buxgalteriya axboroti bilan ta'minlashdir”.
1
Shuningdek, ushbu maqsadga yerishish uchun buxgalteriya
hisobi oldiga quyidagi vazifalar quyilgan:
“ – buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning xolati va xarakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning
xolati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
-
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
-
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish”
2
.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning
oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta'minlaydigan ichki xo‘jalik imkoniyatlarini topishni
ta'minlashi zarur.
Buxgalteriya hisobining
birinchi vazifasi
korxona rahbarlari, ta'sischilari, ishtirokchilari va
mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan
kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya'ni foydalanuvchilarga xo‘jalik
yurituvchi subekt to‘g‘risida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur
axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma'muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun
foydali bo‘lishi lozim.
Ikkinchi vazifa
ning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-
xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish
uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik muomalalarining maqsadga
muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa
korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning
saqlanishini ta'minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi tomonidan ikkita
vazifani bajarishda ifodalanadi. Birinchisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va
istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi.
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni hisobga olmay
turib, haqqoniy biznes-reja topshiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini
bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxini pasaytirish,
korxonalarda va uning bo‘linmalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni
rivojlantirish buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bundayulkan vazifalar korxonalarning hamma
ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish,
ishlab chiqarish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan muvaffaqiyatli amalga
oshiriladi
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi
Dostları ilə paylaş: