Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Inventarizatsiyaning mohiyati, ahamiyati va



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

2.3. Inventarizatsiyaning mohiyati, ahamiyati va
me’yoriy- huquqiy asoslari, 
Buxgalteriya hisobining oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri buxgalteriya hisobi 
schyotlarida aktivlarning holati va harakati, xususiy kapital va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi 
to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat. Demak, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari 
korxona aktivlari (mablag‘lari) va passivlari (xususiy kapital va majburiyatlar) hamda xo‘jalik 
jarayonlarining holati to‘g‘risida o‘z vaqtida aniq va ishonchli axborot berishi lozim. 
Lekin, har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatida haqiqatda mavjud mulkiy 
ob’ektlarning, barcha turdagi debitor qarzlarni va korxona majburiyatlarining haqiqiy qoldiqlarini 
ham qo‘shgan holda, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farq qilish hollari uchraydi. Bunday farqlar 
tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha kamomad, oshiqchalik, qayta navlash va summalardagi tafovutlar; 
kassadagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va pul hujjatlarining kamomadi yoki oshiqchaligi
hisob-kitoblarning ma’lum uchastkalari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar qoldiqlarining 
hisobda oshirib, yoki kamaytirib ko‘rsatilishi; asosiy ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab 
chiqarish xarajatlarining oshirib ko‘rsatilishi kabi holatlarning natijalari hisoblanadi. Ushbu 
farqlarning sabablari asosan quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
-haqiqiy kamomad va yo‘qotishlarning tovar-moddiy boyliklarni saqlash va tashishdagi tabiiy 
kamayish me’yorlaridan oshib ketishi; 
-uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarning o‘g‘irlanishi, kamomadi, ataylab buzilishi va 
yo‘qotilishi; 
-mulklar va majburiyatlar analitik hisobining izdan chiqqanligi; 
-buxgalteriyaga qabul qilingan hujjatlar ma’lumotlaridagi chalkashliklar, mol-mulklarni 
baholashdagi va buxgalteriya yozuvlaridagi xatolar va h.k. 
Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funktsiyasi ushbu farqlarni eng qisqa 
muddatlar ichida aniqlashni, buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aniqlangan farqlar natijalaridan 
kelib chiqadigan va ularga to‘la mos keladigan tegishli tuzatishlarni kiritishni nazarda tutadi. 
Buxgalteriya hisobi mol-mulklarning mavjudligi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining 
ishonchliligini, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining haqqoniyligini 
inventarizatsiya qilish yo‘li bilan samarali nazorat qila olishi mumkin.
Inventarizatsiya tushunchasi lotincha bo‘lib, «inventarium» aynan tarjimasi «xo‘jalik 
buyumlarining aniq va batafsil ro‘yxati» degan ma’noni bildiradi.
Inventarizatsiya o‘tkazish O‘zbekistonda davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risidagi» qonunga muvofiq «Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda 
aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi» (11 
– modda). Agar buxgalteriya balansining barcha moddalari to‘liq inventarizatsiya qilinmagan bo‘lsa 
va bunday inventarizatsiya natijalari buxgalteriya hisobotiga kiritilmagan bo‘lsa, buxgalteriya 
hisoboti haqiqiy hisoblanmaydi. Qonundan kelib chiqadigan ushbu talablarni amalga oshirish 
maqsadida №19 «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli O‘zbekiston Respublikasi 
 
 
Инвентаризация
Бухгалтерия 
ҳ
исоби методининг
элементларидан бири бўлиб, корхона активлари ,
корхона активлари (мабла
ғ
лари) ва
мажбуриятларнинг 
қ
олди
қ
лари 
ҳ
исоб
маълумотлари билан та
ққ
ослаш ор
қ
али
назоратни таъминлаш 
ҳ
амда
бош
қ
ариш усули


buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda №EG./17-19-20-75 sonli buyruq bilan tasdiqlangan va 
Adliya Vazirligida 1999 yil 2 noyabrda 833-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Unda korxonaning mol-
mulklari va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qilish hamda uning natijalarini 
rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Shuningdek, №4 – «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMS 
talablariga muvofiq, «mulkchilik va faoliyat turidan qat’iy nazar, barcha korxonalar har yili yillik 
hisobotlar va balanslarni tuzishdan oldin asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalari, tugallanmagan kapital 
qurilishlar, tovar-modiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini 
inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart» (22 - punkti) deb belgilangan. O‘tkazilgan inventarizatsiya 
natijalari «Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining 
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga (O‘zR moliya vazirligi, Davlat 
soliq qo‘mitasi, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziriligining 2004 yil 10 martdagi 37, 
2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq rasmiylashtiriladi. Bulardan tashqari, 
inventarizatsiya jarayonida yuzaga keladigan ayrim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va 
Jinoyat Kodekslari bilan ham bevosita yoki bilvosita tarzda to‘qnashadi. 
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda inventarizatsiyani tashkil etish, o‘tkazish va natijalarini 
rasmiylashtirish bo‘yicha quyidagi huquqiy-me’yoriy tizim shakllangan(10.2-rasm).
O‘zbekiston Respublikasi
«

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin