Agar davlatda yetarli iqtisodiy, moddiy, moliyaviy manbalar, imkoniyatlar
bo‘lmasa, huquqlarni amalga oshirish uchun sharoit bolmaydi. Davlat iqtisodiy
tomondan qanchalik kuchli bo‘lsa, huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyati
ham shuncha kuchayib boradi.
Bilim olish, ta ’minot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish
imkoniyatlarining
kengayishi davlatning iqtisodiga bevosita bog‘liq.
Bulardan tashqari, huquq va erkinliklarning kafolatlanishida jamoatchilik
nazorati ham alohida o‘rin tutib, bunda nodavlat tashkilotlar ham ishtirok etadi.
Demak, huquq va erkinliklarning kafolatlari deganda, ularni ta ’minlash,
amalga oshishi uchun yetarli asoslar va zarur mexanizm mavjudligi tushuniladi.
Huquq va erkinliklarning kafolatlari tizimi huquqiy, siyosiy, iqtisodiy
asoslardan va ularning amalga oshishini ta’minlay
oladigan mexanizmdan iborat
bo'ladi.
2-§. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda
m illiy huquq tizim ining o‘rni
Inson huquqlari masalasi davlatning nafaqat ichki masalasi balki xalqaro
ahamiyatga ham egadir. Inson huquqlarini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar,
ular tomonidan qabul qilingan hujjatlar alohida rol o‘ynaydi.
Lekin, har bir shaxs, inson, asosan, biror-bir mamlakat hududida yashaydi
va ko‘pincha ma’lum mamlakatning fuqarosi hisoblanadi. Shuning uchun alohida
shaxslar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta ’minlashda
davlat markaziy
o‘rinda turadi.
Davlat buning uchun, eng avvalo, insonlarning huquqini ta’minlovchi huquq
tizimini yaratadi. Ya’ni inson huquqlarini ta ’minlovchi huquq tizimi milliy huquq
tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
M amlakatimizda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy huquq tizimida
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi alohida o‘rin tutadi.
Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy
huquq va erkinliklari
mustahkamlanadi, ularni ta ’minlash yo‘llari belgilanadi. Konstitutsiya insonlarga
tegishli barcha huquqlarni qayd qila olmaydi, faqat inson uchun eng zarur
hayotiy huquq va erkinliklarni mustahkamlab qo‘yadi. Konstitutsiyamiz ishlab
chiqilayotgan vaqtda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro ahamiyatga ega asosiy
hujjatlar: «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi», «Iqtisodiy,
ijtimoiy va
madaniy huquqlar to‘g ‘risida»gi xalqaro pakt, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g ‘risida»gi xalqaro pakt va unga qo‘shimcha (fakultativ) Protokollarning
qoidalaridan keng foydalanildi. Bundan tashqari, inson huquqlariga taalluqli
xalqaro hujjatlar: «Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning
barcha shakllariga
barham berish to‘g ‘risida»gi Konvensiya, «Bola huquqlari to‘g ‘risida»gi Konvensiya
va boshqa hujjatlarga qo‘shilish bilan mamlakatimiz o‘z zimmasiga shu hujjatlar
ko‘rsatmalarini bajarish va hujjat qoidalarini milliy qonunchiligimizga singdirish
majburiyatini oldi.
139
Agar xalqaro hujjatlardagi qoidalar m am lakatlarning bajarishi uchun
ko‘rsatm a bo‘lsa, har bir mamlakat, jumladan, 0 ‘zbekiston
milliy qonunchiligida
ana shu ko‘rsatm alarni am alga oshirish choralari ham belgilanadi va shu bilan
inson huquqlarini ta ’minlash real voqelikka aylanadi.
Inson
huquqlari, ularning asosiylari Konstitutsiyamizda ko‘rsatilgan bo‘lib,
ularni ta ’minlash yo‘llari haqida Konstitutsiyada ko‘rsatm alar bo‘lsa, shu
huquqlarni yanada kengroq ta ’minlash imkoniyati Konstitutsiya asosida qabul
qilingan boshqa qonunlarda belgilangan.
M am lakatim izning inson huquqlarini ta’minlovchi qonunlari qatoriga Saylov
va M ehnat kodekslari, «Fuqarolik to‘g ‘risida»gi, «Ta’lim to‘g ‘risida»gi, «Ijtimoiy
ta’minot to‘g ‘risida»gi va ko‘plab boshqa qonunlarni ko‘rsatish mumkin.
Ular Konstitutsiyada qayd qilingan inson va
fuqarolarning huquqlarini
ta’minlash mexanizmlarini ham yaratgan.
Bulardan tashqari, ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar, idoraviy hujjatlar
inson huquqlarini ta ’minlashda muhim rol o‘ynaydi va milliy huquq tizimini
boyitadi.
M amlakatimizda qabul qilinayotgan har qanday normativ-huquqiy hujjat
inson huquqlari, manfaatlari ustuvorligi prinsipini ta ’minlashni nazarda tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev inson huquq va
erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati sifatida, Konstitutsiya va qonun
ustuvorligi, qonuniylik prinsipini ta ’minlashni ko'rsatadi1.
Dostları ilə paylaş: