O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M avzuni m ustahkam lash uchun savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M avzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. Huquq va erkinliklarning kafolatlari deganda nimani tushunasiz?
2. Huquq va erkinliklar kafolatlari tizimi nima?
3. Qanday kafolat turlari mavjud?
4. Huquq va erkinliklar davlat tomonidan qanday ta ’minlanadi?
5. Huquq va erkinliklarni himoya qiluvchi, ta ’minlovchi qanday tuzilmalar 
mavjud?
6. Huquq va erkinliklar sud tomonidan qanday himoya qilinadi?
7. Sudga shikoyat qilish huquqi nima va u qanday hollarda amalga oshiriladi?
8. M am lakat aholisining himoyaga muhtoj qismining huquqi qanday himoya 
qilinadi?
9. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi qanday ta ’minlanadi?
10. Fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari haqida Konstitutsiyada 
alohida bob mavjudligining ahamiyati nimada?
11. Huquq va erkinliklarni ta ’minlashda nodavlat tashkilotlarning ishtiroki 
qanday?
146


XIII bob. FUQAROLARNING ASOSIY BURCHLARI
l-§. «Asosiy burchlar» tushunchasi
Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari mavjudligi bilangina 
emas, balki ularning aniq belgilangan burchlari mavjudligi bilan ham belgilanadi.
Burch - ijtimoiy hayotda zarur kategoriyadir. Ayniqsa, fuqaro va davlat 
munosabatlarini to‘g ‘ri tashkil etishda, manfaatlar mushtarakligini ta’minlashda 
burch zaru r bo‘lib, u davlatda ham, fuqarolarda ham bo‘ladi. Mamlakatda 
burchlar jamiyat, fuqarolar, davlat manfaatidan kelib chiqib, o‘rnatiladi. Bu yerda 
fuqarolarning burchi, aniqrog‘i, asosiy burchi to‘g ‘risida fikr yuritamiz.
M am lakat qonunlarida fuqarolarning burchlari o‘rnatilib, ular fuqarolarning 
huquqlari buzilmasligi, davlat manfaatlariga ziyon yetmasligi nuqtai nazaridan 
belgilanadi.
Burch, asosan, qoidalardan kelib chiqadi, u doimiy yoki muddatli bo‘ladi; 
davlat tomonidan belgilanadi va bajarilishi talab etiladi. Burch ixtiyoriy bajarishga 
havola qilinadi, ixtiyoriy bajarilmaganda jinoiy, ma’muriy jazolar qo‘llaniladi.
Burchni bajarish barcha uchun majburiy, ayrim burchlar esa, alohida 
fuqarolarga taalluqlidir. Masalan, harbiy xizmatni o‘tash burchi hammaga ham 
taalluqli emas. Xuddi shuningdek, qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy 
y ig‘imlarni hech qanday daromadga ega bo‘lmaganlar to‘lamaydi.
Fuqarolarga yashash, mehnat qilish, bilim olish va boshqa faoliyatlari 
bo‘yicha ko‘plab burchlar belgilangan.
Konstitutsiyada esa jamiyat va davlat hayoti uchun umumiy va eng zarur, 
qilinishi majburiy yoki qilish mumkin bo‘lmagan xatti-harakatlar burch sifatida 
belgilangan. Shunjng uchun ular mazmuni, amal qilish doirasi, ahamiyati nuqtai 
nazaridan asosiy burchlar deb ataladi. Fuqarolarning «konstitutsiyaviy burchi» 
yoki «asosiy burchi» bir ma’noda ishlatiladi va tushuniladi. Asosiy burchlarning 
bajarilishidan jamiyat a’zolari, davlat birdek manfaatdordir. Yana burchlar 
ixtiyoriy to‘la bajarilganda jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta ’sir qiladi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining XI bobi «Fuqarolarning burchlari» deb 
nomlangan va olti moddani o‘z ichiga oladi. Bu burchlar siyosiy, iqtisodiy, 
shaxsiy masalalarga taalluqli, bajarilishi majburiy xatti-harakatlardir.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin