2-§. K onstitutsiyada belgilangan burchlarni bajarish.
K onstitutsiya va qonunlarga rioya etish
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan har qanday
burch fuqarolar uchun
bajarilishi
sh art
bo‘lgan
majburiyatdir.
47-moddada:
«Barcha
fuqarolar
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar», deb belgilangan
qoida konstitutsiyaviy burchlarning bajarilishi shart ekanligini ko‘rsatib, barcha
konstitutsiyaviy burchlarning bajarilishini ta ’minlashga karatilgan umum iy va
rahbariy qoida hisoblanadi. 48-moddada esa, bu burch yanada aniqlashtirilgan
va doirasi kengaytirilgan. Unga asosan, «Fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga
rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-
qim matini hurm at qilishga majburdirlar».
Demak, birinchidan, har bir fuqaro nafaqat Konstitutsiyaga,
balki barcha
qonunlarga rioya etishga majbur. Bu qonuniylik prinsipining m azm un va
mohiyatiga mos kelib, ana shu prinsipning amalga oshishini ta ’minlashni nazarda
tutadi. Ikkinchidan, har bir fuqaro boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari,
sh a’ni va qadr-qimmatini hurm at qilishga majburdir. Shaxs va fuqarolarning
huquqiy holatiga taalluqli Konstitutsiya normalarida ham, fuqarolar o‘z huquq
va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning davlat va jamiyatning
manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart,
deyilgan
qoida mavjud (Konstitutsiyaning 20-moddasi). Ana shu qoida Konstitutsiyaning
asosiy burch to‘g ‘risidagi normalarida ham belgilanib, uning majburiyligiga
alohida konstitutsiyaviy maqom berilgan.
Fuqarolarning shaxsiy huquqlarini belgilovchi Konstitutsiya normalarida
(Konstitutsiyaning 27-moddasi) har kimga o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan
tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish
huquqi berilgan
bo‘lsa, Konstitutsiyaning 48-moddasiga asosan boshqa kishilarning huquqlari,
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga faqat davlat organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarigina majbur bo‘lmasdan, har bir fuqaro
ham majbur ekanligi ko‘rsatildi.
Konstitutsiyaning bu moddalaridagi burchlar jamiyat va davlatning
rivojlanishi asoslaridan hisoblanuvchi Konstitutsiya va qonunlarga to‘la va
og‘ishmay amal qilish zarurligini, shu asosda ijtimoiy
hayotni rivojlantirishni
ta’minlashni nazarda tutadi.
Konstitutsiya
va qonunlarga
rioya
qilmaslik xavfsizlikka,
fuqarolar
manfaatiga, davlat boshqaruviga, umum an, konstitutsiyaviy tuzum ga katta va
jiddiy zarar yetkazadi.
Shuning uchun Konstitutsiyaga va qonunlarga amal qilmaslik,
ularni har
qanday yo‘llar bilan buzish holatlariga nisbatan turli jinoiy va m a’muriy jazolar
belgilanadi. Qonunlarda Konstitutsiya va qonunlardagi burchlarni bajarmaganlik
uchun jazo choralarining belgilanishi konstitutsiyaviy burchlar ta’minlanishining
kafolati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: