«Demokratiya sharoitlarida esa, davlat ijtimoiy qaram a-qarshiliklarni zo4rlik va bostirish yo*li bilan emas, balki ijtim oiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi»1, - degan so‘zlar saylovlarni nazarda
tutgan.
M amlakatimizning bosh maqsadi - demokratik huquqiy davlat qurish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘lib, uning asosiy shartlaridan biri xalq
hokimiyatchiligini ta ’minlash masalasidir. Jumladan,
«Demokratiya hamma joyda bir xil. U ning umumiy tam oyillari hamma uchun tushunarli: bu — dem okratiyaning ajralmas qismi bo‘lgan xalq hokimiyati, xalqning xohish-irodasi va ochiq, erkin saylovlardir. Bu oxir-oqibatda har qanday dem okratiyaning eng yuqori pog‘onasi bo‘lgan fuqarolik jam iyatidir»2. Aslida, o‘zining tashkil etilishi, tuzilishi jihatidan va faoliyatida xalqning
irodasiga tayangan, barcha um um e’tirof etilgan inson va fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ta ’minlashga intilgan davlat deganda, tom m a’nodagi
demokratik davlat tushuniladi. Bunda, demokratik davlat fuqarolarning erkinligi
va hurfikrliligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining muhim ajralmas qismidir.
M azk u r davlatning legitimliligi asosini xalq suvereniteti tashkil etadi. 0 ‘z
navbatida, xalq suverenitetining amalda namoyon bo‘lishining asosini saylovlar
orqali tashkil etilgan davlat hokimiyati ifoda etadi.
Har qanday davlatni demokratik davlat deb e’lon qilishning o‘zi kifoya
emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli huquqiy institutlar,
huquqiy kafolatlar bilan ta ’minlashdan iborat. Bunda — konstitutsiyaviy-huquqiy
institutlarning tizimida saylov huquqi instituti muhim rol o‘ynaydi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga
erishishda saylovlar bir vaqtning o‘zida ikkita yirik vazifani yechishga xizmat
qiladi: