Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


-«Davr xarajatlari» schyoti bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

9400-«Davr xarajatlari» schyoti bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi 
№ 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlar 
korrespondentsiya
si 
 
 
debet 
kredit 
1. Mahsulotni sotish bilan bog‘liq transport xarajatlarning aks ettirilishi 
9410 
6990 
2. Reklama va marketing xarajatlarining aks ettirilishi 
9410 
6010 
3. Boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblanishi 
9420 
6710 
4. Umumma’muriy ahamiyatdagi asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi 
9420 
0210- 
0299 
5. Umumma’muriy foydalanish uchun materiallar sarflanishi 
9420 
1010- 


1090 
6. Auditorlik xizmatiga to‘lovlarning aks ettirilishi 
9420 
6990 
7. Yuqori organni asrab turish uchun ajratma qilinishi 
9420 
6120 
8. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi bo‘yicha 
zararning aks ettirilishi 
9430 
9210 
9. Soliq organlarining qaroriga binoan jarima hisoblanilishi 
9430 
6410 
10. Shartnoma shartlarini buzganlik uchun jarima hisoblanilishi 
9430 
6960 
11. Hisobot davri oxirida davr xarajatlarining yakuniy moliyaviy natijaga 
o‘tkazilishi 
9900 
9410, 
9420, 
9430, 
9440, 
9450 
20.4. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar hisobi 
«
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan 
daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltilar va sarmoya transferti; 
- O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar va 
obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar; 
- mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish); 
- valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari; 
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta 
baholashdan olingan daromadlar. 
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga 
kiritilmaydi. 
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan 
daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar 
hisobi» nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi. 
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi schyotlar ochilishi 
mumkin: 
9510-«Royaltidan olingan daromadlar» 
9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» 
9530-«Foiz ko‘rinishidagi daromadlar» 
9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar»
9550-«Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar» 
9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar» 
9590-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar». 
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotida tegishli 
manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko‘payishi, debet oborotida esa ularning hisobdan 
chiqarilishi aks ettiriladi.
9510-«Royaltidan olingan daromadlar» schyotida royalti va kapital transferti bo‘yicha olingan 
daromadlar aks ettiriladi. 
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4850-«Royalti bo‘yicha olishga tegishli schyotlar» 
K-t 9510-«Royaltidan olingan daromadlar». 
9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyotida O‘zbekiston Respublikasi hududida 
va chet ellarda ulush qo‘shish yo‘li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan 
daromadlar, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar aks ettiriladi. 
Dividendlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» 
K-t 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar». 


9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar 
bo‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4830-«Olinadigan foizlar» 
K-t 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar». 
9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida valyuta schyotlari, shuningdek xorijiy 
valyuta muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. 
9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga 
berishdan olingan daromad aks ettiriladi. 
Moliyalanadigan lizing bo‘yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga quyidagicha 
provodka beriladi: 
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - joriy qismi 
K-t 9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar» 
Moliyaviy lizing bo‘yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan daromad summasiga 
quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar» 
K-t 9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar». 
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan 
ortiq baholangan farq summasiga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 0610, 5810 
K-t 9560-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar». 
9590-schyotda moliyaviy faoliyatning boshqa turlaridan olingan foyda aks ettiriladi.
Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590-schyotlarning kredit 
oborotidagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi. 
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va 
ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan 
to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar; 
- mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlar; 
- chet el valyutasi bilan muomalalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar; 
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta 
baholashdan ko‘rilgan zararlar; 
- o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar; 
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. 
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobda aks ettirish uchun quyidagi schyotlar 
ochilgan: 
9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» 
9620-«Kurs farqlaridan zararlar» 
9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar» 
9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar». 
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, aktiv schyot xarakteriga ega. Ularning debet oborotlari sodir 
bo‘lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi. 
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobi «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan 
daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar 
hisobi» nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin