2-§. M ulk shakllari, ularning teng huquqliligi
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 53-moddasi qoidalaridan kelib chiqilsa,
0 ‘zbekistonda mulk turli shakllarda mavjud boMishi ayon bo'ladi. Konstitutsiyaning
shu normasida m am lakatda xususiy mulk va umummilliy boylik hisoblanuvchi
davlat mulki mavjudligini ko‘rish mumkin. Umummilliy boylik hisoblanuvchi
obyektlar Konstitutsiyada bevosita
davlat mulki deb atalmasa-da, boshqa
qonunlarda ularning davlat mulki maqomi ko‘rsatib qo'yilgan.
0 ‘zbekistonda mulkiy munosabatlarni Fuqarolik kodeksi tartibga soladi1.
M azk u r kodeksning 167-moddasi «Mulk shakllari» deb nomlanib, unda
0 ‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy va ommaviy mulk shaklida bo‘ladi,
deb belgilangan. 168-moddasida fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk
huquqining subyektlari sifatida e’tirof e’tilib,
mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs
yoki davlatning mulki bo‘lishi mumkinligi belgilanadi.
Kodeksning
16-bobi
«Xususiy
mulk»,
17-bobi
«Ommaviy
mulk»ka
bag ‘ishlangan. Kodeks normalariga asosan, xususiy mulk huquqi sh ax snin g
qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilish,
undan
foydalanish va uni tasarru f etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning
miqdori va qiymati cheklanmaydi. Bu yerda mulk qonun hujjatlariga muvofiq
qo‘lga kiritilgan, degan so‘zning m a’nosi keng. Chunki qonun hujjatlarida
mulkni qo‘lga kiritishning ko‘plab yo‘llari ko‘rsatilgan, masalan,
sotib olish,
xususiylashtirish, asrash, meros olish, hadya olish, yutib olish va boshqalar.
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari, har qanday mol-mulk
xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
M ulkka bo‘lgan huquqning vujudga kelish asoslari
Fuqarolik kodeksida
belgilangan.
M ulkning ikkinchi turi - ommaviy mulkdir. Respublika mulki va m a’muriy-
hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo‘lgan davlat mulki
ommaviy mulkdir, ya’ni ommaviy davlat mulkiga nisbatan qo‘llaniladigan atama.
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi
hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati
va boshqaruvi respublika
organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan madaniy va tarixiy
boyliklar, respublika budjetining mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta
fondi va boshqa
fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa
mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari,
intellektual faoliyat natijalari,
basharti, ular budjet yoki davlatning o‘zga
mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa, respublika mulki
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: