nusxasi tayyorlov tashkilotida (go‘sht kombinatida) qoladi va aholidan qabul qilib olingan chorva
mollari uchun xo‘jalikka tegishli summani o‘tkazishda asos bo‘lib xizmat kiladi. Ikkinchi nusxasi
chorva molining tirik vazni va semizligi hamda har bir topshiruvchiga tegishli summa ko‘rsatilib, mol
topshiruvchilar bilan hisoblashish uchun xo‘jalikka qaytariladi.
Yosh va boquvdagi mollarni tayyorlov tashkilotlariga yoki boshqa xaridorlarga jo‘natishda
chorva mollari va parrandalarni jo‘natish-qabul qilish tovar-transport yuk xati (1 q.x chorva shakli)
to‘lgaziladi. U xo‘jaliklardan jo‘natilayotgan hayvon va parrandalarning
har bir guruhi uchun
yoziladi. Yuk xatida jo‘natilayotgan mollar to‘g‘risida asosiy mahlumotlar: mollar bosh soni, tirik
vazni, qaerga jo‘natilayotgani, qabul qiluvchi, jo‘natuvchi, xujjatni kompyuterda ishlash uchun xos
raqami (kod) qayd etiladi. Yuk xatining orqa tomonida transport mahlumotlari beriladi, unda mollarni
avtomobil transportida tashish haqidagi asosiy rekvizitlar ko‘rsatiladi. Mollar suv transporti, ot-ulov
yordamida tashilganda yoki poda holida haydab olib borilganda yuk xatlar orqasidagi transport
mahlumotlari to‘ldirilmaydi. Mollar avtomobil transportida tashilganda tovar-transport yuk xati to‘rt
nusxada to‘lgaziladi. Birinchi nusxasi avtomobil haydovchisining
tilxati bilan birga fermada
qoldiriladi. Qolgan uch nusxasi haydovchiga topshiriladi. Uning ikkinchi nusxasi mollarni qabul qilib
oluvchiga beriladi. Uchinchi va to‘rtinchi nusxalari mol qabul qilib olinganligi to‘g‘risida belgi
qo‘yilgach, xo‘jalik buxgalteriyasiga topshiriladi (bittasi haydovchi yo‘l
varaqasi bilan birga
avtotranport buxgalteriga, boshqasi chorva buxgalteriga). Chorva mollari temir yo‘l
orqali
jo‘natilganda kuzatuv temir yo‘l daftari (99-a shakl) yuritiladi.
Yosh chorva mollari parrandalar va boquvdagi mollarning harom o‘lishi, so‘yish va
yaroqsizga chiqarilishi, korxona rahbari tomonidan
tayinlangan komissiyaning
Dostları ilə paylaş: