Mehnat vositalari – bu kishilarning mehnat buyumlariga o‘z tahsirlarini o‘tkazib, ularni o‘z
istehmolini qondirishga moslashtiradigan buyumlar yoki buyumlar majmuidir.
Kengroq ma’noda mehnat vositalariga moddiy sharoitlar ham kiradi. Ularsiz mehnat
jarayonini amalga oshirish yoki umuman mumkin emas (masalan yer), yoki faqat sodda shaklda
amalga oshiriladi (masalan, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, transport, yo‘llar, kanallar va
h.k.).
Mehnat vositalari va ishlab chiqarishning moddiy sharoitlari birgalikda ishlab chiqarishning
texnik asosini tashkil etadi. Korxona faoliyatining natijalari birinchi navbatda ularning mavjudligi va
ishlatilishiga bog‘liq. Shuning uchun ham ular asosiy vositalar deb ataladi.
Shunday qilib, qishloq xo‘jalik korxonalarining asosiy vositalari mehnat vositalari va moddiy
shart-sharoitlar majmui bo‘lib, moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida
ham uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlab qoladi. Ularga bino va inshootlar, uzatuvchi
qurilmalar, mashina va jihozlar, transport vositalari, dastgohlar, ishlab chiqarish va xo‘jalik
inventarlari, katta yoshdagi ish hayvonlari va mahsuldor mollar, ko‘p yillik daraxtlar va boshqalar
kiradi.
Yer qishloq xo‘jaligida muhim mehnat vositasi va mehnat predmeti hisoblanadi. Bozor
iqtisodiga o‘tish jarayonida yer ham boshqa mehnat vositalari kabi ayirboshlanishi yoki ijaraga
berilishi mumkin. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida bir necha yil ishtirok etadi. Ular asta-
sekin eskiradi va o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘laklab o‘tkazadilar.
Asosiy vositalar butligi, to‘g‘ri ishlatilishi va takror ishlab chiqarilishi ular hasobini to‘g‘ri
tashkil etishga bog‘liq.
Asosiy vositalar hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
-
xo‘jalikdagi barcha asosiy vositalarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni nazorat
qilish;
-
asosiy vositalarning kelib tushishi, xo‘jalik ichidagi harakati va chiqib ketishini hujjatlar bilan
to‘g‘ri rasmiylashtirish va hisob registrlarida o‘z vaqtida hamda aniq aks ettirish;
-
amortizatsiyani belgilangan me’yorlariga muvofiq ravishda to‘g‘ri hisoblash va uni hisob
registrlarida o‘z vaqtida aks ettirish;
-
asosiy vositalarning eskirish summalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish;
-
asosiy vositalarni tahmirlash xarajatlarini to‘g‘ri aks ettirishi;
-
asosiy vositalarni tugatishning moliyaviy natijalarini aniqlash va hokazo.
Dostları ilə paylaş: