Asosiy vositalarni qurish va sotib olish hamda asosiy podani tuzish rejasining bajarilishini
nazorat qilish uchun asosiy vositalar qurish va sotib olish hamda asosiy poda tuzish xarajatlari
oldindan 0800-“Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0810, 0820, 0840, 0850, 0860,
0890)da hisobga olinadi.
Mahsuldor va ish hayvonlari asosiy podasini xo‘jalikning ichida o‘stirilayotgan yosh chorva
mollari hisobidan tashkil etishda, chorva mollari asosiy vositalar tarkibiga haqiqiy tannarxi bo‘yicha
o‘tkaziladi.
Asosiy vositalarning analitik hisobi inventar kartochkalarda yuritiladi. Asosiy vositalarning
xo‘jalikka kelib tushganidan to chiqib ketgungacha barcha mahlumotlar inventar kartochkalarda aks
ettiriladi. Imorat, inshootlar va uzatuvchi qurilmalarni yakka holda hisobga olish uchun AV-6
namunaviy inventar kartochka; mashinalar, qurilmalar, dastgohlar, ishlab chiqarish va xo‘jalik
inventarlari uchun – AV-7 namunaviy shakldagi inventar kartochka; ko‘p yillik daraxtlar uchun –
AV- 29 shakldagi nventar kartochkalar qo‘llaniladi.
№ AV-6 va AV-7 shakldagi inventar kartochkalar har bir inventar obhekt bo‘yicha asosiy
vositlarni sotib olish, barpo etish va qurishga oid dastlabki hujjatlar, texnik pasportlar va boshqa
texnik hujjatlarga asosan ochiladi.
Ko‘p yillik daraxtlarni hisobga oladigan inventar kartochka (№29-shakl) nihollarning har bir
turi bo‘yicha ekilgan yilda ochiladi. Bir xildagi asosiy vositalar asosiy vositalarni guruhlab hisobga
olish inventar kartochkasida (№09-namunaviy shakl) hisobga olinadi.
Asosiy vositalar yakka holda hamda guruhlab hisobga olinadiganda inventar kartochkalar bir
nusxada ochiladi va yuritiladi. Har bir kartochkada yozuvni bajargan shaxsning familiyasi va uning
to‘ldirilgan sanasi ko‘rsatiladi. Inventar kartochkalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy
vositalariga ajratilib hamda ular ichida tasnifiy guruhlarga bo‘linib, ishlatilish joylari bo‘yicha
kartotekada saqlanadi. Kartotekadan foydalanish va unda kartochkalarni saqlash qulay bo‘lishi uchun
ajratgich (karton plastinkalar) va indikatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi. Inventar
kartochkalar ochilgan paytda asosiy vositalar hisobiga doir inventar kartochkalar ro‘yxatida (№10
namunaviy shakl) har bir tasnifiy guruhi bo‘yicha qayd qilib boriladi.
Asosiy vositalarning harakati ularning tasnifiy guruhlari va kichik guruhlari bo‘yicha asosiy
vositalarning harakatini hisobga olish kartochkalarida (№12 namunaviy shakl) hisobga olinadi.
Kartochkalar asosiy vositlarning kelib tushishi va chiqishi to‘g‘risidagi dastlabki hujjatlarga asosan
yuritilib, yakka holda va guruhlab hisobga olinadigan inventar kartochkalar mahlumotlari hamda
tegishli 0100-“Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0110-0190) bo‘yicha bosh daftardagi
mahlumotlar bilan taqqoslanadi va asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl)ni tuzishda
foydalaniladi.
Asosiy podadagi mahsuldor va ish hayvonlarining analitik hisobi №73-ASK vedomostda
yuritiladi. Bu vedomost bir oyga ochilib, 102-shakl “Fermadagi chorva mollari va parrandalar
harakati to‘g‘risidagi hisobot” asosida to‘lg‘aziladi.
Dostları ilə paylaş: