O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Fuqarolarning o4zini o‘zi boshqarish



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Fuqarolarning o4zini o‘zi boshqarish 
instituti — m ahalla
faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takom illashtirish, u n in g
vazifalari ko‘lam ini kengaytirish, davlat hokim iyati va boshqaruv
organlari bilan o‘zaro yaqin m unosabatlarini ta’m inlash alohida
dolzarb aham iyat kasb etadi»1.
Hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri - davlat organlari faoliyati 
ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ham fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlariga katta umid qilinmoqda.
2-§. 0 ‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifalari
hamda vakolatlari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari eng qadimiy institutlardandir. 
Ular sobiq Ittifoq davrida ham mavjud bo‘lgan va shu davrda o‘zbek milliy 
an’analari, qadriyatlarining yo‘qolib ketmasligida fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining roli katta bo‘ldi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin esa, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqaruviga juda katta umidlar qilindi va ularning yuqori roli hisobga olinib, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga konstitutsiyaviy maqom berildi.
Konstitutsiyaning 
105-moddasida: 
«Shaharcha, 
qishloq va 
ovullarda, 
shuningdek, ularning tarkibidagi mahallalarda hamda shahardagi mahallalarda 
fuqarolarning y ig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni 
(oqsoqolni) saylaydi», - deb belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiya 
normasining 
mazmuniga 
e’tibor 
bersak, 
birinchidan, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari - bu fuqarolar y ig‘inidir. 
Ikkinchidan, fuqarolar yig‘ini doimiy ishlovchi organ hisoblanadi.
Shaharcha va qishloqlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil 
qilinishi munosabati bilan Konstitutsiya qabul qilingunga qadar qishloq va 
shaharchalarda faoliyat ko‘rsatgan davlat hokimiyati organlari - qishloq va 
shahar xalq deputatlari Kengashlari va ularning ijroiya qo‘mitalari faoliyat 
ko‘rsatmaydigan bo‘ldi. Natijada, qishloq va shaharchalarda avvallari davlat 
hokimiyati organlari bajarib kelgan ishlarni bajarishni fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari o‘z zimmasiga oldi. Bu o‘zini o‘zi boshqarishga bo‘lgan 
katta hurm at va ishonch bo‘lib, hokimiyatni amalga oshirishda fuqarolarning 
bevosita ishtirokini yanada kengaytiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati, vazifasi 2013-yil
22-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g ‘risida»gi Q onun2 bilan tartibga solinadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin