O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Qarang: Karimov I.A. 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. - Т.: ♦O'zbekiston*, 1992. 20-bet



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Qarang: Karimov I.A. 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. - Т.: ♦O'zbekiston*, 1992. 20-bet.
2 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda.
317


bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish o‘rnatib qo‘yilgan. Bu shu 
hududdagi hokimga bo‘ysunmaydigan, yuqoriga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga 
ham taalluqlidir.
Konstitutsiyamizning 101-moddasida mahalliy hokimiyat organlari 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasining qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati 
yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan, ularning 
respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarning muhokamasida ishtirok 
etishi ham belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari 
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Q onunda1 batafsil belgilangan.
3-§. Xalq deputatlari Kengashi — hokim iyatning vak illik organi
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning oldida ko‘plab masalalarni hal 
qilish, avvalgi tuzumda mavjud bo‘lgan qanday tuzilmalardan foydalanish, qaysi 
tuzilmalarni um um an yo‘q qilish masalasi paydo bo‘ldi. Eng avvalo, demokratik 
tamoyillarga mos keluvchi, taraqqiyotga to‘sqinlik qilmaydigan, xalq xohish- 
irodasiga javob beruvchi, davlat hokimiyatini amalga oshira oladigan organlar 
tashkil qilish zarur edi.
Ayniqsa, mahalliy miqyosda qanday davlat organlari bo‘ladi, um um an, 
mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari bo'lishi shartmi, degan savollarga 
javob topilishi kerak edi. 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston 
Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g ‘risida»gi 
Qonun ko‘p masalalarni hal qildi va kelajakda mamlakatimizda mahalliy 
darajada qanday organlar bo‘lishini, ularning xarakterini belgilab berdi. Unda 
birinchi m arta mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari ikki turda: vakillik 
hokimiyati va ijro hokimiyati ko‘rinishida bo‘lishi mustahkamlandi. Bu hokimiyat 
tarmoqlari bolishi prinsipini mahalliy miqyosda ham qo‘llash oqibati edi. Bu 
prinsiplar Konstitutsiya qabul qilinishida va mahalliy hokimiyat organlari tizimi 
faoliyati belgilanishida e’tiborga olindi.
Mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari Konstitutsiyada belgilangan 
bo‘lsa, ularning shu vazifalarini bajarish uchun zaru r vakolatlari, Konstitutsiyaning 
103-moddasi asosida qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi 
Q onunning 24-moddasida 
Xalq 
deputatlari 
Kengashining, 
25-moddasida 
H okimning vakolatlari alohida-alohida mustahkam lab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga 
«fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta ’minlash» vazifasi kirishi ham 
belgilangan. Ular bu vazifani (mahalliy hokimiyat organlari) Adliya organlarining 
hududdagi bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qilish bilan am alga oshirar edilar. 
2003-yil 1-sentabrda Vazirlar M ahkam asi tomonidan Adliya vazirligi faoliyatini 
takomillashtirish haqidagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Adliya vazirligining

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin