mustasno) deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab
turgan lavozimlaridan
bo‘shash to‘g ‘risida ariza berganlari taqdiridagina xalq deputatlari viloyat, tuman
va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadilar.
Teng saylov huquqi. Har bir fuqaroni saylovda bir ovozga egaligini
ta ’minlaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kimligidan qat’iy nazar teng
saylov huquqiga ega. Teng saylov huquqi saylovning barcha jarayonlarida barcha
ishtirok etuvchilarga teng imkoniyatlar yaratilishini nazarda tutadi.
Bir saylovchi
bitta saylov uchastkasida ro‘yxatga kiritilib, ovoz berishda ishtirok etadi.
To‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov huquqi. Xalq deputatlari Kengashining barcha
pog‘onalari deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita, yashab turgan joyidan
saylanadi.
Yashirin ovoz berish. Saylovlarni demokratik,
erkin amalga oshirish usuli
bo‘lib, ovoz beruvchiga biron-bir tarzda ta ’sir o‘tkazishni cheklaydi. Ovoz
beruvchi hech kimning ta ’siriga berilmay, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ovoz beradi.
Saylovlar oshkora o‘tadi, uning barcha jarayonlari ommaviy axborot vositalari
orqali yoritib boriladi. Kuzatuvchilar ishtirokida o‘tadi.
Xalq deputatalari Kengashlariga saylovda nomzod ko‘rsatish huquqi -
viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi va tuman, shahar
Kengashlariga siyosiy partiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Saylovlar saylov
komissiyalari tomonidan tashkil qilinib, saylovda viloyatlar, tum anlar va
shaharlarga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalari
va uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Xalq deputatlari
mahalliy Kengashlariga saylov, ularning vakolat muddati
tugaydigan yilda - dekabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida
o‘tkaziladi. Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning kamida 33 foizi
ovoz berishda ishtirok etsa, saylov haqiqiy hisoblanadi va ovoz berishda ishtirok
etganlar yarmidan ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tagacha,
tum an va shahar Kengashlariga 30 tagacha deputat saylanadi. Bu masala
saylov to‘g ‘risidagi qonunning 7-moddasida ko‘rsatib qo‘yilgan.
Xalq deputatlari
Kengashining tarkibi ana shu miqdordagi deputatlardan iborat bo‘ladi.
Xalq deputatlari faoliyatining asosiy shakli (ish shakli) sessiya hisoblanadi.
Sessiyalar tegishli hokim, hokim yo‘qligida esa uning o‘rinbosarlarining biri
tomonidan zaruratga qarab lekin bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi.
Sessiyalar tegishli Kengash deputatlarining kamida uchdan ikki qismining
tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin. Deputatlar Kengashlarning sessiya
chaqirishi to‘g ‘risidagi qaror bilan sessiya ochilishidan kamida yetti kun
oldin xabardor qilinadi. Yangi saylangan xalq deputatlari Kengashlari hokim
tomonidan saylovdan keyin ko‘pi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi.
Kengashlarning birinchi sessiyasini eng keksa deputatlardan biri ochadi.
Boshqa
sessiyalarni hokim ochadi va olib boradi. Sessiyalarda hokim, u yo‘qligida esa
Kengashning qaroriga yoki hokim topshirig‘iga ko‘ra deputatlarning biri raislik
321
qiladi. Наг bir sessiyada hujjatlarni yuritish uchun sessiya kotibiyati saylanadi.
Kengash sessiyalari, ularda deputatlarning uchdan ikki qismi ishtirok etsa haqiqiy
sanaladi. Sessiyalar ochiq, oshkora o‘tkazilib,
muhokama qilingan masalalar
yuzasidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qilinadi.
Sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalarni, dastlab, ko‘rib chiqish va
tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini, 0 ‘zbekiston qonun hujjatlarini
am alga oshirishga ko‘maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o‘rnatish
maqsadida har bir xalq deputatlari Kengashlari o‘z vakolatlari muddatiga
deputatlar orasidan doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi.
Xalq deputatlari Kengashi faoliyatini tashkiliy-texnikaviy
va boshqa
jihatlardan ta’minlash avvalgi qonunchilikda hokimlik apparatiga yuklatilgan
edi. Hozirgi islohotlar talabidan kelib chiqib, kengashlarning hokimlardan
mustaqilligini ta ’minlash uchun «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi
qonunning 20-moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga asosan, Xalq deputatlari
kengashlari faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va
boshqa jihatlardan xizmat
ko‘rsatish tegishli Kengash kotibiyati tomonidan ta ’minlanadi. Kotibiyat mudiri
tegishli Kengash deputatlari orasidan tayinlanadi1.
Dostları ilə paylaş: