O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M avzuni m ustahkam lash uchun savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M avzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. Jamiyat hayotida OAVning roli nimalardan iborat?
2. OAVning erkinligi qanday ta ’minlanadi?
3. OAV nimaga asosan faoliyat ko‘rsatadi?
4. OAVning m as’uliyati qanday?
5. Jurnalistlarning m as’uliyati nimalardan iborat?
6. OAV faoliyatida senzuraga munosabat qanday?
192


Beshinchi bo‘lim
O ZBEKISTONNING MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
XVIII bob. DAVLATNING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
l-§. Davlat tuzilishi shaklining umumiy tasnifi
Davlat tuzilishi - bu davlat hokimiyatini mamlakat hududi bo‘yicha tashkil 
qilish, hududlardagi davlat organlari, markaziy davlat organlari munosabatini 
belgilashning alohida shaklidir.
Bunday munosabatlar (markaz va hudud munosabati) kichik davlatlarda 
oson hal qilinsa, yirik, ko‘p millatli davlatlarda qiyin hal qilinadi. Davlat tuzilishi 
shakli masalalari «Davlat va huquq nazariyasi» fanida chuqur va har tomonlama 
o‘rganiladi.
Davlat va huquq nazariyasiga binoan, davlat tuzilishining uch ko‘rinishi 
mavjud bo‘lib, ular unitar davlat, federativ davlat va konfederativ davlatdir.
Federativ davlat - bu davlat tuzilishlarning ittifoqi, federatsiya m a’lum 
mustaqillikka ega subyektlarning ittifoqi hisoblanadi. Federatsiya subyektlari 
ba’zi mamlakatlarda mustaqil bo‘lib, ayrim vakolatlarini federatsiyaga ixtiyoriy 
o‘tkazadi va barcha subyektlar bir xil huquqiy maqomga ega bo‘ladi. Bunday 
davlatlarda federatsiya hududi, subyektlar hududidan iborat bo‘ladi, federatsiya 
subyektlarining konstitutsiyalari, fuqaroligi, alohida qonunchilik, ijro, sud 
hokimiyati organi bo‘ladi. Bunday davlat tuzilishidagi mamlakatga AQSh, 
Hindiston, Braziliya, Rossiyani kiritish mumkin.
Unitar davlat - davlat tuzilishining oddiy ko‘rinishi, uning tarkibida boshqa 
davlat tuzilmalari yo‘q, hududiy birliklari mustaqillikka ega emas. Yagona 
konstitutsiya, yagona fuqarolik, Oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyati ham 
markazlashgan shaklda tuzilgan va faoliyat olib boradi. Bu mamlakatlar qatoriga 
Fransiya, Italiya, Yaponiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Q irg‘iziston, Turkmanistonni 
kiritish mumkin.
0 ‘zbekiston ham unitar mamlakatlar qatoriga kiradi. Lekin uning tuzilishida 
ayrim federativ davlatlarga xos xususiyatlar ham mavjud.
Masalan, 0 ‘zbekiston tarkibida davlat tuzilishiga xos bo‘lgan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi mavjud. Uning o‘z Konstitutsiyasi, qonunlari, hududi, fuqaroligi, 
oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyati organlari mavjud.
Qoraqalpog‘iston va 0 ‘zbekiston munosabati federativ munosabatlar asosida 
qurilmagan. Federatsiya bir necha teng huquqli subyektlar ittifoqi bo‘lsa, bu 
yerda teng huquqli federatsiya subyektlari yo‘q. 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasi, 
qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida bajarilishi majburiy va 
Qoraqalpog‘iston qonunlari 0 ‘zbekiston qonunlari ustunligini to‘la tan oladi.
193


Lekin Qoraqalpog‘istonda davlat tuzilishiga xos bo‘lgan uning mavqeini, 
0 ‘zbekistonning boshqa tuzilmalaridan farqini ko‘rsatuvchi holatlar mavjud 
bo‘lib, bu haqda keyingi boblarda to‘xtalamiz.
Davlat tuzilishining nazariy jihatdan uchinchi shakli konfederatsiya 
hisoblanadi. Bu tushuncha, asosan, bir necha suveren davlatlarning ittifoqiga 
nisbatan ishlatiladi. Bu ko‘pincha, davlat huquqiy munosabatiga nisbatan 
xalqaro-huquqiy munosabat xarakterida bo‘ladi. Ayrim paytlarda konfederatsiya 
federatsiyaga o‘tishda foydalaniladigan shakl sifatida ham namoyon bo‘lishi 
mumkin. Masalan, AQSh Konfederatsiyasi AQSh federatsiyasiga aylangan. 
Hozirgi kunda Shveysariya konfederatsiya hisoblansada, aslida esa, u ham 
allaqachon federatsiyaga aylangan.
Federatsiya davlat tuzilishidan Sobiq Ittifoq foydalangan. Unda davlatning 
bu shakli milliy masalalarni hal qilish usuli deb qaralgan.
Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan ittifoqchi respublikalar rasman suveren 
respublika hisoblansa-da, ular mustaqil hech narsani hal qila olmagan, xalqaro 
munosabatlarda ishtirok eta olmagan. SSSR haddan tashqari markazlashgan 
ittifoq davlati bo‘lgan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin