XIX bob. QORAQALPOG ISTON RESPUBLIKASI
l-§. Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy maqomi
0 ‘zbekistonning haqiqiy suverenitetiga ega bo‘lishi, mustaqillikka erishishi
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari munosabatida ham o‘z
aksini
topdi. Ular o'rtasidagi munosabatning asoslari qabul qilingan hujjatlarda belgilab olindi.
Bu masalaga 1990-yil iyun oyida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining
suvereniteti to‘g ‘risidagi Deklaratsiya», 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan
«Qoraqalpog‘iston
davlat
suvereniteti
to‘g ‘risidagi
Deklaratsiya»larda
alohida e’tibor berildi va 0 ‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘istonning amaldagi
konstitutsiyalarida Qoraqalpog‘istonning huquqiy maqomi, har ikkala respublika
o'rtasidagi munosabat asoslari mustahkamlab qo‘yildi.
Konstitutsiyaning 70-moddasida: «Suveren Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
0 ‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining
suvereniteti 0 ‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi», - deb
mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning bu moddasi:
- Qoraqalpog‘istonni suveren respublika ekanligini belgilaydi va e’tirof etadi;
- u 0 ‘zbekiston tarkibiga kirganini ko‘rsatadi;
- Qoraqalpog‘istonningsuvereniteti 0 ‘zbekiston tomonidan muhofaza qilinishini
belgilaydi. Shu holat bilan 0 ‘zbekiston o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni oladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, suverenitetga egaligini
tasdiqlovchi normalar ham 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog'iston konstitutsiyalarida
m ustahkam langan. Bular:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z Konstitutsiyasiga egaligi. Chunki,
Konstitutsiya har qanday davlatning suverenligini ko‘rsatuvchi
asosiy shart
(Konstitutsiyaning 71-moddasi);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasini o‘z ixtiyori bilan
xalq xohish-irodasiga mos ravishda, hech kimning aralashuvisiz Oliy hokimiyat
organida qabul qilgan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z
hududiga va chegarasiga ega;
- Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
hududi
va
chegaralari
uning
roziligisiz o‘zgartirilishi mum kin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z
m a’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi (Konstitutsiyaning
73-moddasi);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining Oliy hokimiyat organlariga ega
va ularni tashkil qilish o‘z Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘istonning suverenligini belgilovchi eng muhim qoida Qora-
qalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga
egaligidir (Konstitutsiyaning 74-moddasi).
200
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ajralib chiqish huquqi mavjudligi xalq o‘z
taqdirini o‘zi hal qilish imkoniyatiga egaligini ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Kons-
titutsiyasining 1-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbekiston tarki
bidagi suveren demokratik Respublika ekanligi ko‘rsatilib, 0 ‘zbekiston va
Qoraqalpog‘istonning o‘zaro
munosabatlari asoslari, Qoraqalpog‘istonning
0 ‘zbekiston tarkibidan ajralib chiqish huquqini saqlab qolganligi mustahkamlab
qo‘yilgan. Qoraqalpoq tili o‘zbek tili bilan birga davlat tili sifatida belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini ko‘radigan bo‘lsak, u
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga mos kelishi bilan birga, ayrim masalalarni mustaqil
hal qilgan, bu esa respublikaning mustaqil huquqlari mavjudligini bildiradi.
Jumladan:
- Respublikaning qonun chiqaruvchi organi Jo‘qorg‘i Kenges deb,
qoraqalpoq
tilida talqin qilinishi;
- Konstitutsiyasining 3-moddasida
davlat
hokimiyati
va
boshqaruv
organlarining
tizimini
mustaqil
belgilash
ko‘rsatilgan,
shu
asosda,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yuqori lavozim - Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi deb belgilangan va u Jo‘qorg‘i Kenges
tomonidan, uning deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Jo‘qorg‘i
Kenges vakolati muddatiga saylanishi belgilangan;
Jo‘qorg‘i Kenges raisi respublika rahbari hisoblanib, vakillik va ijro hokimiyati
organlarining kelishilgan holda ish yuritishini hamda hamkorligini ta ’minlaydi;
- Qoraqalpog‘istonning
oliy
ijro
organi
sifatida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Vazirlar Kengashi belgilangan va Vazirlar Kengashi Jo‘qorg‘i
Kenges tomonidan tuzilishi tartibi o‘rnatilgan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud hokimiyati
tizimida Konstitutsiyaviy
sud bo‘lishi nazarda tutilmagan va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi
Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tashkil qilingan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining Prokurori va uning o‘rinbosarlari
0 ‘zbekiston Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i
Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va vazifasidan ozod qilinishi tartibi
o‘rnatilgan.
Bulardan tashqari, Oliy Majlis Senati Raisining bitta o‘rinbosari, albatta,
Qoraqalpog‘iston vakili bo‘lishi
kerakligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
M ahkam asi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi
lavozimi bo‘yicha kirishi Qoraqalpog‘iston huquqiy maqomini ko‘rsatuvchi
holatdir. Bular orqali Qoraqalpog‘iston 0 ‘zbekiston hayotida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: