Sport va harakatli


 DARVOZABON O`YINI TEXNIKASI VA TAKTIKASI



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

8.4 DARVOZABON O`YINI TEXNIKASI VA TAKTIKASI. 
 
Darvozabon jamoada eng qiyin va mas’ul vazifani bajaradi. Uning 
harakati faqat darvozabonning xavfsizligini emas, balki hujumning 
natijasini ham belgilaydi. Darvozabon uchun muhimi – avvalo bo`yi 
(180-190 sm), tezlik reaksiyasi, mo`ljallay olish, chaqqonlik, kuch, 
chidamlilik kabi sifatlardir. Darvozabonning dastlabki o`yin texnikasiga: 
turish, siljish, chalg`itishlar, to`pni qo`l, oyoq, gavda bilan qaytarish va 
to`pni uzatishlar kiradi. Darvozabon texnik usullarining muvaffaqiyatli 
bajarilishi ko`p jihatdan uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi 
belgilanadi. Darvozabonning dastlabki holatni to`g`ri tanlay bilishi 
uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir.
Turish.
Darvozabon harakatdagi to`pning vaziyatiga bog`liq 
ravishda har xil holatda turishi mumkin. Darvozada turishning asosan 2 
turi mavjud: darvoza o`rtasida va darvoza ustunlari yonida. Darvoza 
o`rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qulaydir: oyoqlar yelka 
kengligida, sal bukilgan gavda og`irligi ikki oyoqqa baravar bo`lingan, 
gavdaning yuqori qismi ozgina oldinga egilgan, qo`llarning kaftlari 
oldinga qaratilgan holda sal bukilib yon tomonga uzatilgan, kaftlar 
balandligi taxminan yelka balandligiga teng yoki undan ham balandroq 
bo`lishi mumkin. Agar hujumchi to`p otishni burchakdan bajarayotgan 
bo`lsa, unda darvozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig`i 
15-20 sm), darvozaga yaqin bo`lgan qo`lini yuqoriga ko`tarib tirsak 
bo`g`ini salgina bukilgan bo`ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini 
yopadi; ikkinchi qo`li yon tomonga uzatilgan, gavda og`irligi darvozaga 
yaqin turgan oyoqqa o`tkazilgan. Ana shunday holatda darvozabon 
bevosita to`pni qaytaradi yoki tez-tez oldinga chiqadi.
Siljish.
Darvozabon joyini asosan yon tomonga qadam qo`yib 
o`zgartiradi. Bu uning o`z yo`nalishini tez-tez almashtirishiga va to`pni 
qaytarish uchun tayyor bo`lishiga imkoniyat yaratadi. Darvozabon to`pni 


116 
olib qo`yishni, sapchigan to`pni egallab, uni o`yinga kiritishni, raqiblar 
tomonidan tez yorib o`tishni ta’minlovchi to`pni egallashini, oldinga va 
orqaga tez harakat qilishni, keskin start olishni bilishi shart. Darvozabon 
hamla qilish harakatlaridan va oyoqlarni bir chiziq bo`ylab yozib o`tirish 
(shpagat) holatidan tez-tez foydalanishga to`g`ri keladi, shuning uchun u 
bu harakatlarni har tomonga bemalol bajarishni bilishi juda zarur. Uning 
har xil sakrashlarni bajarishi o`yinda alohida ahamiyatga ega. 
Darvozabonning to`p otayotgan o`yinchiga peshvoz chiqishi va sakrashi 
– darvoza qo`riqlashning murakkab usullari qatoridan o`rin olgan.
Darvozaning nishonga olingan burchagini kamaytirish uchun 
darvozabon yuqoriga yoki uzunlikka sakrab darvozaga yo`naltirilgan 
to`pning yo`lini to`sishga harakat qiladi. Odatda, darvozabon sakraganda 
to`pning yo`nalish yo`lini ko`proq kamaytirish uchun oyoq va qo`llarni 
yon tomonga yoyadi. Darvozabon raqiblar bilan to`p uchun kurashda 
ko`pincha aldash harakatlarini ishlatadi. Chalg`itish maqsadida bir 
tomonga egilib, keyin boshqa tomonni to`sadi, tez-tez yolg`on 
chiqishlarni qo`llaydi. Bunday holatlarda hujumchi to`pni darvozabon 
ustidan oshirib tashlaydi, lekin bunday bo`lishini oldindan kutgan 
darvozabon darhol orqaga qaytib, to`p yo`lini to`sishga ulguradi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin