Sport va harakatli


 O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNING RIVOJLANIShI



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

9.2 O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNING RIVOJLANIShI 
O‘zbekistonda zamonaviy futbol o‘tgan asrning boshlarida paydo 
bo‘ldi va tezda mashhur o‘yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari 
Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Qo‘qon va Samarqand edi. Ilk bor 
futbolni Farg‘ona shahrida o‘ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning 
oxirida birinchi futbol jamoasi tashkil topgan.
Farg‘onada tuzilgan futbol jamoalari soni 1912 yil avgustida 
«Futbolchilar jamoasi» ga birlashishga yo‘l berdi. Bir oz vaq to‘tgach, 
Toshkentda ham futbol o‘ynay boshladilar. Toshkentlik futbol 
ishqibozlari orasida eng mashhur jamoa bu TOLS-Tashkentskoe 
obщestvo lyubiteley sporta (TSIJ –Toshkent sport ishqibozlari jamiyati) 
edi. Bu jamiyat 1912 yilda tuzilgan bo‘lib, juda qisqa vaqt ichida futbol 
hamda boshqa sport turlarining rivojlanishi uchun ko‘p xizmat qilgan. 
1912 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda futbol aytarli darajada 
yoyila boshladi.
Futbol o‘yiniga Qo‘qon, Andijon va Samarqandda ham qiziqish 
orta boshladi.
Bu yillardagi eng qiziqarli bosqich albatta Farg‘ona, Toshkent, Andijon, 
Samarqand futbolchilarining uchrashuvi bo‘ldi. Toshkentga tashrif 
buyurgan ilk futbolchilar Samarqand futbolchilar to‘garagi (SFT) 
a’zolari edi. 1913 yil 29 avgustida ular TOLS futbolchilari bilan 
uchrashuv o‘tkazdilar. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan Toshkent jamoasi 
5:0 hisobi bilan g‘alaba qozondi.
1913 yil iyunida Andijonda «Andijon futbolchilar klubi» 
tasdiqlandi.
Va, nihoyat, 1914 yil 25 mayda Toshkentda O‘zbekistonning eng kuchli 
ikki jamoasining markaziy uchrashuvi bo‘lib o`tdi. Bunda Toshkent va 
Farg‘ona futbolchilari to‘p surdilar. Toshkentliklar o‘yinda 3:2 hisobida 
muvaffaqiyatga erishdilar. O‘zbekistonda futbol rivojlanishining 
boshlang‘ich davri haqida xulosa qilib shuni ham aytib o‘tishjoizki, 
futbol maydonlari va o‘quv mashg‘ulotlarining bo‘lmaganiga qaramay, 
qisqa vaqt ichida Farg‘ona, Toshkent, Qo‘qon, Andijon va
Samarqandda o‘zbek futbolining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan iste’dodli
futbolchilar paydo bo‘ldi. Shu yerda aytib o‘tish lozimki, nafaqat 
Farg‘ona, Toshkent va Samarqandda balki O‘zbekistonning boshqa 


125 
shaharlarida ham futbolning muvaffaqiyat bilan tarqalishiga qaramay, 
uning rivojlanishi o‘zi bo‘larchilik bilan o‘tayotgan edi. Jamoalarni 
o‘rgatish tizimi yo‘q edi, mashg‘ulotlar o‘ta sodda va vaqti-vaqti bilan 
o‘tkazilardi. 
Hech 
bir 
shaharda 
futbol 
birinchiliklari 
tashkillashtirilmagandi, shuning uchun hatto undan ortiq jamoalar 
mavjud bo‘lgan Toshkent shahrida ham bironta rasmiy musobaqa 
o‘tkazilmagan edi.
1920 yildan boshlab futbol respublikamizning chekka qishloq va 
mahallalariga kirib borib, mashhur o‘yinga aylandi. Yoshlar, talabalar, 
ishchi va dehqonlar futbolga talpina boshladilar.
1921 yil Moskva va Toshkent futbolchilarining ilk uchrashuvi 
o‘tkazilgani bilan ahamiyatga loyiqdir. 1925 yilda mamlakat Jismoniy 
tarbiya kengashi tomonidan ommaviy jismoniy tadbirlarning taqvimi 
tuzildi. O‘zbekistonda futbolni tashkillashtirish bir oz tartibliroq tizimga 
ega bo‘ldi. Shunday qilib, Toshkent birinchiligi 3 toifa bo‘yicha 
o‘tkazildi va unda 28 jamoa ishtirok etdi. 
1927 yilda o‘zbek sportchilarini tayyorlashda muhim bosqich 
bo‘lgani Umum-o‘zbek Spartakiadasi o‘tkazildi. Spartakiada finalida 
doimiy raqib bo‘lib qolgan Toshkent va Farg‘ona jamoalari 
uchrashdilar. Ikkala tarkibda ham O‘zbekiston terma jamoa a’zolari 
chiqish qildilar. Katta qiyinchiliklar bilan 2-taymda toshkentliklar hal 
qiluvchi golni urdilar va 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozondilar. 1928 yil 
Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro spartakiadada qatnashish
O‘zbekiston futbolchilari uchun nihoyatda jiddiy imtihon bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha spartakiada birinchiligi uchun 22 jamoa kurash 
olib bordi, ular qatorida Angliya, Germaniya, Avstraliya, Shveysariya va 
Finlyandiyaning ishchi klublardan iborat terma jamoalari ham bor edi.
Shveysariya va O‘zbekiston jamoalarining uchrashuvi futbol 
ishqibozlarida katta qiziqishga sazovor bo‘ldi. O‘zbek futbolchilari bu 
o‘yinda jamoaviy o‘yin, chiroyli va chaqqon kombinatsiyalar namoyish 
etdilar. Ammo asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangani sababli, 
g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha 30 daqiqa qo‘shib berildi. So‘nggi 
15 daqiqa ichida O‘zbekiston futbolchilari shveysariyaliklar qarshiligini 
yenga oldilar va raqib 8:4 hisob bilan O‘zbekiston futbolchilari g‘alaba 
qozondilar. Bir kundan so‘ng esa qiyin kechgan o‘yinda o‘zbek 
futbolchilari Rossiya jamoasiga 1:2 hisobida g‘alabani boy berdilar.
Keyingi yillarda o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga 
Norvegiya, Germaniya, Finlyandiya, Moskva, Leningrad, Ukraina, 
Kavkaz orti mamlakatlaridan ko‘plab kuchli futbol jamoalari keldi.


126 
Misol uchun, 1931 yil 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan matchda Norvegiya 
terma jamoasiga qarshi O‘zbekiston kasaba uyushmalari terma jamoasi 
chiqdi.
Norvegiyaliklar texnikali futbol namoyish etib, 5:2 hisobida g‘olib 
chiqdilar. Uch kundan so‘ng Skandinaviyalik mehmonlarga qarshi 
Toshkentning 
birinchi 
terma 
jamoasi 
maydonga 
tushdi. 
O‘zbekistonliklar o‘yinni yuqori tezlikda olib borib, 4:2 hisobida 
muvaffaqiyatga erishdilar.
Norvegiyalik 
va 
o‘zbekistonlik futbolchilarning uchinchi 
uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
1932 yilda O‘zbekistonga nemis futbolchilari tashrif buyurdilar. Bu 
jamoa ishchi sport klublarining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan 
bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi Germaniya chempionati ishtirokchilari edi. 
O‘zbek futbolchilari bu bo‘lajak o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rdilar va 
birinchi matchda 4:2 hisobidagi og‘ir g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Birinchi uchrashuvdan so‘ng nemis jamoasi sardori Lor shunday degan 
edi: «Toshkentliklar jipslashgan jamoa bo‘la olishdek ajoyib xususiyatga 
ega va ular biz hech narsa bilan taqqoslay olmaydigan yuqori tezlikda 
o‘ynadilar. Yuqori darajali jamoa bo‘lish uchun O‘zbekiston 
futbolchilarida barcha imkoniyatlar mavjuddir».
Takroriy uchrashuvda nemis futbolchilari bir oz ustunroq kelib, 
yuqori darajadagi taktik tayyorgarlikni namoyish etdilar va 3:1 hisobi 
bilan g‘olib bo‘ldilar.
Norvegiyalik, nemis, fin futbolchilari bilan o‘tkazilgan o‘yinlar 
O‘zbekistondagi ilk xalqaro o‘yinlar edi. Ular texnik va taktik 
tayyorgarlik borasida tajriba almashishga, o‘yinning yangi-yangi 
sistemalari bilan tani-shishga yordam berdi.
1934 yil O‘zbekiston poytaxtida ilk O‘rta Osiyo spartakiadasining 
ochilishi sharafiga bag‘ishlab 36 ming nafar jismoniy tarbiya 
ixlosmandlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu namoyish O‘rta Osiyo 
respublikalarida jismoniy tarbiya harakati o‘sishining yorqin namunasi 
edi. Futbol bo‘yicha musobaqalar bir paytning o‘zida uch stadionda 
bo‘lib o‘tdi, ulardan eng yirigi spartakiada ochilishi arafasida qurilgan 
10 ming o‘rinli «Spartak» stadioni edi. Bu O‘rta Osiyo respublikalari 
orasida futbol birinchiligi uchun olib borilayotgan ilk o‘yinlar edi. 
O‘zbekiston futbolchilari o‘z raqiblari bo‘lmish Turkmanistonni 3:1, 
Tojikistonni 5:0, Qirg‘izistonni 10:1 hisobi bilan dog‘da qoldirib, 
muvaffaqiyatli chiqish qildilar.
1934 yil futbol jamoalarining kelgusidagi o‘sishlari uchun muhim 


127 
yil bo‘ldi.
Birgina Toshkentda kasaba uyush-malari birinchiligida 50 ta jamoa 
qatnashdi. 30-chi yillarning boshida bolalar va o‘smirlar futboliga 
yanada ko‘proq e’tibor berila boshladi. 1935 yil Toshkentda o‘smirlar 
o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligining ilk tanlovi bo‘lib 
o‘tdi. Bu tanlovda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon terma 
jamoalari ishtirok etdi. Poytaxtlik yosh futbolchilar g‘alaba qozondilar.
1936 yil respublika shaharlaridagi futbol mavsumi-ning bahorgi bilan 
ochilishi ahamiyatga loyiq. Toshkentdagi musobaqa namoyishida 324 
futbolchi ishtiroq etdi. Ommaviy futbol keyingi rivojlanish bosqichiga 
o‘tdi. Umumta’lim maktablari, texnikumlar, oliy o‘quv yurtlari o‘z 
birinchilik o‘yinlarini o‘tqazar, muntazam ravishda korxonalarning ichki 
musobaqalari tashkil etilar edi.
Shahar futbol bo‘limi (seksiya) qaroriga binoan Toshkentda 
futbolga ixtisoslashgan birinchi bolalar va o‘smirlar maktabi ochildi. Bu 
yerda ko‘pgina qobiliyatli yosh futbolchilar o‘z mahoratlarini 
mukammallashtirar edilar. 
1936 yili O‘zbekiston birinchiligida 16 shahardan terma jamoalar 
ishtirok 
etdi. 
Bu 
o‘yinlar katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab 
tomoshabinlarni jalb qildi. Shiddatli o‘yinlardan so‘ng 1- va 2- o‘rinlar 
Qo‘qon hamda Toshkent terma jamoalariga nasib etdi.
1937 yildan boshlab futbol musobaqalari asosida shahar terma 
jamoalarining match o‘yinlari emas, balki O‘zbekiston Kubogi va 
birinchiligi uchun klub jamoalar musobaqalari o‘tkazila boshladi. O‘sha 
yillardan buyon ko‘pgina guruhlar, birinchiliklar va musobaqa 
qatnashchilari almashdi, musobaqa o‘tkazish tamoyillari, baholash tizimi 
o‘zgardi, ammo sportchilar mahoratining yangi taktik yo‘nalishlarini 
aniqlaydigan chempionlik unvoni uchun kurash o‘zgarmay qolaverdi. 
1937 yil futbol mavsumining ahamiyatli hodisasi – sobiq Ittifoq 
chempionati edi: 56 jamoa o‘rtasidagi guruhlarda o‘ynaldi. O‘zbekiston 
sha’nini Toshkentning dinamochilari himoya qildilar. Ular futbol 
bo‘yicha mamlakat chempionatida ishtirok etgan birinchi o‘zbekistonlik 
jamoa edilar. O‘z o‘yinlari bilan toshkentliklar sinalgan charm to‘p 
ustalariga munosib raqib bo‘la olishlarini isbotladilar. Ular Yevropaning 
«Spartak» 
jamoasini 
5:0, 
Bakuning 
«Neftchi»sini 
3:2, 
Dnepropetrovskning «Stal» jamoasini 2:1, Gorkiyning «Torpedo» 
jamoasini 1:0 hisobi bilan yutib, o‘z maydonlarida chiroyli o‘yinlar 
o‘tkazdilar. Moskvada «Krilya Sovetov» jamoasi bilan 2:2, Leningradda 
«Avangard» bilan 1:1 hisobida yakunlangan durustgina o‘yin 


128 
ko‘rsatdilar. Ammo tajriba yetishmasligi sabab yuqori o‘rinlarni egallay 
olmadilar,natijada bor yo‘g‘i 8-o‘ringa erishdilar (4 ta g‘alaba, 3 ta 
durang, 4 ta mag‘lubiyat).
Sobiq Ittifoqning yetakchi sport jamiyati bo‘lgan «Spartak» KSJ 
Markaziy Kengashi birinchiligida muvaffaqiyatli chiqish qildi. 
Saratovdagi dastlabki o‘yinlarda ular o‘z klubdoshlarini 11:1 hisobida 
tom ma’noda tor-mor etdilar,so‘ng esa Qozonning «Spartak» jamoasi 
ustidan g‘alaba qozondilar. Bu g‘alabalar toshkentliklarga Ivanovoda 
o‘tkaziladigan final o‘yinlarida qatnashish huquqini berdi. Unda Xarkov, 
Krasnodar, 
Toshkent 
va 
Ivanovo 
sportchilari 
qatnashdilar. 
Toshkentliklar yaxshi o‘yin ko‘rsatib, uchinchi sovrinli o‘rinni 
egalladilar (ular Xarkovliklarni 3:1 ga yutib, Krasnodar bilan 1:1 
hisobida durang o‘ynadilar va mezbonlarga 0:4 hisobida o‘yinni boy 
berdilar). Shu yilning o‘zida Toshkentda o‘tkazilgan «Besh yo‘l» 
turnirida «Lokomotiv» jamoasi muvaffaqiyatli chiqishqildi. Bu turnirda 
Kuybishev, Orenburg, Turkiston Sibir, Ashxobod va Toshkent temir 
yo‘llari jamoalari ham ishtirok etdi. Barcha raqiblarni yengib, 
toshkentliklar 1-o‘rinni egalladilar.1939 sobiq Ittifoq Kubogi uchun 
ko‘rashda Toshkent dinamochilarining chiqishi katta muvaffaqiyatga 
sazovor bo‘ldi. 28 avgustda Moskvadagi «Dinamo» stadionida o‘zbek 
futbolchilari chorak finalda Bokuning «Temp» jamoasiga qarshi to‘p 
surdilar. O‘yin juda o‘tkir va shiddatli kurashda o`tdi. Toshkent 
dinamochilari 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Kubok yarim finaliga yo‘l 
oldilar. Bunda ular Rossiyaning eng kuchli jamoalaridan bo‘lgan 
«Stalines» (Zenit) bilan uchrashdilar va 3:0 hisobi bilan yutqazdilar. 
Finalda esa Moskvaning «Spartak» jamoasi Leningradliklardan 3:2 
hisobida ustun keldi.
1941 yilning futbol mavsumiga Toshkent dinamochilari jiddiy 
tayyorgarlik ko‘rgandilar. Chempionat o‘yinlari taqvimiga ko‘ra ular 
Olma-otalik klublarni qabul qilishlari kerak edi. Ammo butun dunyo 
uchun fojeaviy bo‘lgan 1941 yilning
22 iyunida Ulug‘ Vatan urushi boshlandi, shuningdek, O‘zbekiston sport 
hayoti ham vaqtincha to‘xtatildi.
1942 yilda O‘zbekiston Kubogi uchun kurashda Toshkentdan 
ikkita, Farg‘ona va Samarqanddan bittadan jamoa ishtirok etdi. 1943 yili 
Olma-otada 
urush davrining qiyin sharoitlarida 
O‘rta Osiyo 
mamlakatlari va Qozog‘iston Spartakiadasi o‘tkazildi. Respublikamiz 
futbolchilari texnik futbol o‘yinini namoyish etib, Turkmaniston 
jamoasini 9:0, Tojikistonni 3:0, Qirg‘izistonni 5:0 hisobi bilan 


129 
mag‘lubiyatga uchratdilar. Hatto o‘zlarining qozoqlar bilan bo‘lgan 
o‘yindagi mag‘lubiyatiga qaramay, 1-o‘rinni egallay oldilar. 
1950 yilning boshida O‘zbekistonda «Paxtakor» sport jamiyati 
tashkil etildi. Hozirgacha mustaqil O‘zbekiston chempionatida va rasmiy 
xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli o‘yinlar ko‘rsatib kelayotgan, 
respublikamizning eng kuchli jamoasi bo‘lgan «Paxtakor»ning tuzilishi 
ham shu jamiyat bilan bog‘liq. 
1960 yildan 1991 yilgacha (tanaffuslar bilan) «Paxtakor» sobiq 
Ittifoqning oliy ligasida ishtirok etib keldi. Bu islohotlar va tub 
o‘zgarishlar davri bo‘lgan edi.Kichik guruh (podgruppa)lardagi saralash 
o‘yinlaridan keyingina chempionatgayo‘l olinardi. Oliy ligaga chiqish 
uchun tayyorlanadigan jamoa Toshkentning ikki jamoasi asosida 
tuzilgan bo‘lib, bular «Paxtakor» va «Mehnat zahiralari» («Trudovie 
rezervi») klublari edi. «Paxtakor»ning barcha ko‘zga ko‘rinarli 
muvaffaqiyatlari uning kuchlilar guruhidagi chiqishlari bilan bog‘liq. 
Yigirma yil tanaffus bilan ikki bora 1962 va 1982 yillarda Paxtakor oliy 
ligada faxrli 6-chi o‘ringa sazovor bo‘lgan. 1968 yilda finalga chiqib, 
unda Moskvaning «Torpedo» jamoasiga 0:1 hisobida g‘alabani boy 
berishi «Paxtakor»ning Ittifoq Kubogi o‘yinlaridagi eng yirik 
muvaffaqiyati edi. 
1965 yil chempionati natijalariga ko‘ra Moskva jamoalari bilan 
o‘tkazilgan uchrashuvlardagi eng yaxshi ko‘rsatkichlari uchun 
paxtakorchilar «Moskva oqshomi» gazetasining maxsus sovrini bilan 
taqdirlandilar (Toshkentliklar «Dinamo»ni 2:0, «SSKA» ni 2:0, 
Spartakni 1:0 va «Lokomotiv»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandilar). Sobiq 
Ittifoq chempionatlarida qatnashish yillari mobaynida «Paxtakor» uch 
jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritdi: «G‘alabaga ishonch» (1971), «Groza 
avtoritetov» hamda «Adolatli o‘yin» uchun sovrin (1983). Ikki 
marotaba «Paxtakor» futbolchilari oliy liga chempionatining eng yaxshi 
hujumchilari deb tan olingan. 1968 yil B.Abduraimov Tbilisi 
«Dinamo»si o‘yinchisi bilan birga (22 tadan gol) va 1982 yilda 
A.Yakubik (23 ta gol).
Sobiq Ittifoqning ilk terma jamoasi uchun 5 ta paxtakorchi o‘ynar 
edi: V.Fedorov, Yu.Pshenichnikov, G.Krasniskiy, M.An, A.Pyatniskiy. 
Turli yillarda eng yaxshi 33 futbolchi qatorida Yu.Pshenichnikov (1966, 
1967), M.An (1974,1978), B.Abduraimov, V.Xadzipanagis (1974), 
A.Yakubik (1982)va A.Pyatniskiy (1991) nomlari bor edi. O‘sha 
yillarda O‘zbekiston futbol ishqibozlarida katta qiziqish uyg‘otgan 
o‘yinlar sirasiga 1964 yil Paxtakorchilarning «Pirasikaba» (Braziliya) 


130 
hamda 
(1:0), 
Urugvayning 
25 
karra 
chempioni «Natsional» 
(Montevideo) jamoalari bilan uchrashuvlar kiradi. Urugvayliklarning 
harchand urinishlari va qarshiliklariga qaramasdan «Paxtakor» 2:1 
hisobida g‘alaba qozondi. 17 nafar iste’dodli futbolchining hayotini olib 
ketgan 1979 yilgi mash’um aviahalokatdan so‘ng 1980 yilda Paxtakor 
yangi tarkibda sobiq Ittifoq chempionatining oliy ligasiga yo‘l oldi. U 
yerda Tbilisi dinamochilarini 3:0, Doneskning «Shaxtyor»ini 2:1 
hisobida mag‘lub etdi, Kievning «Dinamo»si bilan durang o‘ynadi va 
«Groza avtoritetov» sovrinini qo‘lga kiritdi. 
60-90 
yillarning 
Paxtakorchilari 
O‘zbekiston 
futbolining 
rivojlanishida yorqin iz qoldirganlar. Bu davr mobaynida «Paxtakor»ni 
sobiq Ittifoq chempionatidagi chiqishlarga tayyorlashda M.Yakushin, 
B.Arkadev, G.Kachalin, V.Solovev, B. Abduraimov, X.Raxmatullaev 
kabi murabbiylarning hissasi beqiyosdir. Respublika terma jamoalari va 
yuqori malakali jamoalar uchun zahira tayyorlashda G.Sorvin, 
X.Muxitdinov, A.Mosheev kabi ustoz murabbiylarning mehnati ulkan 
bo‘lgan. Xuddi shu yillarda bir qator malakali hakamlar yetishib 
chiqqanini aytib o‘tish joizki, ular qatorida V.Doljenkov, B.Baklunov, 
F.Sultonov va boshqalar bor. Murabbiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha 
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining o‘zbek futboliga 
qo‘shgan hissasi o‘ta muhimdir. institut 1955 yilda ochilgan bo‘lib, u 
paytda futbol mutaxassisligi sport o‘yinlari kafedrasi tarkibiga kirar edi, 
biroq 1966 yilda u mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi. O‘z faoliyati 
mobaynida bu kafedra futbol bo‘yicha murabbiy kadrlar tayyorlash 
o‘chog‘iga aylandi. Natijada ko‘pgina bitiruvchilar murabbiylik ishida 
ma’lum muvaffaqiyatlarga erishib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
murabbiy unvoniga sazovor bo‘ldilar. Bular B.Abduraimov, V.Tixonov 
va boshqalardir. Ayni paytda futbol kafedrasining ko‘pchilik 
bitiruvchilari O‘zbekistonning turli viloyatlari va chet ellarda ishlab 
kelmoqda. 
1992 yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ilk chempionati yili 
edi. Mamlakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Bu 
chempionatning oliyligasida 17 ta, birinchi ligasida 18 ta, ikkinchi 
ligasida esa 42 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zbekiston chempioni unvoni 
uchun kechgan shiddatli kurashda «Paxtakor»ga asosan Farg‘ona 
vodiysining «Neftchi», shuningdek, «So‘g‘diyona» (Jizzax) va 
«Nurafshon» (Buxoro) jamoalari kuchli qarshilik ko‘rsatdilar. 1994 yil 
7 iyunda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi «FIFA»ga, shu yilning dekabr 
oyida esa Osiyo Futbol konfederatsiyasiga a’zo bo‘ldi. 


131 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkmasining 1993 yil 18 
martdagi «O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonining mamlakatimizda futbolni 
rivojlantirishdagi ahamiyati juda kattadir.
1994 yilda ilk bor yosh mustaqil respublika elchilari Yaponiyada 
o‘tkazilayotgan XII Osiyo o‘yinlarida – Osiyo mintaqasidagi yirik sport 
forumida tanishtirildilar. Oltin medal sovrindorlari nomi uchun 
kurashda o‘zbek futbolchilari Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0), 
Gonkong (1:0) va Tailand (5:4) terma jamoalari ustidan g‘alaba 
qozondilar. Chorak finalda Turkmaniston terma jamoasini 3:0 hisobida, 
yarim finaldagi shiddatli va o‘ta murakkab o‘yinda Janubiy Koreyaning 
kuchli jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdilar. Va, nihoyat, finalda Xitoy 
terma jamoasini 4:2 hisobi bilan yengdilar. Bu jamoa murabbiylari 
dotsent R.Akramov va sport ustasi B.Abduraimovlar edi. Asosiy 
tarkibning 7 nafar o‘yinchisi O‘zDJTI talabalari bo‘lganini aytib o‘tish 
joizdir. Shu yilning o‘zida Osiyo chempionlari Kubogida ilk bor 
qatnashgan Farg‘onaning «Neftchi» klubi futbolchilari uchinchi sovrinli 
o‘rinni egalladilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 
yanvardagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish tamoyillari va 
tashkillashtirish asoslarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi farmoni O‘zbekistonda futbolning keyingi rivoji uchun 
katta ahamiyat kasb etdi. Bu farmonda kelgusi futbolni klublar asosida 
rivojlantirish va 1996-1997 yillarda viloyat markazlarida futbol bo‘yicha 
o‘smirlar maktab-internatlari ochilishi ko‘rsatilgan edi.
1992 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida Toshkentning 
«Paxtakor» va Farg‘onaning «Neftchi» klublari chempionat yetakchilari 
bo‘lib keldi. Paxtakorchilar besh marotaba O‘zbekiston chempioni 
bo‘lganlar (1992, 1998, 2002, 2003, 2004) va 6 marotaba mamlakat 
Kubogi sovrindorlari qatoridan joy olganlar (1993, 1997, 2001, 2002, 
2003, 2004). «Neftchi» ham besh karra respublika chempioni (1992-
1995, 2001) va 2 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi (1994, 1996) bo‘lgan.
O‘zbekiston chempioni unvoniga yana «Navbahor» (1996), MHSK 
(1997) va «Do‘stlik» klublari erishganlar. Shuningdek, 1997, 1995, 1998 
yillarda «Navbahor» va 2000 yilda «Do‘stlik» jamoasi O‘zbekiston 
Kubogini qo‘lga kiritganlar. 2002 yilgi Osiyo Chempionlari Kubogi 
uchun kurashda Qarshining «Nasaf» jamoasi ishtirok etadi. Saralash 
bosqichlarida 5 g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim finalga chiqdilar. Ammo 
bronza medali uchun kechgan bu o‘yinda qarshiliklar «Istiqlol» (Eron) 


132 
jamoasiga 2:5 hisobida g‘alabani boy berib, 4-o‘rinni egallaydilar. 2003 
yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan chempionlar ligasi chorak finalida 
paxtakorchilar katta ustunlik bilan Turkmanistonning «Nissa» jamoasini 
3:0, Eronning «Piruza»sini 1:0 va Iroqning «Al-Taliba» kabi jamoalarini 
3:0 hisobida yengdilar. Yarim finalda ikki match natijalariga binoan 
Tailandning «Bek-Tero Sosana» jamoasi ustun keldi. 
2002-2003 yillarda O‘zbekistonning yoshlar terma jamoasi 
futbolchilari katta yutuqlarga erishdilar. Qatarda Tailand terma 
jamoasini 4:0, Qatarni 5:4 hisobida yengib, so‘ng Janubiy Koreyaga 0:2 
hisobida g‘alabani boy berib,futbolchilarimiz chorak finalga yo‘l oldi va 
unda Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida mag‘lub etdilar. Yarim finalda 
o‘zbek futbolchilari Yaponiya terma jamoasi bilan uchrashdilar. 
Shiddatli va qizg‘in o‘tgan o‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisob bilan 
yakunlandi. 11 metrli zarbalar yo‘llashda yaponlar bir oz ustunroq 
chiqib, 4:2 hisobida g‘olib bo‘ldilar. To‘rtinchi o‘rinni egallagan 
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning eng kuchli 16 jamoasi 
qatorida maydonga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Jahon 
chempionati 2003 yilning dekabr oyida BAAda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston 
futbolchilari chiroyli va bahamjihat o‘yin ko‘rsatdilar, lekin 1/8 finalga 
chiqa olmadilar. Biroq, mutaxassislar va ishqibozlar O‘zbekiston terma 
jamoasi o‘yinini yuqori baholadilar. Uch o‘yin davomida ular o‘z 
tengdoshlari bilan kurash olib bordilar, lekin Mali jamoasiga (Afrika 
chempioni) 2:3, Argentina termasiga (ayni paytda jahon chempioni) 1:2, 
Ispaniya terma jamoasiga (Evropa chempioni) 0:1 hisobi bilan g‘alabani 
boy berdilar.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin