O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiya tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishga



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiya tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishga;
- fuqarolarning huquqlari yoki qonun hujjatlari buzilishi holiari m a’lum bo‘lib 
qolgan hollarda, ularga chek qo‘yish talabi bilan tegishli organ va mansabdor 
shaxslarga murojaat qilishga haqlidir.
Deputat qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Deputatning ayrim huquqlari, ularni amalga oshirish tartibi, oqibati Qonunda 
alohida m ustahkam langan. M asalan, Qonunning 8-moddasi «Deputat so‘rovi» 
deb atalgan. Unga asosan, deputat so‘rovi - bu tegishli hududda joylashgan 
organ, tashkilot mansabdor shaxslariga asoslantirilgan tushuntirish berish yoki 
o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabidir. So‘rovga javob so‘rov olingan kundan
3 2 3


boshlab 10 kundan kechiktirmay berilishi shart. S©‘rov bo'yicha m a’lumot 
sessiyada m uhokam a qilinishi mumkin. Deputat so‘rovi vakillik organini, 
deputatni ijro organlari faoliyati ustidan nazoratining ta ’sirli, samarali usulidir.
Q onunning 6-moddasida «deputatning majburiyatlari» belgilab qo'yilgan. 
Unga asosan, deputat Kengash sessiyalarida, Kengash tomonidan tuzilgan 
komissiyalar tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu komissiyaning majlislarida va 
uning boshqa tadbirlarida ishtirok etishi shart, deputatlar ovoz berishda shaxsan 
o‘zlari ishtirok etishi shart. Deputatning zimmasida qonunlarga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, belgilangan muddatlarda 
saylovchilarga axborot berish majburiyati.
D eputat maqomi uning faoliyatini alohida kafolatlari mavjudligi bilan 
xarakterlanadi. Bu kafolatlar deputatga o‘z faoliyatini hech qanday moneliksiz, 
mustaqil am alga oshirishga imkoniyat yaratadi. D eputatning sha’ni, qadr- 
qimmati alohida muhofaza qilinadi, ularga tajovuz qilganlik uchun javobgarlik 
belgilangan. Deputat faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan mansabdor 
shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Deputat 
daxlsizlik huquqidan foydalanadi. Tegishli xalq 
deputatlari 
Kengashlarining roziligisiz deputat m azkur hududda jinoiy javobgarlikka 
tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan 
m a’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Deputat ovoz berish chog‘ida fikr bildirganligi, o‘z nuqtai nazarini bayon 
qilgani yoki deputatlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq boshqa harakatlari 
uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. D eputatning daxlsizlik huquqidan 
m ah ru m etish tartibi Qonunning 12-moddasida batafsil belgilangan.
Deputatlik maqomini kafolatlovchi yana bir masala - deputatga deputatlik 
faoliyatini amalga oshirishga davlat organlari va mansabdor shaxslarning 
ko‘maklashuvidir.
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvi, saylovchilarni qabul qilishi 
uchun yetarli sharoitlarni ijro organlari yaratib beradilar (7-modda). Deputat o‘z 
faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtlarda ularning tashkilotlarga hech qanday 
moneliklarsiz kirishi va rahbarlar tomonidan qabul qilinishi shart (13-modda).
Mahalliy Kengash deputatlari deputatlik faoliyatini ishlab chiqarish yoki 
xizmat vazifasi bilan qo‘shib olib boradi. Shuning uchun ularning deputatlik 
faoliyatini bajarayotgan vaqtda o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin