Qarzni undirish tartibi; qimmatbaho metallar va toshlarga mulk huquqining
vujudga kelishi hamda bekor bo‘lish xususiyatlari; natsionalizatsiya, rekvizitsiya,
musodara qilish va boshqa holatlar natijasida mulkni olib qo‘yish Fuqarolik
kodeksining «Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor bo‘lishi» deb
nomlangan 15-bobi qoidalari bilan tartibga solingan.
0 ‘zbekiston Respublikasi M a’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi kodeksining
23-moddasida ma’muriy jazo turlari qatorida ma’muriy huquqbuzarlikni sodir
etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini
to‘lash sharti bilan olib qo‘yish va ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli
hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish
ko‘rsatilgan. Kodeksning 26-27-moddalari shu masalalarni tartibga soladi.
M usodara sud organlari, bojxona va soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar,
jazolarni liberallashtirish natijasida 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksida belgilangan jinoiy jazolar qatoridan mol-mulkni musodara qilish jazosi
chiqarib tashlandi. Bu jazo sotsialistik tuzumga xos bo‘lib, qo‘shimcha jazo
sifatida belgilanar edi. Uning natijasida jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zigina
emas, oila a’zolari ham iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolar edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan mulkiy
masalalardagi har qanday jazoni ma’muriy tartibdan sud orqali qo‘llashga o‘tish
haqidagi taklif xususiy mulk huquqini yanada to‘laroq himoya qilishga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: