3-rasm.
Uch basketbolchining o’zaro to’p uzatib tez yorib
o’tishi.
46
Yo’rib o’tishning yakunlovchi qismi - raqib yaqinida bo’lib
o’tadi va 1,5 soniya atrofida davom etadi. Savatga yakunlovchi
otishni odatda, to’pni urib yurishdan keyin yoki o’yinchining shchit
ostiga to’p uchun tez chiqishdan keyin bajariladi. Umuman, yaxshi
tayyorlangan jamoa, to’pni uzatishni uch martadan orttirmasdan tez
yorib o’tishni 4-6 soniya ichida amalga oshiradi.
Tez yo’rib o’tish uch usulda bajariladi:
- raqib shchiti tomon uzun uzatish bilan, bunda aslida ikkinchi
qism chiqib ketadi;
- maydon o’rtasidan (to’pni urib yurish bilan va olib
yurmasdan);
- yo’n chiziqlar bo’ylab.
Pozitsion hujum.
O’yin davomida jadal hujumni yakunlashga
har doim erishilavermaydi. Raqib jamoali himoyani yushtirishga
ulguradigan va hamma hujumchilarni to’sadigan holler bo’libturadi.
Ushanda jamoa, yaxshi yushtirilgan himoyaga hamma beshtala
o’yinchi qatnashadigan pozitsion hujumni qarshi qoyishi kerak.
Pozitsion hujumda basketbolchilar yakunlovchi to’p otishni
tayyorlashib raqib himoyasiga bosqichma-bosqish (ketma-ket)
engishadi. O’yin qoidasi bo’yicha bunday tayyorgarlikka 30
soniyagacha vaqt beriladi. Bu vaqt ilgaridan o’rganilgan har qanday
qiyinchilikdagi kombinatsiyani qo’llash uchun yetarlidir, agar u
barbod bo’lsa (amalga oshmasa) o’rta yoki uzoq masofadan taktik
jihatdan asoslangan otishga sharoit yaratish kerak.
Pozitsion hujumda, jadal hujumdagi kabi, uchta fazani ajratish
mumkin; boshlanish – jamoaning yushgan holi oldingi zonaga o’tishi
va o’yinchilarni ko’zlagan pozisiaylarga joylashtirish; rivojlanish
savatga hujum qilish uchun qulay vaziyat yaratish maqsadida bir
qator o’aro harakatlari (seriyalarni) o’tkazish (hujumchini ta’qibdan
ozod qilish, yakka olishishning qulay sharoitlarini ta’minlash va
hakoza); yakunlash – o’yinchi tomonidan savatga hujum qilishni
bevosita o’tkazish va sapchigan to’p uchun faol kurashni ta’minlash.
Pozitsion hujumda ikki sistema tashkil topgan: “markaziy
|