Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
Natural o‘lchovlar – hisob obektlarini og‘irlik (kg, s, t ), hajm (m.kub, litr), uzunlik (mm, sm, m,
km), maydon (kvadrat metr, ga) va boshqa o‘lchovlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Natural o‘lchovlarda yuritiladigan hisob miqdoriy yoki natural hisob deb ham ataladi. Miqdoriy
hisob asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, xom ashyo va Materiallar, tayyor
mahsulotlar va boshqa hisob obektlarini natural (fizik) hajmi to‘g‘risida axborotlar bilan ta'minlashdan
iborat.
Bunday o‘lchovlar xo‘jalik mablag‘larining saqlanishini hamda xo‘jalik faoliyatiga tezkor rahbarlik
qilishni ta'minlaydi. Natural o‘lchovlar bir xildagi xo‘jalik mablag‘larini hisobga olishda qo‘llaniladi. Turli
xil natural ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Shuning uchun ham xar xildagi xo‘jalik mablag‘larini
tavsiflovchi umumlashgan ma’lumotlarni olishda bunday ko‘rsatkichlardan foydalanib bo‘lmaydi.
Sarflangan ish vaqtini hisobga olish uchun
mehnat o‘lchovi dan foydalaniladi. Mehnat o‘lchovlari
– kishi/kuni, kishi/soati, norma/soat va boshqalarda ifodalanadi. Mehnat o‘lchovlari ko‘p hollarda natural
o‘lchovlar bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, bir ishchi bir soatda yoki bir kunda qancha miqdorda mahsulot
ishlab chiqargan va h.k. Ular asosan vaqtbay ishlovchilarga ish haqi hisoblashda, ishbay ishlovchilarning
normalarini bajarishini nazorat qilishda, mehnat unumdorligini o‘rganishda va hokazolarda qo‘llaniladi.
Shunday qilib, mehnat o‘lchovlari, natural o‘lchovlari kabi qat'iy belgilangan qo‘llanilish
chegaralariga ega.
Turli xildagi xo‘jalik mablag‘larini, xo‘jalik ehtiyojlarini, hisoblashuv va kredit munosabatlarini
hisobda aks ettirishda hamda xo‘jalik faoliyatining yakunini pul ifodasida chiqarishda
pul o‘lchovi qo‘llaniladi. U tovar-pul munosabatlari mavjudligi, mablag‘lardan juda tejab foydalanish,
raqobatbardoshlikni ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bevosita hamda chambarchas
bog‘liqdir.
Pul o‘lchovi ko‘pincha natural va mehnat o‘lchovi bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, ishlab
chiqarilgan mahsulot qiymatini aniqlash uchun bu mahsulot miqdorini va bahosini, ishchiga ish haqi
hisoblash uchun esa, ishchi tomonidan ishlangan kunlar va vaqt birligi uchun to‘lanadigan haq summasini
bilish zarur.