O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Huquq va erkinliklarni sud orqali himoya qilish. Sudga



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4-§. Huquq va erkinliklarni sud orqali himoya qilish. Sudga
shikoyat qilish huquqi
Huquqiy davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning 
eng asosiy va samarali vositasi huquq va erkinliklarning sud tomonidan 
ta ’minlanishidir.
Aslida, sud tomonidan huquq va erkinliklarning ta ’minlanishi ham huquq va 
erkinliklar davlat tomonidan ta’minlanishining bir ko‘rinishidir. Lekin sudning 
boshqa hokimiyatlardan mustaqilligi, faqat qonunga bo‘ysunishi o‘rnatilganligi 
himoyaning samarali bo‘lishini ta ’minlaydi. Bundan tashqari, sud fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini hatto davlatdan, uning organlaridan ham himoya 
qiladi. Shuning uchun fuqarolarning huquqlari sud tomonidan himoya qilinishi, 
sudga shikoyat qilish huquqi kafolatning alohida, ta’sirchan shakli sifatida 
Konstitutsiyada maxsus moddada mustahkamlangan.
44-moddada: «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali 
himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining
141


g ‘ayriqonuniy 
xatti-harakatlari 
ustidan 
sudga 
shikoyat 
qilish 
huquqi 
kafolatlanadi», - deb belgilangan. Bu moddaning mazmuni shuni ko‘rsatadiki, 
fuqarolar o‘zlarining har qanday huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun 
sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Bunday huquq fuqarolarning huquqlari davlat 
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari tomonidan g ‘ayriqonuniy 
xatti-harakat oqibatida buzilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Kafolatlar «Sudlar to‘g ‘risida»gi, 
«Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar 
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g ‘risida»gi qonunlarda ko‘zda tutilgan.
Sud hokimiyati organlarining asosiy vazifasi sobiq tuzum dagi singari 
jazolash bo‘lmasdan, qonunlarga asosan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda 
qonuniy manfaatlarini har qanday tajovuzlardan himoya qilish hisoblanadi.
Sudlarga shikoyat qilish tartibini belgilovchi qonun esa, har qanday hollarda 
sudga buzilgan huquqlarini tiklashni, tegishli organ, mansabdor shaxs, jam oat 
birlashmalarining noqonuniy hujjatlarini bekor qilishni so‘rab murojaat qilish 
mumkinligini belgilagan.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklari oshkora buzilganda (agar fuqaro shunday 
xulosaga kelgan taqdirda), huquq va erkinliklarining amalga oshishiga to‘sqinlik 
qiluvchi holatlar mavjud bo‘lsa, zimmasiga qonunlarda ko‘zda tutilm agan 
vazifalar yuklansa, sudga murojaat etishga haqlidir.
Qonunda shikoyatni qaysi sudga berish tartibi, sudga murojaat qilish 
muddatlari, murojaatni ko‘rib, hal qilish tartibi va muddatlari belgilab qo‘yilgan.
Sud shikoyatni ko‘rib chiqib, u asosli bo‘lsa, shikoyatni qondirish, qisman 
qondirish haqida, shikoyat asossiz bo‘lsa, uning asossizligini isbotlab, qaror 
qabul qiladi.
Shikoyat qondirilganda sud shikoyatga sabab bo'lgan xatti-harakatni, 
qarorni to‘xtatish, bekor qilish haqida qaror chiqaradi. Sudning chiqargan 
qarorini bajarish barcha organlar va mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari 
uchun majburiydir. Sud o‘z qarorida shikoyatni qondirish bilan birga, fuqarolarga 
yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash choralarini ko‘radi.
Fuqaro bergan shikoyati yuzasidan sudning chiqargan qaroridan norozi 
bo‘lsa, yuqori sudga belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga 
ega. Bu shikoyat endi shikoyatni ko‘rgan sud xatti-harakati va qarori ustidan 
ham norozilikdan iborat bo‘ladi.
Fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi to‘la ta’minlangandagina huquq 
va erkinliklarning kafolati to‘la bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sud-huquq 
sohasida olib borilayotgan islohotlar bu masalani yanada takomillashtirish 
choralarini belgilamoqda va shunga erishilmoqda.
Sud tizimidagi ko‘pgina muammolarni hal qilishning va uni chinakam 
fuqarolik huquqini himoya qilish vositasiga aylantirishning eng muhim omili, 
sudlarning haqiqiy 
mustaqilligini 
ta ’minlashdir. 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin