Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

To`pni uzatish.
Darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to`p 
jamoaning hujumga o`tishi uchun muhim sharoit yaratishning garovidir. 
Shuning uchun darvozabonning baland trayektoriya bilan yoki uzoq 
masofalarga to`pni yuqoridan qo`lni bukib uzatishni qo`llashi qoida 
tusiga kirib qolgan. To`pni egallaganidan so`ng darvozabon, uni uzatish 
uchun qulay tarafni tanlaydi.
Darvozabonning harakati samarali bo`lishi uchun eng to`g`ri 
pozitsiyasi – darvoza o`rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning 
markazidan 1 mgacha masofa bo`ylab harakat qiluvchi darvozabon 
baland “trayektoriya”da keladigan to`pni egallashga doim tayyor 
bo`lishi lozim. To`p otilishini boshlashini aniqlagach, darvozabon 
darvoza maydoniga to`p kiritish imkoniyatini kamaytirish uchun oldinga 
chiqadi. Otilayotgan to`p 300 dan kichik burchak ostida bo`lsa, u holda 
darvozabon darvoza ustunlari yonidan joy oladi.
Darvozabon hech vaqt to`pni nazoratsiz qoldirmasligi va o`z vaqtida 
hujumchining to`p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq 
aniqlashi juda muhimdir. Agar uning jamoasi hujum qilayotgan bo`lsa, 
unda u 9 metrli chiziq yonida joylashadi, tasodifan jamoasi to`pdan ajrab 
qolib, raqiblar tez yorib o`tish hujumini amalga oshirsalar o`yinga 
qo`shilishga tayyor bo`lib turadi. Bunday holda u to`pni egallash uchun 
maydonga chiqishi mumkin. Urinishi muvaffaqiyatsiz bo`lsa, unda 
orqaga chekinadi va darvozaga turib, tez yorib o`tib to`pni darvozaga 
otayotgan hujumchining to`pini qaytarishga harakat qiladi.
 


118 
NAZORAT SAVOLLAR 
 
1. Himoya taktikasi tasnifi.
2. Aldovchi harakatlarni qo`llash xususiyatlarini tahlil qilib
bering.
3. To`pni uzatishdagi aldovchi harakatlar qaysi hollarda amalga
oshiriladi?
4. To`sishlardagi muvaffaqiyat harakatlar uchun qanday omillar
muhim hisoblanadi?
5. Tezkor hujum qaysi vaziyatda va qanday amalga oshiriladi?
6. qaysi sharoitlarda faol ta’ib qo`llaniladi?
7. Oqimli hujum tizimi o`yinchilardan nimani talab qiladi?
8. Darvozabon to`pni urib chiqarishni qachon va qaysi hollarda 
qo`llaydi? 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin