O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, 
hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi 
shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi 
mumkin emasligining belgilanishi fikrlar va go y alar xilma-xilligining muhim 
garovi hamda Konstitutsiyaviy tuzum ning demokratik xususiyatidir.
Jam oat birlashmalari, turidan qat’iy nazar, xalqning erkin faoliyati va 
ijtimoiy hayotdagi ishtirokini ta ’minlash vositasi hisoblanadi. Bu tashkilotlarning 
samarali faoliyatidan fuqarolar ham, davlat ham manfaatdor. Fuqarolar ularning 
faoliyati orqali jamiyat ishlarida, davlatni boshqarishda ishtirok etsa, o‘z 
qarashlarini bayon etib, manfaatlarni to‘la himoya qilsa, davlat o‘zining ayrim 
funksiyalarini ularga o‘tkazib, muhim masalalarni hal qilishga jalb etadi. 
Ya’ni jamiyatni boshqarishda jamoat birlashmalariga tayanadi. Davlat jamoat 
birlashmalari faoliyatiga yordam berib, ular bilan to‘g ‘ri va samarali munosabat 
o‘rnata olsa, taraqqiyot tezlashadi, farovon turm ush yaratiladi. Shu bilan birga, 
jamoat birlashmalari faoliyatiga, ularning ishiga bevosita aralashmagan holda 
davlat nazorati o‘rnatiladi (Konstitutsiyaning 58-moddasi).
Jamoat birlashmalari kishilarni siyosiy qarashlari (siyosiy partiyalar), faoliyat 
yo‘nalishi (kasaba uyushmalari), jinsiga (xotin-qizlar qo‘mitalari), yoshiga 
((yoshlar ittifoqi), qobiliyati, kasbiga (yozuvchilar, arxitektorlar ittifoqlari) qarab 
birlashtiradi.
Bu Konstitutsiyaning 56-moddasida quyidagicha mustahkamlab qo‘yilgan: 
«O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar,
165


faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va 
fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi».
Demak, jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatishining asosiy sharti ularni 
qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishdir, bu ularning Nizomini 
ro‘yxatga olish bilan amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston 
Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g ‘risida»gi Qonunga asosan, Respublikada 
amal qiluvchi jamoat birlashmalari Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi. 
Birlashma tuzish, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga murojaat qilish, 
taqdim qilinadigan zarur hujjatlar qonunda belgilangan.
Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda beshta siyosiy partiya va ko‘plab boshqa jamoat 
birlashmalari mavjud va ular qonuniy ravishda jamoat birlashmalari sifatida 
e’tirof etilgan.
Jam oat birlashmalarining faoliyati turli qonunlar, jumladan, «Jamoat 
birlashmalari to‘g ‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g ‘risida»gi, 
«Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g ‘risida»gi qonunlar 
bilan tartibga solinadi.
Barcha jamoat tashkilotlariga xos xususiyat - bu ularga a’zolik ixtiyoriyligidir. 
Eng yirik jamoat birlashmalari - kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar 
qanday manfaatni ko‘zlab tuzilishi, vazifasi, siyosiy hayotda qanday ishtirok etishi 
Konstitutsiyaning o‘zida alohida mustahkamlab qo‘yilgan (Konstitutsiyaning 59, 
60-moddalari).
Jamoat birlashmalari tizimida yoshlar tashkilotining bo‘lishi belgilanganligi 
mamlakatimizda yoshlarga alohida umid bilan qaralishining natijasidir.
Yaqingacha 0 ‘zbekiston yoshlari o‘z faolligini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy 
harakati orqali amalga oshirib kelgan edi.
2017-yil 30-iyundagi «Kamolot» yoshlar ittifoqining qurultoyi qarori 
bilan 0 ‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Natijada, Yoshlar ittifoqi 
m am lakatim izda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat 
organlari, nodavlat, notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlari bilan samarali hamkorlikni ta ’minlovchi, «Yoshlar kelajak bunyodkori» 
shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylandi.
Yoshlar ittifoqining asosiy maqsadi - yoshlarni sog‘lom turm ush tarzi 
talablariga binoan tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rnini egallash uchun qo‘llab- 
quvvatlash, yoshlar manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, intellektual 
salohiyatlarini to‘la namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish va o‘sib kelayotgan 
avlodga har tomonlama yordam berish hisoblanadi.
Tashkilot o‘z faoliyatini Konstitutsiya hamda qonunlar va o‘z Nizomi asosida 
olib boradi, o‘z maqsadiga erishish, oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish maqsadlari 
belgilangan dasturiga ega.
166


Tashkilot va uning joylardagi bo‘limlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, 
o‘zlarining nomi va tashkilot ramzi tushirilgan muhriga ega. Ya’ni to‘laqonli 
tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.
Demak, tashkilotning tuzilmasi respublika, viloyatlar (Toshkent shahri), 
tum anlar va shahardagi tuzilmalardan iborat.
M arkaziy Kengash o‘z ishchi organi - Ijroiya qo‘mitasini saylaydi. Ijroiya 
qo‘mita faoliyatiga Markaziy Kengash raisi rahbarlik qiladi.
Jamoat birlashmalari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlari alohida o‘ringa 
ega. Ular hozirgi fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida katta tayanch 
sifatida qaralmoqda.
H ozirgi davrda nodavlat va notijorat ta sh k ilo tla ri h am da fuqarolik 
ja m iy a tin in g boshqa in s titu tla ri faoliyati a m alg a o s h irila y o tg a n islohotlarga 
sezilarli t a ’sir qilmoqda. C hunki 10 m in g d an ziyod nodavlat-notijorat 
ta s h k ilo tla r k a tta kuch bo‘lib, ula rg a yangi v azifalar ham y u k la n m o q d a. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2020-yil 
2 4 -y anv ard ag i 
Oliy 
M ajlisg a M u ro ja a tn o m a s id a buni sh u n d ay ifodaladi: «... nodavlat-notijorat 
ta s h k ilo tla r va fuqarolik ja m iy a tin in g boshqa in s titu tla r i b u g u n g i kunda 
ah o lin in g o‘y la n tira d ig a n m u a m m o la rg a davlat idorasi e ’tiborini qaratib, 
o‘z la r in in g a s o s la n g a n takliflarini berib b o rishlari m a q sa d g a muvofiq 
boMadi»1. N o davlat-notijorat ta s h k ilo tla r n in g faoliyati «N odavlat-notijorat 
ta s h k i lo tl a r n in g
fao liy atin in g
kafolatlari 
to ‘g ‘risida»gi 
Q onun 
bilan 
t a r t ib g a solinadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin