tajribasidan m a’lumki, iste’molchi huquqlari sog ‘lom raqobat bor joyda yaxshiroq,
to‘laroq ta ’minlanadi. Raqobat esa, munosabatlarning asosidir.
6-§. M ulkka egalik qilish va m ulkdan mahrum qilish asoslari
Konstitutsiyaning 36-moddasiga binoan, har bir shaxs mulkdor bo‘lish
huquqiga ega. Ya’ni mulkka egalik qilish huquqi - konstitutsiyaviy huquq.
M ulkka egalik qilish huquqi orqali shaxsning turm ush sharoiti moddiy jihatdan
ta ’minlanadi. U hayot kechirishi uchun zaru r manbalarga ega bo‘ladi. M ulkka
egalik qilish asosi deganda, birinchi navbatda, u konstitutsiyaviy asosga ega
ekanligini ko‘rsatish mumkin.
Mol-mulkning
turlari
Fuqarolik
kodeksida
belgilangan.
Kodeksning
169-moddasida mulk huquqining obyektlari belgilangan bolib, unga asosan, yer,
yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan, binolar, kvartiralar,
inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va
boshqa mol-mulk, shuningdek, intellektual mulk obyektlari mulk bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaning 55-moddasida umummilliy boyliklar ro‘yxati berilgan
bo‘lib, unga ko‘ra, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik hisoblanadi. Demak, ular
xususiy mulk obyekti bo‘la olmaydi. Qolgan barcha mulklar xususiy mulk bo‘lishi
mumkin. Ommaviy mulk obyektlari Fuqarolik kodeksining 214-moddasida
yanada aniqroq, kengroq mustahkam lab qo‘yilgan. Kodeksning 207-moddasiga
asosan, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda
qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
etish huquqidir. Xususiy mulk obyektlari chegaralangan, lekin kodeksning shu
moddasida uning miqdori va qiymati cheklanmasligi belgilab
Dostları ilə paylaş: