4-§. Prezidentning vakolatlari
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida Prezidentning
vazifa va vakolatlari, Prezident hal qiladigan, bajaradigan, amalga oshiradigan
ishlar belgilangan. Unga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, 0 ‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy
yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni
amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish ko‘radi;
4) muzokaralar olib boradi hamda 0 ‘zbekiston Respublikasining shartnoma
va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga,
bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
5) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6) 0 ‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
vakillarini
tayinlash
uchun
nomzodlarni 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining Senatiga taqdim etadi;
7) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi
siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish
huquqiga ega;
8) respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini
ta ’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa
organlarini 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining taqdimiga binoan
tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
10) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi,
tasdiqlashi uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi,
hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik
votumi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul
qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimdan ozod qiladi;
249
11) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisning Qonunchilik palatasi maqullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga
binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va
lavozimdan ozod qiladi;
12) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
13) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy
sudi,
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
sudi
tarkiblariga, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
raisi, 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy banki boshqaruvining raisi lavozimlariga
nomzodlarni taqdim etadi;
14) 0 ‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini 0 ‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq
tasdiqlaydi;
15) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar
hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda
lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va
qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tum an va shahar
hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;
16) respublika davlat boshqaruv organlarining va hokimlarning qabul
qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda
to‘xtatadi, bekor qiladi; 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi majlislarida
raislik qilishga haqli;
17) 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi;
qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga
qo‘yish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) 0 ‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-
birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnom a majburiyatlarini bajarish
zaruriyati t u g ‘ilganda urush holati e ’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun
ichida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini
ta ’minlashni ko‘zlab, 0 ‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning
ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun
ichida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi.
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni
hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan
ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
250
21) 0 ‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan
mukofotlaydi, 0 ‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini
beradi;
22) 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga
oid masalalarni hal etadi;
23) amnistiya to‘g ‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va 0 ‘zbekiston
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24) Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi,
keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 14-martdagi Farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik
xizmatiga aylantirildi);
25) ushbu Konstitutsiya va 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor
shaxslarga topshirishga haqli emas.
Prezidentning vakolatlari Konstitutsiyaning faqat shu moddasida ko‘rsatilgan
vakolatlar bilan cheklanmaydi. Prezident vakolatlari Konstitutsiyaning boshqa
moddalarida yoki boshqa qonunlarda ham belgilangan.
Jumladan, Konstitutsiyaning 10-moddasida Prezidentning xalq nomidan ish
olib borish vakolati; 83-moddasida qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi; 95,
98-moddalarda Oliy Majlisni tarqatib yuborish vakolati ko‘zda tutilgan.
Bundan
tashqari,
«Davlat
boshqaruvini
yangilash
va
yanada
dem okratlashtirish
hamda
mamlakatni
modernizatsiya
qilishda
siyosiy
p artiy ala rn in g rolini oshirish haqida»gi Konstitutsiyaviy qonunga binoan
viloyat (Toshkent shahar) xalq deputatlari Kengashlarini tarqatib yuborish
huquqi;
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g ‘risida»gi
Konstitutsiyaviy qonunga binoan Senat raisligiga nomzod taqdim etish
huquqi; « 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g ‘risida»gi
Qonunga binoan Markaziy saylov komissiyasi raisi nomzodini taqdim qilish va
hokazolar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zini davlat boshlig‘i sifatida
bajaradigan vazifalariga va shu vazifalarni bajarish imkoniyatini beradigan
vakolatlarga ega. Konstitutsiya va qonunlarda ko‘rsatilgan Prezident vakolatlarini
maqsad va mazmuniga qarab turlarga bo‘lish asosida o‘rganilsa, ularni anglash
osonlashadi.
1.
0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining fuqarolarning huquq va
erkinliklariga, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga
rioya etilishini ta ’minlash borasidagi vakolatlari. Bu vakolatlar, eng avvalo, inson
manfaatlarini himoya qilish, ularning erkini, farovon yashashini ta’minlashni
nazarda tutadi.
Konstitutsiyaning 93-modda
1-bandida:
« 0 ‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti fuqarolarining huquqlari va erkinliklariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir», - deb belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |