O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M a v z u n i m u s ta h k a m la s h u c h u n s a v o lla r



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M a v z u n i m u s ta h k a m la s h u c h u n s a v o lla r
329


XXV bob. FUQAROLARNING 0 ‘ZINI O ZI
BOSHQARISH ORGANLARI
l-§. 0 ‘zini o4zi boshqarish va u n in g demokratik jam iyatdagi o‘rni
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy davlatchilik an’ana- 
Iariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish-irodasini to‘la aks ettira 
oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni o‘z oldiga maqsad 
qilib qo‘ydi.
Bunda xorijiy m am lakatlarning bu boradagi tajribalari chuqur o‘rganildi va 
milliy an’analarimiz e’tiborga olindi. Natijada 0 ‘zbekistonning o‘ziga xos o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi.
Konstitutsiyaning 105-moddasiga asosan, shaharda, qishloq va ovullarda, 
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shahardagi mahallalarda 
fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib ular raisni 
(oqsoqolni) saylaydi.
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida 
turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir.
So‘nggi yillarda jamiyatimizning muhim bo‘g ‘ini hisoblangan mahalla 
institutining o‘rni va ahamiyatini oshirishga davlat tomonidan doimiy e’tibor 
qaratib kelinmoqda.
Ayniqsa, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
s o g ‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va 
xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari 
to‘g ‘risida»gi P F -5938-son Farmoniga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi M ahalla 
va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil qilindi.
Farmonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida davlat 
organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, 
shuningdek, davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
faoliyatini amalga oshirishi uchun zaru r sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan 
berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi, degan q a t’iy 
qoida belgilanganligi, ularni mustaqilligi ta ’minlanishini anglatadi.
0 ‘zbekiston o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari tizimidan 
alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo yangicha 
jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, Turkmaniston, 
Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut «mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish» deb 
atalsa, 0 ‘zbekiston uni «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi» deb atadi. Bu 
shunchaki nomni o‘zgartirish emas, masalaning mohiyatini bildiruvchi holatdir. 
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga nisbatan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
so‘zi o‘zini o‘zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida to‘laroq
3 3 0


ko‘rsatadi. Sababi, mahalliy boshqaruv faqat o'zini o‘zi boshqaruv orqali emas, 
davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya’ni mahalliy boshqaruvda davlat 
ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy vazifasi 
mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir.
Shuning uchun 0 ‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqaruvning «mahalliy o‘zini 
o‘zi boshqaruv» emas, «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi» deb nomlanishi 
m asalaning asl mohiyatiga mos keladi va o‘zini o‘zi boshqaruvning davlat 
boshqaruvidan xoli ekanligini ko‘rsatadi.
0 ‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi, jahon davlatchiligi 
va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut hisoblanadi. 0 ‘zini 
o‘zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan bo‘lib, bu huquq 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali amalga oshiriladi.
0 ‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning 
tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib 
chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida 
faoliyat ko‘rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tuzilmasidir.
« 0 ‘zini o‘zi boshqarish» tushunchasi bilan «o‘zini o‘zi boshqarish organlari» 
tushunchasi bir-biridan farq qiladi. 0 ‘zini o‘zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat 
faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi 
tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi.
0 ‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida 
ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini o‘zi boshqaruv fuqarolarning 
jamiyat va davlat ishlaridagi ishtirokini ta ’minlovchi muhim vositalardan biridir.
Bu Konstitutsiyaning 32-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Unga asosan, 
fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘zini o‘zi boshqarish orqali 
ishtirok etadi.
Bizning Konstitutsiyamiz o‘zini o‘zi boshqarish masalasiga faqat fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini belgilash bilan yondashgan.
Aslida, o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng faoliyat bo‘lib, bir nechta 
harakatni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim 
mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi.
Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkiloti, 
korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o‘zini o‘zi boshqarish orqali 
faoliyat olib boradi. 0 ‘quv yurtlaridagi ota-onalar qo‘mitalari, 0 ‘zbekiston Yoshlar 
ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari ham o‘zini o‘zi boshqarish ko‘rinishidadir.
Shunday qilib, o‘zini o‘zi boshqaruv aholi tomonidan turli xil Kengash, 
qo‘mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.
0 ‘zini o‘zi boshqaruv demokratiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, xalq hokimyatini 
ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgani sari o‘zini o‘zi 
boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim 
instituti hisoblanadi.
331


0 ‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga 
asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzilmalar ishida ishtirok 
etishda ko‘rinadi.
Biror-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni 
cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g ‘risida»gi1 Qonunda 
(8-modda) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat 
hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi ko‘rsatilgan va ularning amaliy faoliyati 
ham shuni ko‘rsatadi.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘zini o‘zi boshqaruv davlat organlaridan 
mustaqil deb ko‘rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida, 
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga 
kirmaydi, deb belgilangan), ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. M asalan, 
Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv 
m a’muriyati boshlig‘i - o‘lka, viloyat m a’muriyati boshlig‘i, davlat organi 
tomonidan tayinlanishi belgilangan.
0 ‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini aniq bir 
xil pog‘onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning 
0 ‘zbekistonning 
siyosiy 
tizimida 
o‘z 
munosib 
o‘rnini 
topishiga, 
bozor 
munosabatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati 
qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo‘ladi. Albatta, shahar 
va mahallalarda tuzilgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor.
0 ‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi 
ishtirokini ta ’minlovchi, ularning m a’naviy tarbiyasiga, ijtimoiy himoyasiga ta ’sir 
qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shuvchi muhim 
tuzilmadir.
Keyingi paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati 
yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlariga katta umid bog‘lanmoqda. Fuqarolik jamiyatida 
fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi. 
Bu jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, har bir kishi 
o‘zini to‘laqonli shaxs, jamiyatning to‘la a’zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli kattadir.
0 ‘zini o‘zi 
boshqarish organlarini tashkil 
qilishda, 
shakllantirishda, 
0 ‘zbekistonning eng katta y u tu g ‘i ushbu masalani hal qilishga milliy a n ’analar, 
qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlash 
nuqtai nazaridan yondashish bo‘ldi. Ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishda asosiy tayanch 
(makon) qilib mahallalar belgilandi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin