hamda tegishli ravishda guruhlarga ajratib ro‘yxatga olib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga baho
berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Shunday qilib, hisob yuritish xo‘jalik faoliyatini boshqarish, keng ma'noda esa butun ijtimoiy ishlab
chiqarishni, ya'ni jamiyatni boshqarish uchun zarur ekan. Boshqacha qilib aytganda, hisobot yuritish deb
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishni ta'minlash maqsadida, bu
jarayonlarni miqdor jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsiflashga aytiladi. Demak, hisob yuritish
boshqarishning ajralmas qismi ekan.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida hisob butun jamoaga ishlab chiqarish va iste'mol
uchun qanday mehnat qurollari va mehnat buyumlari zarurligini bilish maqsadida kyerak bo‘lgan bo‘lsa,
jamiyat sinflarga bo‘lingandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda esa hukmron sinfning manfaatini
himoya qilib kelgan. Boshqacha qilib aytganda, sinflar mavjud jamiyatda hisob yuritish o‘zgarib,
takomillashib va uning roli oshib borgan. Bozor munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qabul
qilgan qarorlarni hayotga tadbiq qilishda, korxonalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlashtirish
sharoitida hisob va statistikaning roli yana ham oshib bormoqda. Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirish
uchun hisob ma’lumotlariga ishlov berishni kompyutyerlashtirish, hisobning ilg‘or shakl va uslublarini
qo‘llash, hisob ishlariga sarflanadigan mablag‘lar va mehnat sarflarini kamaytirishga yerishish zarur.
Har bir xo‘jalik fakti hisobda korxona faoliyatining ham miqdor, ham sifat jihatlarini tavsiflaydigan
ko‘rsatkichlarga aylanadi. Bular ayrim mahsulot turlarining haqiqiy tannarxi, korxona faoliyatining
moliyaviy natijalari va boshqalar.
Xo‘jalik hisobi xo‘jalik yurituvchi subektni boshqarishda foydalaniladigan axborot tizimidan iborat
bo‘lib, unda korxona faoliyatida sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar va hisob obektlarining holati
to‘g‘risidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotlar ma'lum qoidalar va standartlar bo‘yicha
ularni boshqarish uchun ilmiy asoslangan qoidalarga muvofiq qayd qilinadi, o‘lchanadi, ishlov beriladi,
to‘planadi va guruhlanadi. Xo‘jalik hisobi keng qamrovli va tulaqonli bo‘lishi hamda korxona iqtisodiyotini
boshqarish vazifalari to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishga yo‘naltirilgan, ya'ni boshqaruv tizimi uchun
foydali bo‘lishi lozim.
Xo‘jalik hisobining mohiyatini uning funksiyalari orqali mufassal ochib berish mumkin (1.1-rasm).
Xo‘jalik hisobi keng ma'noda boshqaruv funksiyasi bo‘lib, kishilik jamiyatining dastlabki
bosqichlaridayoq ijtimoiy foydali mehnatning mustaqil turi sifatida ajralib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: