Bu yerda e’tiborli tomoni shundaki, birgalikdagi o‘zaro munosabatlar
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston o‘rtasida tuziladigan shartnom alar yoki
bitimlar asosida tartibga solinsa; ikkinchidan, har qanday bitim va shartnom a
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida Konstitutsiyaga mos ravishda
tuzilishi belgilangan.
Ikkala
respublikaning o‘zaro
munosabatining to‘g ‘ri
tashkil
qilinishi
Konstitutsiya doirasida bo‘lishi, umummanfaat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi
manfaati mujassamlanishi jamiyatimizning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Hozirgi
davrda
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
aholisi
so g ‘lig‘iga
respublikadagi sharoit - Orol dengizining qurib borayotganligi katta xavf
solmoqda. Ana shu xavfning oldini olish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida
qishloq xo‘jaligi, sanoatni rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish ishlarida
0 ‘zbekistonning ko‘magi, albatta zarur. Har ikki respublikaning siyosiy-huquqiy
munosabatlari ularning iqtisodiy munosabatlarini ham to‘g ‘ri tashkil qilishga
bog‘liq. Hozirgi kunda munosabatlarning to‘g ‘ri tashkil qilinishi natijasida
ko‘plab muammolar hal qilinmoqda.
0 ‘zbekiston
va
Qoraqalpog‘iston
Respublikalari
mustaqil
respublika
bo‘lganligi uchun ularda um um manfaatlar bilan o‘z manfaatlari bo‘lishi tabiiydir.
Shu tufayli ular o‘rtasida nizolar kelib chiqqudek bo‘lsa, nizolarni hal qilish
yo‘llari ham ko‘zda tutilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasida: « 0 ‘zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga
keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi», - deb belgilangan. Nizolar tinch
yo‘l bilan va murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal qilinishi zarur.
Nizolar turli masalalarda bo‘lishi, qonunlarning bir-biriga muvofiq kelmasligi
xususida boMishi mumkin. Bunday hollarda nizoni hal qilishda 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ishtirok etadi. Konstitutsiyaning 109-moddasi
2-bandiga
binoan,
Konstitutsiyaviy
sud
«Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Konstitutsiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi qonunlari 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi
to‘g ‘risida xulosa beradi». Uning xulosasi esa, nizoni hal qilishga olib keladi.
0 ‘zbekistonning m a’muriy-hududiy tuzilishi o‘quvchilarga mamlakatimiz
hududi, chegarasi, u qanday bo‘laklardan iboratligini, ularning nomi hamda
ularning har biri qanday tashkil qilinishi, tugatilishi haqida umumiy bilimlarni
beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib, u
suveren respublika maqomida 0 ‘zbekiston tarkibiga kiradi va uning suveren
huquqlari 0 ‘zbekiston tomonidan himoya qilinadi.
Qoraqalpog‘istonning 0 ‘zbekiston hududida tegishli maqomga egaligi,
uning 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlari Konstitutsiyaviy asosga
egaligi, ularda har ikki tom onning manfaati hisobga olinishi mavzuning asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: