O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Ijtim oiy ta’m inot olish huquqi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§. Ijtim oiy ta’m inot olish huquqi
Fuqarolarning mehnat qilish qobiliyati yo‘qolganda yoki pasayganda davlat 
ularni qo‘llab-quvvatlashi, xalqaro hujjatlar talabidan, davlatning insoniylik 
g ‘oyasiga sodiqlik prinsipidan kelib chiqadi.
Kishi o‘zining kuch-quvvatini, aqlini, qolaversa, ularning m a’lum qismini 
davlat idora, korxona, muassasalarida mehnat qilishga sarflash bilan nafaqat 
o‘zining moddiy ehtiyojini qondiradi, shu bilan birga, davlatga uning korxona, 
tashkilot, m uassasalarining rivojlanishiga, moddiy jihatdan m ustahkam lanishiga 
ham hissa qo‘shadi. S huning uchun kishilar qariganda yoki boshqa sabablar 
bilan vaqtincha yoki butunlay mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanadi. Konstitutsiyada fuqarolarning ijtimoiy ta ’minot olish huquqi 
belgilanishi fuqarolarni ijtimoiy tomondan qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asosi 
hisoblanadi. Konstitutsiyaning 39-moddasida bu quyidagicha belgilangan: «Har 
kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan 
m ahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta ’minot 
olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining miqdori rasm an belgilab 
qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas».
Bu konstitutsiyaviy normaga asosan ijtimoiy ta’minot olish huquqiga 
qariganda, ya’ni m a’lum yoshga yetganda; mehnat layoqatini yo'qotganda; 
boquvchisidan m ahrum bo‘lganda hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda ega bo‘linadi. Bu masalalar huquqiy jihatdan M ehnat kodeksi, 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta ’minoti to‘g ‘risida» Qonun va boshqa huquqiy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Fuqarolar qariganda qarilik pensiyasini olish huquqiga ega, qarilik 
pensiyasini olish huquqi erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh qilib 
belgilangan ham da qonunlar ayrim toifa xodim lariga bundanda qisq artirilg an
yoshlarda qarilik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lishni belgilaydi. M asalan , 
5 va undan ko‘p bola p arvarishlagan ayollar 50 yoshdan, ayrim faoliyat 
turlarida m ehnat qiluvchi erkaklar 55 yoshdan, ayollar 50 yoshdan sh u n d ay 
huquqqa ega bo‘ladi.
132


Fuqarolar m ehnat layoqatini yo‘qotganda t a ’minot olish huquqiga ham 
turli sharoitlarda ega bo‘ladi. Bunday t a ’minot turlari vaqtinchalik mehnat 
qobiliyatini yo'qotganda yoki butunlay m ehnat qobiliyatini yo‘qotganda 
vujudga keladi.
Konstitutsiya yosh bolalarning to‘la-to‘kis voyaga yetishini nazarda tutgan 
holda boquvchisini yo‘qotish hollarida tegishli shaxslarning ijtimoiy ta’minot 
bilan qo‘llab-quvvatlanishini nazarda tutadi.
Shuningdek, Konstitutsiyada, qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda 
ham fuqarolar ijtimoiy t a ’minot olish huquqiga egaligi belgilangan. Bu 
farzand tu g 'ish va uni m a’lum yoshigacha parvarish qilish muddatidagi 
nafaqa; tabiiy ofat yoki boshqa falokatlar tufayli jiddiy iqtisodiy va boshqa 
z a ra r ko‘rgan larg a beriladigan nafaqalar; kam t a ’m inlanganlarga beriladigan 
nafaqalar va hokazolardir.
M amlakatimiz iqtisodiy qudratining ortib borishi, fuqarolarning ijtimoiy 
ta ’minot huquqi kengayib borishiga, ijtimoiy ta’minlash imkoniyati kuchayib 
borishiga o‘z ta ’sirini ko‘rsatadi. Buni pensiya va boshqa ta’minot miqdorlarining 
bosqichma-bosqich oshib borayotganligidan ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, 
pensiya ta ’minotini yanada takomillashtirish uchun qo'shimcha choralar 
ko‘riImoqda. Pensiya ja m g ‘armalari tuzilgan.
Umuman, ijtimoiy ta ’minot ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning bir turi bo‘lib, 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash esa, Prezident ilgari surgan mamlakat rivojlanishini 
ta ’minlovchi besh prinsipdan bittasi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin