O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Mavzuni mustahkam lash uchun savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

Mavzuni mustahkam lash uchun savollar
1. Iqtisodiy va ijtimoiy huquq nima uchun zarur?
2. Mulkdor bo‘lish huquqi nima va u 0 ‘zbekistonda nima sababdan o‘rnatildi?
3. Fuqarolarning bankdagi omonatlari qanday saqlanadi?
4. M ehnat qilish huquqi va uning erkinligi qanday ta’minlanadi?
5. Dam olish huquqi qanday ta’minlanadi, dam olish turlari qanday?
6. Ijtimoiy ta ’minot olish huquqidan kimlar foydalanadi?
7. Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi deganda nima tushuniladi?
8. Bilim olish huquqi qanday ta’minlanadi?
9. Siz o‘zingiz shu huquqdan qanday foydalanmoqdasiz?
10. Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi nima uchun kerak?
11. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlardan yanada kengroq foydalanishga nima 
ta ’sir qiladi?
137


XII bob. HUQUQ VA ERKINLIKLARNING KAFOLATLARI
l-§ . Huquq va erkinliklar kafolatlari tizim i
Huquq va erkinliklar masalasida eng muhimi, Konstitutsiyada belgilangan 
huquq va erkinliklarni kafolatlash, ya’ni amalga oshishini ta ’minlashdir. Buning 
uchun mukam m al tizim yaratilishi kerak. Huquq va erkinliklarning kafolatlari 
Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarni ta ’minlashni nazarda tutuvchi 
huquq normalari va m axsus mexanizmdan iborat bo‘ladi. Huquqiy normalar 
mavjud bo‘lsa-da, ularning amalga oshishini ta ’minlovchi mexanizm bo‘lmasa, 
huquq va erkinliklar qog‘ozda qolib ketaveradi.
Huquq va erkinliklarni ta ’minlash masalasi jamiyatni rivojlantirishdagi 
ustuvor vazifa deb qaralishi, inson huquqlari va erkinliklarini so‘zda yoki 
qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish zarurligi haqidagi Prezidentimiz 
fikrlari1 huquq va erkinliklarni ta’minlash muhim masala ekanligini ko‘rsatadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson huquqlarini xalqaro 
normalarga mos ravishda belgilar ekan, uni kafolatlashga alohida e’tibor bergan 
va uni doimo takomillashtirib bormoqda.
Konstitutsiyaning o‘zida «Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari» 
uchun alohida (X bob) bob ajratilganligining o‘zi kafolatga e’tiborning kuchli 
ekanligini ko‘rsatadi. Barcha mamlakatlar Konstitutsiyasida ham kafolatlar 
uchun m axsus bob ajratilmagan. Konstitutsiyamizning ko‘plab moddalarida 
huquq va erkinliklar shunchaki belgilab qo‘yilmay, ularning kafolatlanishi m axsus 
ko‘rsatilgan. M asalan, Konstitutsiyaning 42-moddasida qayd qilinishicha, davlat 
jam iyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g ‘amxo‘rlik qiladi. Ayrim 
moddalarda tegishli huquq va erkinliklarni amalga oshirish tartibi qonun bilan 
belgilanishi ko‘rsatilgan. Masalan, 35-moddada arizalar, takliflar va s h ik o y a tla r
q o n u n d a b e lg ila n g a n ta r tib d a va m u d d a tla rd a ko‘rib chiqilishi s h a r t , - deb 
belgilangan.
Inson huquq va erkinliklari kafolatlari quyidagilardan iborat.
Huquq va erkinliklarning huquqiy kafolati. Bu - huquq va erkinliklarning 
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga 
oshirishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi.
Huquq va erkinliklarning siyosiy kafolati. Bu - huquq va erkinliklarning 
davlat tomonidan ta ’minlanishi. Huquq va erkinliklarni ta ’minlashga qaratilgan 
tegishli maxsus vakolatli davlat tuzilmalarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi.
Huquq va erkinliklarning iqtisodiy kafolati. Bu - huquq va erkinliklarni 
iqtisodiy tomondan ta ’minlash, ularning amalga oshishi uchun zarur moddiy- 
moliyaviy manbalarni vujudga keltirish.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin