M avzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Burch nima, nima uchun u asosiy yoki oddiy bo‘ladi?
2. Nima uchun Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishi shart?
3. Kishilarning huquqlari va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat
qilish deganda nimani tushunasiz?
4. Tarixiy, m a’naviy va madaniy meroslarni avaylab-asrash nima uchun
zarur?
5. Atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish nima uchun zarur?
6. Soliq va yig‘imlar to'lash burchining ahamiyati qanday?
7. Vatanni himoya qilish burchi nima?
8.
Harbiy xizmat o‘tash burchi kimlarga taalluqli?
9. Konstitutsiyada ko‘rsatilgan burchlarni bajarmaslik qanday oqibatlarga
olib keladi?
10. Burchlarning ixtiyoriy bajarilishi nimalarga ta ’sir qiladi?
153
TVrtinchi bo4im
JAMIYAT VA SHAXS
XIV bob. JAMIYATNING IQTISODIY NEGIZLARI
l-§. «Iqtisodiy negiz» tushunchasi
0 ‘zbekiston
Respublikasi
mustaqilligi
iqtisodiy
munosabatlarni
ham
yangicha tashkil qilish imkoniyatini yaratdi. Avvalgi tuzum da iqtisodiyot to‘la
davlat ta ’sirida bo‘lib, bozor munosabatlari prinsiplarini mutlaqo rad etar va
m arkazlashgan rejalashtirish asosiga qurilgan edi. Bu sobiq tu z u m n in g oxirgi
yillarida o‘zining barcha salbiy oqibatlarini yaqqol namoyon qila boshladi.
Iqtisodiyotning izdan chiqishi, inqirozga uchrashi natijasida tu rm u sh uchun en g
zaru r narsalarga taqchillik vujudga keldi.
0 ‘zbekiston o‘z oldiga fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo‘ygan.
Bu jamiyat kishilar tomonidan tashkil qilinadi va erkinlik, o‘zini o‘zi
boshqarish
prinsiplariga tayanadi. Faqat kishilarning faoliyati davlat tomonidan m a ’lum
kafolatlangan bo‘lishini taqozo etadi, bu kafolatlar esa, siyosiy sohada bo‘lgani
kabi, iqtisodiy sohalarda ham zarur bo‘ladi. Davlat inson huquq va erkinliklaridan
kelib chiquvchi m a’lum kafolatlarni mustahkamlab, ular amal qilishining m a’lum
tartiblarini belgilaydi.
Bunday jamiyatda davlat jamiyatning iqtisodiy tuzumini o‘rnatmaydi, faqat
u ning asosiy negizlarini himoya qiladi.
0 ‘zbekiston jahondagi mamlakatlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish,
tahlil qilish va baho berish natijasida bo‘lajak iqtisodiyot bozor munosabatlari
asosida bo‘lishini belgiladi va bu munosabatlarda ham o‘ziga
xos jihatlarni
qo‘lladi. M am lakatim izning iqtisodiy munosabatlari aniq ilmiy nazariya asosida
tashkil qilinishiga katta e’tibor berildi.
2017—2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 0 ‘zbekiston iqtisodiyotini
tashkil etish va rivojlantirishning quyidagi muhim yo‘nalishlari belgilandi:
- makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori o‘sish
su r’atlarini saqlab qolish;
- tarkibiy o‘zgarishlarni, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini
oshirish;
- qishloq xo‘jaligini modernizatsiya
qilish va jadal rivojlantirish;
- iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini
himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va
tarkibiy islohotlarni davom ettirish;
154
- viloyat, tum an va shaharlarni kompleks va mutanosib
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish;
0 ‘zbekiston Prezidenti iqtisodiyotni tashkil qilishning bu
muhim
y o ‘n a l i s h l a r i n i h ay o tg a tatbiq qilish, u lard an k u tilay o tg an n atijalarg a
2017-yil 12-dekabr, 2018-yil 28-dekabr va 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga
Murojaatnomalarida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining XII bobi «Jamiyatning iqtisodiy negizlari»
deb nomlangan va unda 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga tayanishi
hamda iqtisodiyotning aniq negizlari belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyamizning 53-moddasida: «Bozor munosabatlarini
rivojlantirishga
qaratilgan 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk
tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining
teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini
kafolatlaydi», - deb mustahkamlangan.
Shunga asoslanib aytadigan bo‘lsak, mamlakat
iqtisodiyotining negizini
xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat esa, ularning tengligi bir xilda
muhofaza etilishini ta ’minlaydi. Konstitutsiyada xususiy mulk hamda umumiy
boylik hisoblanuvchi davlat mulkining mavjudligi ko‘rsatilgan.
Bozor iqtisodiyoti m a’lum prinsiplarga tayanadi. Ular quyidagilar:
- mamlakat iqtisodoyoti bozor munosabatlariga asoslanishining Konstitutsiyada
mustahkamlanganligi;
- mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning bab-baravar muhofaza etilishi;
- iste’molchi huquqining ustuvorligi;
- erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik
va mehnat qilish erkinligi;
- xususiy mulkning daxlsizligi va davlat himoyasida bo‘lishi;
- mulkdan m ahrum etish faqat qonunga asosan amalga oshirilishi.
Davlat ana shu prinsiplarni am alga oshirishni t a ’minlaydi va jamiyat
iqtisodiy n egizlarining huquqiy asoslarini m u sta h k am lash vazifasini bajaradi1.
Shunday qilib, ja m iy atn in g iqtisodiy negizlari, bu - xilma-xil mulk shakllari
(ommaviy, um um xalq va xususiy mulk) turli qonunga muvofiq tashkil
qilinadigan iqtisodiy faoliyat, barcha mulklarni bab-baravar muhofaza qilish
m exanizm laridan iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy
boshqarish faoliyati
cheklanadi. Shu sababli, 0 ‘zbekiston Prezidenti
Dostları ilə paylaş: