maqomini, ijtimoiy hayotdagi o‘rnini tubdan o‘zgartirishga qaratildi. Ularga
yuklatilgan ko‘plab vazifalar bekor qilindi. Rais, uning o‘rinbosarlari va boshqa
xodimlarni vazifa va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish,
ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo‘lmagan
vazifalarni yuklash
taqiqlanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzilmasida (rais bilan bog‘liq):
- fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari - ijtimoiy va m a’naviy-ma’rifiy masalasi
bo‘yicha
maslahatchi;
- fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari 3 tadbirkorlik, tomorqa yer egalari;
- faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi;
- fuqarolar yig‘ini o‘rinbosari - yoshlar masalalari bo‘yisa maslahatchi;
- fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari - keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha
maslahatchi lavozimlari bekor qilindi.
Shuningdek, fuqarolar yig‘ini tizimidagi: yarashtirish komissiyasi; m a’rifat
va m a’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya; ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
komissiya; voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha
komissiya; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik
komissiyalari va «mahalla posboni» jamoatchiligi
tuzilmasi tugatilib, oilaviy
qadriyatlarni m ustahkam lash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2 ta
komissiyalarni tuzish nazarda tutildi.
Farmonga asosan fuqarolar yig‘ini tizimiga bir necha yangi lavozimlar
kiritildi, jumladan: fuqarolar yig‘ini raisining, huquq-targ‘ibot masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari; oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari;
obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
lavozimlari. Shuningdek, oila, xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassis; fuqarolar y ig ‘ini
raisining yoshlar masalalari bo‘yicha
maslahatchisi; raisning keksalar va faxriylar
ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari joriy qilindi.
Yuqorida tilga olingan Prezident farmonida fuqarolar yig‘ini raisining
o‘rinbosarlari vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
Farmon fuqarolar yig‘ini raisiga qo‘shimcha huquqlarni ham ko‘zda tutdi.
Fuqarolar y ig‘ini raisi:
- tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish, hamda
uni r a g ‘batlantirish yoki uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish haqida
tegishli idoralarga (ichki ishlar organlariga) ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan
taqdimnoma
kiritish;
- uy-joy mulkdorlarining um um iy yig‘ilishiga boshqaruvchi tashkilot yoki
shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnom ani bekor qilish to‘g ‘risida taklif
kiritish;
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda uy-joy
mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot,
340
boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish
huquqiga ega bo‘ldi.
Yuqoridagilardan
kelib chiqib, xulosa qilinsa, Prezident farmoni -
m amlakatim izda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti rolini;
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash mexanizmini;
Davlat va
jamoatchilik sherikchiligini, kuchaytirishni nazarda tutadi.
Shuningdek farmon fuqarolar tizimidagi, rais lavozimining obro‘sini
oshirish, uning yordamchi apparatini optimallashtirish orqali mamlakatimizda
alohida e ’tiborga Ioyiq, jinoyatchilikni oldini olish, tugatish; ma’rifiy tadbirlarni
kuchaytirish; aholini yordamga muhtoj qatlamini
himoyalashni kuchaytirishni
nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: