriy va yillik hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan, analitik
hisob moddalarining
nomenklaturasi va ko‘rsatkichlari hamda schotlar aloqasi oldindan belgilangan
hisob registrini
qo‘llash.
Yuqoridagi tamoyillarni yaqqol tasavvur qilish va jurnal-order
shaklining mohiyatini
tushunish maqsadida 5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schoti bo‘yicha yuritiladigan 1-ASK
jurnal-orderini ko‘rib chiqamiz (3.6-jadval).
Dostları ilə paylaş: