O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«...biz uchun eng katta boylik bo‘lgan aholi salom atligini saqlashga



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«...biz uchun eng katta boylik bo‘lgan aholi salom atligini saqlashga
oid konstitutsiyaviy normalar ijrosini ta’m inlash davlat siyosatin in g
eng ustuvor yo4nalishiga aylanishi lozim »1.
1 M irziyoyev S h. X aiq im izn in g roziligi b izn in g faoliyatim izga berilgan e n g oliy bahodir. Т.:
♦ 0 ‘zbekiston*, 2 0 1 8 . 2-tom , 3 4 -3 5 -b e tla r .
134


7-§ . B ilim o lis h h u q u q i
Bilim insonni yuksak darajaga ko'taribgina qolmasdan, u yashayotgan 
mamlakatni ham yuksaltiradi. Jahon tajribasi ham faqat bilim orqaligina ko‘plab 
muammolarni hal qilish mumkinligini ko‘rsatadi. Bilimli kishilarning qobiliyati 
va yutuqlari bilan ko‘p mamlakatlar rivojlanmoqda. Shuning uchun har bir 
uzoqni ko‘zlovchi mamlakat o‘z fuqarolarining bilimli bo‘lishidan manfaatdor va 
shu yo‘lda harakat qiladi. Fuqarolarning bilimli bo‘lishiga esa, bilim olish qanday 
yo‘lga qo‘yilganligi, unga qanday sharoit-imkoniyatlar yaratilganligi ta’sir qiladi. 
Bunda ta’lim tizimining qandayligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
0 ‘zbekistonda har bir shaxsning bilim olish huquqini ta’minlash maqsadida 
mukammal ta ’lim tizimi shakllantirildi va takomillashtirilmoqda.
Konstitutsiyaning 41-moddasiga asosan: «Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
M aktab ishlari davlat nazoratidadir».
Har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, mamlakatda yashovchi barcha 
aholi fuqaroligi, millati, irqi, dini, jinsi va boshqalardan qat’iy nazar shu huquqdan 
foydalanishini bildiradi.
Konstitutsiyada belgilangan bilim olish huquqi 0 ‘zbekiston Respublikasining 
2020-yil 23-sentabrda yangi qabul qilingan «Ta’lim to‘g ‘risida»gi Qonuni orqali 
ta ’minlanadi. Qonunda ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, ta ’lim 
turlari aniq belgilab qo‘yildi.
0 ‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta ’limni rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratmoqda. Uning «Yangi 0 ‘zbekiston maktabdan boshlanadi», «Bilimsiz 
avlodni kelajagi yo‘q» degan so‘zlari uzoqni ko‘zlaganidan dalolatdir.
Ta’limning har bir bosqichi uchun davlat ta ’lim standartlari belgilangan. Shu 
asosda ta’lim muassasalari uchun yo‘nalishlariga mos ravishda o‘quv rejalari 
tuzilib, shular asosida bilim berish yo‘lga qo‘yilgan.
Mamlakatimizda keyingi vaqtlarda ta’limning barcha bosqichlarida yangi 
pedagogik texnologiyalar asosida bilim berishni tashkil qilishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda.
Konstitutsiyada 
bepul 
ta ’lim 
olish 
davlat 
tomonidan 
ta ’minlanishi 
belgilangan. Mamlakatimizda boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim bepul bo‘lib, 
barcha xarajatlar davlat hisobidan ta ’minlanadi.
Oliy m a ’lumot olishda (bakalavr va m ag istratu ra ) bepul t a ’lim bilan to‘lov- 
k o n trak t asosida t a ’lim olish qo‘shib olib boriladi. Ya’ni oliy o‘quv y u rtlarig a 
qabul qilinadigan talabalar belgilangan kvotalar bo‘yicha davlat hisobidan 
t a ’minlash asosida bepul t a ’lim oladilar. Bularni kirish sinovlarida yuqori 
natijaga erish g an lar tashkil etadi. Davlat budjeti doirasida aniqlangan miqdor 
uchun yetarli ball to ‘play olm agan talabgorlar orasidan yuqori ko‘rsatkichlarga 
erish g an lari o‘z ixtiyori bilan to‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv y u rtig a qabul 
qilinishi mum kin. To‘lov miqdori davlat tom onidan belgilanadi. To lovni
135


talab alar s h a x s a n yoki ota-onalari ja m g ‘arm asidan to ‘lashi m u m k in. Davlat 
tash k ilo tlari budjetdan tashqari m ablag‘lar hisobidan, nodavlat tash k ilotlari 
esa, o‘z ja m g ‘arm a sid an xodim larining o‘qishi uchun b elg ilan g a n to ‘lov 
s u m m a sin i to ‘lashi m um kin.
Fuqarolarning bilim olish huquqini ro‘yobga chiqarish uchun davlat 
xohlovchilarga kredit berishni yo‘lga qo‘ygan.
Shunday qilib, bilim olish huquqi bepul yoki to‘lov-kontrakt asosida ta ’lim 
olish bilan amalga oshadi.
M ak tab ishlari davlat nazoratida, degan konstitutsiyaviy qoida t a ’lim 
m uassasalarining mulkchilik shaklidan qat’iy nazar (ular davlat m uassasasi 
bo‘ladimi, xususiymi, chet davlatlarga qaraydimi), davlat tomonidan nazorat 
qilinishini bildiradi. Davlat ta’lim muassasalari to‘laligicha davlat tomonidan 
boshqarilib, nazorat qilinsa, nodavlat ta ’lim muassasalari o‘quv dasturlari va 
rejalarining talab darajasida bo‘lishi, bilim berish saviyasining yuqori bo‘lishi 
nazorat qilinadi. Attestatsiya (sinovlardan o‘tgan) natijalariga ko‘ra, nodavlat 
t a ’lim m uassasalari Akkreditatsiya qilinadi va litsenziya beriladi. Litsenziyaga 
ega o‘quv muassasalari davlat tomonidan tasdiqlangan va yuridik kuchga ega 
bitiruv haqidagi hujjatlar berish huquqiga ega.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin