O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Ilm iy va texnikaviy ijod erkinligi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

8-§. Ilm iy va texnikaviy ijod erkinligi
Konstitutsiyaning 42-moddasi ikki banddan iborat bo‘lib, birinchi bandda: 
«Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan 
foydalanish huquqi kafolatlanadi», - deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ikkinchi bandda: 
«Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g ‘amxo‘rlik 
qiladi», - deb m ustahkam langan.
Shu moddaning ikkinchi bandida belgilanganidek, jamiyatning madaniy, 
ilmiy va texnik rivojlanishiga g ‘amxo‘rlik qilishni davlat o‘z zimmasiga olar 
ekan, bu vazifa fuqarolarga ilm-texnika, madaniy sohada erkinlik berm asdan 
ta ’minlanishi mumkin emas.
Jam iyatning rivojlanishi uning har bir a’zosi o‘z imkoniyatlaridan qanchalik 
to‘la va keng foydalanishiga bog‘liq. Ijod natijasidagina fan-texnika yutuqlariga 
ega bo‘lish mumkin. Turli sohalarda tegishli qobiliyatga ega shaxslarga o‘z 
qobiliyatini to‘la namoyon qilish imkoniyati yaratib berilgandagina, ijobiy 
natijaga erishish mumkin.
Bu imkoniyat esa, shu sohadagi huquqlarning kafolatlanishidir.
Ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi orqali mamlakatimizda ahamiyatli kashfiyotlar, 
ixtirolar, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, mamlakatni jahonga 
ko‘rsatish imkoniyati vujudga keladi.
Fuqarolar madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi orqali madaniyat, 
san’at namunalaridan foydalanib, m a’naviy ozuqa olish bilan o‘z ehtiyojlarini 
qondirmoqda. Shu bilan birga, madaniyat, san ’at sohasidagi yutuqlar jahonga 
namoyon qilinmoqda.
1 36


Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g ‘amxo‘rlik 
qilar ekan, bu sohada ijodkorlar, mualliflar, ixtirochi, kashfiyotchilaming 
huquqlarini samarali himoyalash tizimini yaratgan.
Mualliflar, ixtirochilar, kashfiyotchilar huquqi davlat tomonidan himoya 
qilinishi orqali ularning natijasidan, avvalo, muallif, kashfiyotchi, ixtirochilar 
manfaatdor bo‘lsa, ularning mehnati natijalari jamiyatning rivojlanishiga 
to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri ijobiy ta ’sir qilganligi sababli bundan davlat ham manfaatdordir.
Ijodkorlar, mualliflar, ixtirochilar, kashfiyotchilar huquqlari himoya qilinishi 
bilan birga, ular davlat tomonidan turli rag ‘batlantirishlarga ham ega bo‘ladi. Bu 
ham ijod erkinligi kafolatidir.
0 ‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar Konstitutsiyada alohida 
tu r huquqlar sifatida ko‘rsatilgan va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklari tizimining ajralmas qismidir. Bu huquq va erkinliklardan foydalanish 
orqali fuqarolar o'zlarining turm ush sharoiti farovonligini ta’minlaydi. Davlatning 
iqtisodiy qudrati qanchalik kuchli bo‘lsa, iqtisodiy huquqlardan foydalanish 
imkoniyati ham shuncha kengayib boradi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin