Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olish



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

8.9. O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olish 
O‘stirilayotgan va bo‘rdoqiga boqilayotgan chorva mollari aylanma mablag‘larning asosiy 
qismini tashkil etib, mahsuldor va ishchi hayvonlar asosiy podasini tuzish hamda chorva 
mahsulotlarining muhim manbai hisoblanadi. Ularni boqish jarayonida mehnat sarfi va moddiy pul 
mablag‘lari sarflanadi. Mahlum yoshga yetgan yosh chorva mollari asosiy podaga o‘tkazilib, ular 
mehnat vositalari qatoriga qo‘shiladi va aksincha, asosiy podadan brak qilinib (yaroqsizga chiqarilib), 
boquvga qo‘yilgan chorva mollari esa mehnat predmetlari tarkibiga o‘tadi. 


Yosh chorva mollarini va asosiy podadan chiqarilgan mollarni bo‘rdoqiga qo‘yish go‘sht 
yetishtirish va uning sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Boqish jarayonida chorva 
mollarining tirik vazni ortib boradi. Ularni o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish jarayoni nisbatan uzoq 
davom etib, ulkan jonli va mujassamlashgan mehnat sarflari bilan bog‘liqdir. Shuning uchun 
o‘stirilayotgan va bo‘rdoqiga boqilgan hayvonlar chorvachilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarish 
hisoblanadi. Chorva mollarini istalgan vaqtda sotib yoki go‘sht uchun so‘yib, o‘stirish va boqishni 
to‘xtatish mumkin bo‘lganligi sababli o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari mehnat 
predmetlari, ularni o‘stirish va boqish xarajatlari esa chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlari 
sifatida hisobga olinadi. 
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 
hayvon va parrandalarning mavjudligi, harakati va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish; 
chorva mollarining naslini va semirib qo‘shilgan vaznini o‘z vaqtida aniqlash va qabul qilish; chorva 
mollarining xo‘jalik ichidagi harakatini va xo‘jalikdan chiqarilishini nazorat qilish; o‘stirilayotgan 
yosh chorva mollari va boquvdagi hayvonlarning haqiqiy tannarxini aniqlash. 
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari hisobining obhektlariga quyidagilar kiradi: 
olingan nasl, qo‘shimcha o‘sish va semirishi, yosh chorva mollarini katta yoshdagi guruhlarga va 
asosiy podaga o‘tkazish; asosiy podadan brak qilingan hayvonlarni boquvchi qo‘yish. 
Chorva mollaridan olingan nasl quyidagicha baholanadi: 
sut yo‘nalishidagi qoramolchilikdan olingan nasl bir boshining rejadagi tannarxi bo‘yicha 
tugilgan kuni, go‘sht yo‘nalishidagi hayvonlardan olingan nasl esa buzoqning tugilgan vaqtidagi tirik 
vazni va bir kilogramm tirik vazn rejadagi tannarxiga asosan aniqlanadi;
Cho‘chqa bolalari – tug‘ilgandagi tirik vazni va bir kilogramm tirik vazn reja tannarxi 
bo‘yicha; 
qo‘zilar – sovliqdan ajratib olish vaqtidagi reja bahosining 50%ga teng, shartli bahoda kirim 
qilinadi (sovliqdan ajratish vaqtida ular to‘liq reja tannarxiga qo‘shimcha baholanadi); 
nasldor yilqichilikdan olingan toychalar, hayvon va quyonlardan olingan nasl – bir boshning 
ajratib olish paytidagi reja tannarxidan 50% miqdorida (qolgan 50% ajratib olish yoki boshqa joyga 
o‘tkazish paytida baholanadi); 
ishchi hayvondan olingan: qulunlar – 60 ozuqa-kuni, bo‘taloqlar esa 120 ozuqa kunining reja 
tannarxi bo‘yicha; 
jo‘jalar, o‘rdakcha va gozchalar, kurkachalar (sutkalik jo‘jalari) – inkubatsiya 
kalkulyatsiyasiga muvofiq bittasining rejadagi tannarxi bo‘yicha baholanadi. 
Asosiy podadan brak qilingan va boquvga qo‘yilgan hayvonlar brak qilingan mahsuldor 
chorva molining balans qiymati va brak qilingan nasldor va benasl otlar hamda ishchi hayvonlarni 
sotishdan kutilayotgan summa bo‘yicha baholanib kirim qilinadi. Chetdan keltirilgan yosh chorva 
mollari sotib olish bahosining ustiga keltirish xarajatlarini kushib baholanadi va kirim qilinadi. 
Xo‘jalik ahzolari va boshqa xodimlardan sotib berish uchun qabul qilingan hayvonlar 
topshiruvchi bilan kelishilgan shartnoma bahosida kirim qilinadi. 
Boquvdagi yosh chorva mollari, parrandalar, mo‘ynali hayvonlar va quyonlarning tirik vazni 
o‘stirish va boqish natijasida oshib boradi. Shuning uchun hayvon va parrandalar muntazam ravishda 
qo‘shilgan tirik vazni bo‘yicha baholanib boriladi. 
Yosh hayvonlar, katta yoshdagi chorva mollari va chuchqalar har oyda tortilib, qo‘shilgan 
tirik vazni aniqlanadi va tegishli chorva mollari turlarining bir tsentner tirik vaznining reja tannarxi 
bo‘yicha baholanadi. 
Qo‘ylar, echkilar, parrandalar va quyonlarning qo‘shilgan tirik vazni (ixtisoslashtirilmagan 
xo‘jaliklarda), har choraklikda bir marta chorva mollarining mazkur turlarini yosh guruhlari bo‘yicha 
tanlab o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Qo‘shilgan tirik vazn chorva mollarining turlari va hisob ishlab chiqarish guruhlari bo‘yicha 
berkitilgan moddiy javobgar shaxslarga qarab aniqlanadi. Buning uchun mazkur guruhdagi chorva 
mollari va parrandaning hisobot davri oxiriga aniqlangan tirik vazniga hisobot davri davomida ushbu 
chiqib ketgan hayvon va parrandalarning tirik vaznini qo‘shib, tegishli hisobot davri davomida 
mazkur guruhga kirim qilingan va hisobot davri boshiga mavjud bo‘lgan hayvon va parrandalar tirik 


vazni ayirib tashlanadi. Olingan natija yosh guruhlar bo‘yicha o‘stirilayotgan yoki boquvdagi va 
o‘tlatib boqilayotgan hayvon yoki parrandalarning hisobot davri davomida qo‘shilgan tirik vaznini 
bildiradi. 
Chorva mollarini o‘lchash mumkin bo‘lmagan hollarda (masalan, bo‘goz gunajin va 
cho‘chqalar, bo‘goz yosh sovliqlar bo‘gozlikning mahlum bosqichlarida) ularning so‘ngi o‘lchash 
bo‘yicha tirik vazni qabul qilinadi. Gunajin, cho‘chqa va qo‘ylar tuqqanidan so‘ng ular o‘lchanadi va 
qo‘shilgan tirik vazni aniqlanadi. 
Chorva mollari quyidagi muddatlarda ham o‘lchanadi: yosh mol tuqqanda, yosh mollar sotib 
olinganda yoki navbatdagi yosh guruhiga va katta yoshdagi guruhga o‘tkazilganda (qo‘ylar sovliqdan 
ajratilganda), asosiy podadan brak qilingan hayvonlar boquvga qo‘yilganda, boquvdan olinganda
boquvdagi va yosh chorva mollari so‘yilganda yoki sotilganda. Olingan nasl va qo‘shilgan tirik 
vaznining reja tannarxi yil oxirida haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi (korrektirovka qilinadi). 
Chorvachilik majmualarida olingan cho‘chqa bolalarining tirik vazni hisoblash yo‘li bilan 
aniqlanadi. Buning uchun bosh veterinar vrach rahbarligida, tarkibida zootexnik-selektsioner, 
uchastka boshligi (brigadir) va operator bo‘lgan komissiya uchtadan beshtagacha cho‘chqa uyasida 
nazorat o‘lchov o‘tkazib, natijasini hayvonlarni o‘lchash vedomostini rasmiylashtiradi. Nazorat 
uyalarda o‘lchangan cho‘chqa bolalarining umumiy ogirligini ularning bosh soniga bo‘lish yo‘li bilan 
bir cho‘chqa bolasining o‘rtacha tirik vazni aniqlanib, oy davomida tugilgan cho‘chqa bolalari shunga 
asosan baholanib qabul qilinadi. 
Cho‘chqalarning oy oxiriga tirik vazni har bir yosh guruhi bo‘yicha hisob-kitob qilish yo‘li 
bilan aniqlanadi. Buning uchun oy oxirida tegishli guruhdagi bir bosh cho‘chqaning o‘rtacha tirik 
vazni umumiy bosh soniga ko‘paytiriladi. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yosh chorva mollari, boquvdagi hayvonlar, muyinali 
hayvonlar va quyonlar asosiy podadagi hayvonlar kabi sug‘urta qilinadi. Tabiiy ofat tufayli hayvon 
va parrandalar harom o‘lganda sug‘urtalovchi kompaniyalar qishloq xo‘jalik korxonalariga harom 
o‘lgan hayvon va parrandalar uchun sug‘urta qoplamasi to‘lanadi. 
Parvarishlash va boqish natijasida yosh chorva mollari, parrandalar va bokuvdagi mollarning 
tarkibi, tirik vazni va qiymati o‘zgarib, bu o‘zgarishlar tegishli dastlabki hujjatlarda hamda hisob 
registrlarida aks ettiriladi. 
Ko‘pchilik chorva mollaridan olingan naslni kirim qilishda asosiy boshlang‘ich hujjat 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin