O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. 0 ‘zbekistonning ma’m uriy-hududiy tuzilish i



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

2-§. 0 ‘zbekistonning ma’m uriy-hududiy tuzilish i
H ar qanday mamlakat, jumladan, 0 ‘zbekiston ham m a’lum geografik 
joyda belgilangan chegaralar doirasida joylashgan. Bu m am lakatning hududi 
hisoblanadi. Aniq chegaralangan hududga ega bo‘lish davlatni davlat sifatida 
ko‘rsatuvchi asosiy shartlardandir. M a ’lum hududsiz davlat bo‘lishi mum kin 
emas. Davlat aniq bir hududda faoliyat ko‘rsatadi va davlat faoliyati shu hududda 
amal qiladi.
Hudud - davlatga tegishli maydon. Hudud yer, suv, osmon chegaralaridan 
iborat bo‘ladi.
H ar bir m am lakatning hududi katta-kichikligiga, aholisining soniga qarab, 
tegishli bo‘lakchalarga bo‘lib idora etiladi. Bu bo‘lakchalar bir necha pog‘onadan 
iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z hududiga (chegarasiga) ega. M am lakat 
hududi bo‘lakchalarga bo'linishi, davlat boshqaruvini mukammal tashkil etish 
bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun u juda muhim davlat-huquqiy institut bo‘lib, 
konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida to‘rtinchi bo‘limi 
va uning ikki bobi (XVI, XVII boblar) m a’muriy-hududiy va davlat tuzilishi 
masalalariga b ag ‘ishlangan. Uning alohida-alohida moddalarida m a’muriy- 
hududiy tuzilish masalalari huquqiy tartibga solingan.
Har bir mamlakat m a’muriy-hududiy tuzilishini belgilashda butun hududni 
boshqarishga oson bo‘lishi, markaz ta ’sirining joylarda samarali bo‘lishi, 
xalqning davlat organlariga yaqin bo‘lishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning 
unumli, arzon, samarali bo‘lishi, sanoatni xom ashyo bilan ta ’minlash darajasi,
194


aholining urf-odatlari, qadriyatlari, tarixiy tajribasini hisobga oladi va o‘ziga 
m a’qul m a’muriy-hududiy birliklarni o‘rnatadi.
M a ’muriy-hududiy tuzilish konstitutsiyaviy asosda hal qilinadigan ijtimoiy 
munosobatlar qatoriga kiradi.
Shuning uchun, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasida: 
« 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
viloyatlar, 
tumanlar, 
shaharlar, 
shaharchalar, 
qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat», - deb 
belgilangan. Bu, birinchidan, 0 ‘zbekiston hududi nimalardan iborat bolishini, 
ikkinchidan, 0 ‘zbekiston hududining, qanday m a’muriy birliklardan tashkil 
topganini ko‘rsatadi.
Bu hududiy birliklarning huquqiy maqomi, hududiy holati, aholisining soni, 
moddiy ne’matlar ishlab chiqishi yoki aholi m ashg‘ulotiga qarab bir-biridan farq 
qiladi.
0 ‘zbekiston ma’muriy-hududiy birliklarini huquqiy maqomi, darajasiga qarab 
uchga bo‘lish mumkin.
Birinchisi, yuqori pog‘ona - unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahri; ikkinchisiga, tuman va shaharlar; uchinchisiga, shaharlar, 
shaharchalar, qishloqlar va ovullar kiradi.
Tuman va shahar bir maqomdagi ma’muriy-hududiy birlik bo‘lsa-da, 
ular ijtimoiy hayot, kishilarning asosiy m ashg‘ulotlari, ishlab chiqarishdagi 
ishtirokiga qarab bir-biridan farq qiladi. Tumanlar, asosan, qishloq xo‘jaligi 
bilan, shaharlar sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, 
tum anga bo‘ysunuvchi shahar va shahar tarkibidagi tum anlar ham mavjud, 
ularning faoliyat doirasidan maqomi belgilanadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin